🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.61K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Agentlik_maktabi
#Yakuniy_Davlat_attestatsiya_jarayoni

Ayni damda   12-iyun  sanasida Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot  tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining 

  ⚡️11-sinf  aniq fanlar yo‘nalishi o'quvchilari   informatika    fanidan;

⚡️11-sinf  tabiiy  fanlar yo‘nalishi o'quvchilari  biologiya   fanidan  yakuniy   davlat attestatsiyalarini  topshirmoqdalar.


Bizni kuzatishda davom qiling:
🌐
@BagatPschool
#qabul_2024

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot  tuman  ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari qizg'in davom etmoqda.

Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi:

5-SINF ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA;

7-SINF TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA;

9-10-SINF ANIQ VA TABIIY FANLAR YO'NALISHLARIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA;

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUN dan 20-IYUNGACHA ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ishchi guruhi ota-onalarga  hujjatlarni online topshirishda konsultatsiya va amaliy yordam berib kelmoqda. 

🏃‍➡️Hurmatli ota onalar, shoshiling, joylar soni cheklangan!


🌐Telegram
#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal