🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.7K subscribers
6.65K photos
421 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI –  IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.  

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.

Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINISHINI KUTYAPSIZMI?
Anonymous Poll
94%
HA , KUTYAPMAN
6%
YO'Q. IMTIHON TOPSHIRGAN TANISHLARIM YO'Q.
SIZNINGCHA IMTIHON NATIJALARI QAYSI SANADA E'LON QILINADI?
Anonymous Poll
38%
23-IYUL
21%
24-IYUL
21%
25-IYUL
20%
26-IYUL