Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.28K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Profilaktika inspektorlari uchun test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 19-aprel kuni Davlat test markazi tomonidan profilaktika (katta) inspektorlarining bilim darajalarini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkazildi.

🔰 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-23-son qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Test sinovlari Ichki ishlar vazirligining talabiga binoan Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etilib, jami 438 nafar talabgor ishtirok etdi.

📚 Unda talabgorlarga huquqshunoslik fani (30 ta) va intellektual qobiliyat (30 ta) bo‘yicha 60 ta test topshirig‘i hamda ularni ishlash uchun 2 soat vaqt berildi.

Test natijalari hisoblangandan so‘ng Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod mahalla xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan.

Prezident aholisi ko‘p qishloqlarda shaharlardagi mavjud xizmatlarni imkon qadar yo‘lga qo‘yish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga aholisi 20 mingdan oshadigan 3-4 ta mahalla uchun kamida 1 tadan mahallalararo chakana savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash topshirildi.

Ushbu markazlar ham, mikro sanoat markazlari kabi, 5 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilishi belgilandi.

Bu orqali viloyat hokimlari mahallalarda ikkinchi chorakda xizmatlar sohasida 140 mingta ish o‘rni yaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoq rahbarlari hisobot berdi, hokim yordamchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 25-apreldan boshlanadi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 25-28-aprel kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 22-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (270 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil — yuqoridagi
#infografikada.
Puchon universitetiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

📆 2022
-yil 21-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Davlat test markazida tashkil etilib, unda talabgorlarning ingliz va koreys tillarini bilish darajasi aniqlandi.

Buning uchun talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Test sinovida talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

🏫 Test natijalari hisoblangandan so‘ng Puchon universitetiga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Sayyor qabullar davom etmoqda

2022-yil 21-aprel kuni Toshkent viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sayyor-qabul-davom-etmoqda

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2022-yil 21-aprel kuni Davlat test markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎧📗 Chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

Chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi 6-may kunidan boshlanishi belgilandi.

📆 Malaka oshirish kursi 48 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-19-may kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 1-may kuniga qadar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (540 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1dK6X1q1CvUuDfDeArpL16CnSf2S8rY3jYCnZXBzeWzI

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

👉 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
👉 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👉 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

📌 Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
👉 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❇️ Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 10-14- va 16-may kunlari o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube