Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.3K photos
532 videos
144 files
3.85K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati

👉 @dtmuzb
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 25-iyun kuni Navoiy viloyatida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍💻 Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

📆 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/zaSXZDFte00

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Hurmatli ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlari!

Davlat test markazi Sizlarni 27-iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan qizg‘in tabriklaydi.

Mamlakatimizda bugungi taraqqiyot bosqichida davlat va fuqarolik jamiyatining ustuvor yo‘nalishi so‘z va fikrlash erkinligini ta’minlash islohotlarning tub mohiyatlaridan biridir.

Bunday yo‘lda jurnalist, blogerlar o‘zining matonat, jasoratga to‘la faoliyati bilan xalqimizning e’tibori, e’tirofiga haqli ravishda musharraf bo‘lmoqdalar.

Hurmatli jurnalistlar, kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklaymiz! Qadamingiz shaxdam, qalamingiz o‘tkir, ijodingiz haqiqatga yo‘g‘rilgan bo‘lsin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2021
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие образовательные учреждения (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021 #Brifing
Qabul jarayonlari bo‘yicha brifing

Bugun, 2021-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

📣 Brifingda 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar beriladi.

📹 Brifing «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali onlayn efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2021 #Brifing #Live
Qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing boshlandi

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing boshlandi.

📹 Brifing «UzReport TV» telekanali orqali onlayn efirga uzatilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 1-iyul kuni Jizzax viloyatida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍💻 Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

📆 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Imtihon natijalari e’lon qilindi

2021-yil 22-23-24-25-iyun kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test natijalari bilan nsfla.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida tanishishlari mumkin.

📆 Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar esa o‘z sertifikatlarini 9-iyul kunidan boshlab olishlari mumkin bo‘ladi.

📍 Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

👨🏻‍💻 Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2021 ⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi 🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul…»