Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.28K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
⚡️⚡️⚡️ Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

- - -

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

- - -

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tillar o‘qituvchilarining gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 14-15-aprel kunlari chet tillar o‘qituvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari (yozma qismi) bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 18-25-aprel kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, arab va italyan tillari bo‘yicha 3 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani

📆 2022-yil 26-aprel kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari

Ishtirokchilar:

🎙 A.Xoliqov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i;
🎙 F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
🎙 B.Toshpo‘latov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
🎙 Z.Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni AOKAning @Rasmiy_aloqabot telegram botiga yuborish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasi (https://www.facebook.com/aoka.uz/) da jonli efirga uzatilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlov

Davlat test markazi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

👉 Vakant lavozimlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

📆 Hujjatlar 2022-yil 5-maygacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

👨‍💻 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma;

🖥 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari

📌 Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar
bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari belgilandi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 28-29-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-20- va 23-25-may kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) 2 smenada tashkil etilib, 1-smena 09:00 da, 2-smena esa 14:00 da boshlanadi.

📋 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joyga test sinovi boshlanishidan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport (ID-karta) bilan kelishlari lozim.

🏫 Talabgorlar qaysi sanada test sinovida ishtirok etishi va test sinovi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni o‘zlari tahsil olayotgan akademik litseydan olishlari mumkin.

🔰 Test sinovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan bepul tarzda tashkil etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент сифатли транспорт-логистика хизматлари йўлга қўйилмаса, туризмни ривожлантириб бўлмаслигини таъкидлади.

Транспорт харажатларининг юқорилиги хорижий туристларни жалб қилишда асосий тўсиқлардан бири бўлиб қолмоқда.

Ҳалигача халқаро ва маҳаллий йўналишларда лоукостерлар фаолияти самарали йўлга қўйилмагани, замонавий “Афросиёб” поездига чипта олиш учун бир неча ҳафта олдин мурожаат қилиш зарурлиги танқид қилинди.

Шу боис Транспорт вазирлигига бир ой муддатда:

- Фарғона-Бухоро-Фарғона, Фарғона-Урганч-Фарғона йўналишида авиақатновларни;

- Бухоро-Самарқанд, Бухоро-Хива, Бухоро-Термиз йўналишлари бўйича замонавий автобус ва микроавтобуслар қатновини йўлга қўйиш топширилди.

“Ўзбекистон темир йўллари” бир ой муддатда “Афросиёб” тез юрар поездини Шаҳрисабзгача ҳаракатини қайта тиклайдиган бўлди.

Мутасаддиларга 1 сентябрга қадар ҳар куни 2 мингдан зиёд сайёҳларга тарихий масканларни айланиб чиқиш имконини берадиган 2 қаватли мунтазам туристик автобуслар қатновини йўлга қўйишга топшириқ берилди.
Йиғилишда хорижий ва ички сайёҳларнинг авиақатновларга бўлган талабини қондириш бўйича қатор вазифалар белгилаб берилди. Жумладан:

- 1 июлдан “Зиёрат туризми” дастури доирасида хорижий авиакомпанияларга кўрсатиладиган хизматларга 50 фоизгача чегирмалар жорий қилинади;

- йил якунигача маҳаллий авиақатновлар сони ҳафтасига 48 тадан 60 тага, туташувчи қатновлар сони 4 тадан 6 тага етказилади;

- 1 октябрга қадар маҳаллий авиақатновларга мўлжалланган янги “Силк авиа” авиакомпанияси ташкил этилади;

- авиаташиш харажатларини камайтириш мақсадида 9 та самолёт тўлиқ эконом-классга ўтказилади (бунда тарифлар 20 фоизга арзонлашади).

Туризм ва Транспорт вазирликларига бир ой муддатда туризм соҳасида транспорт инфратузилмасини яхшилаш концепциясини тақдимот қилиш бўйича кўрсатма берилди.

Йиғилиш якунида муҳокама қилинган масалалар юзасидан соҳа ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи эшитилди.
Siz uchun @e_dtm_bot telegram boti orqali test topshiriqlariga buyurtma berishda qaysi biri qulay?
Final Results
24%
Hozirgidek har bir fan bo‘yicha alohida
53%
5 ta fan bo‘yicha bitta kitob holida
23%
Ikkisi ham qulay
Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etiladigan malaka oshirish kursi sanalari belgilandi.

📆 Unga ko‘ra, malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 29-30-aprel va 1-may kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga “o‘zbek tili va adabiyot” hamda “qoraqalpoq tili va adabiyot” fanlaridan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek va qoraqalpoq tillarida olib boriladi.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 27-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
2022-2023-o‘quv yilidan yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi

Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda agrar soha uchun zamonaviy bilimga ega o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar universitet bilan tizimdagi kollej va texnikumlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Jizzax, Toshkent va Farg‘onada 3 ta qishloq xo‘jaligi texnikumini modernizasiya qilish boshlandi.

“Lekin qolgan 31 ta texnikum va kollej bilan, 83 ta kasb-hunar maktabi bilan qachon shug‘ullanamiz?”, deya savol qo‘ydi Prezident.

Qishloq xo‘jaligi va oliy ta’lim vazirlariga ikki oy muddatda texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bunda:

- agrar sohadagi barcha texnikumlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi;

- klaster va boshqa yirik qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlikda texnikumlardagi o‘quv dasturlar, metodologiyasi, darsliklar va amaliyot tizimi butunlay qayta ko‘rib chiqiladi;

- texnikumlar yangi tashkil etiladigan agroxizmatlar markazlari bilan uzviy bog‘lanadi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 26-27-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari yangi format asosida ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda, nemis, fransuz va arab tillaridan esa B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 2 878 nafar talabgordan 2 765 nafari ishtirok etdi, 113 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 10-14- va 16-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube