Bilimni baholash agentligi
125K subscribers
3.79K photos
577 videos
145 files
4.13K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 22-iyun kuni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari ingliz, nemis va fransuz tillaridan B2 tilni bilish darajasi bo‘yicha o‘tkazildi.

🙍‍♂️ Unda jami 769 nafar talabgordan 743 nafari ishtirok etdi, 26 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 23-24-25-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Cambridge Assessment tashkiloti bilan uchrashuv o‘tkazildi

2021-yil 23-iyun kuni Davlat test markazida Cambridge Assessment tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni yana kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/cambridge-assessment-tashkiloti-bilan-uchrashuv-o-tkazildi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

👉 bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

🔹 kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar;
🔹 sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar;
🔹 kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar;

👉 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar;

👉 filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar etib tasdiqlandi.

❇️ Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul parametrlari ajratiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 22-iyulga qadar davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) hamda Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📆 Ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 22-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Abituriyentlarga dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etishi bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

📌 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.

Buning uchun abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va to‘lov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Magistratura mutaxassisliklariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

🔹 birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari;

🔹 ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

🔖 Chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

📆 Magistratura mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

📌 Abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda majburiy uchta fandan test sinovlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta:

🔹 ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
🔹 matematika;
🔹 O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Imtihonlarsiz o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

📌 2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Hozirga qadar:

🔹 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
🔹 “Nihol” mukofoti sohiblari;
🔹 “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
🔹 “Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;
🔹 “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
🔹 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;
🔹 Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari imtihonlarsiz umumiy qabul parametrlari doirasida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinar edi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

🥇 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qo‘shimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

📌 Bunda, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning asoslantirilgan takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi hamda Turizm va sport vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Maqsadli qabul parametrlarining taqsimoti va tillar kesimidagi davlat buyurtmasi parametrlari 5 kun muddatda tasdiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

Davlat komissiyasi tomonidan besh kun muddatda 2021-2022-o‘quv yili uchun:

👉 Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimoti;

👉 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida 2021-2022-o‘quv yilida davlat buyurtmasi parametrlarini ta’lim tillariga qarab taqsimoti;

👉 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi takliflari asosida filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarining kadrlar buyurtmachilari hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Ta’lim yo‘nalishlarini davlat buyurtmasi parametrlari tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

📌 Mazkur qarorda maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti besh kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

👨🏻‍💻 Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng Davlat test markazining my.dtm.uz saytida 1 kun davomida texnik ishlar olib borilib (oldindan e’lon qilingan holda), qabul parametrlari tizimga kiritiladi.

📣 Shundan so‘ng abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Tizimga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati qo‘shilganidan so‘ng Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021 #MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha matbuot anjumani

Bugun, 24-iyun kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari.

Ishtirokchilar:

🎙 Abduqodir Toshqulov - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
🎙 Sherzod Shermatov - Xalq ta’limi vaziri
🎙 Majid Karimov - Davlat test markazi direktori.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali onlayn yoritiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2021 Ta’lim yo‘nalishlarini davlat buyurtmasi parametrlari tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2021
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali onlayn efirga uzatilmoqda.

👉 @dtmuzb