🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.77K subscribers
6.69K photos
423 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#BIZNING_SHUNDAY
O'QUVCHILARIMIZ BOR
#Milliy_Sertifikat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Pulatova Shaxzoda ona tili va adabiyot fanidan 90.18% ko'rsatgichli Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'quvchimiz yanvar oyida CEFR dan B2 darajali sertifikatni ham qo'lga kiritgan edi bu esa unga DTM imtihonida 3ta blok testidan ozod qiladi
O'quvchimizni maktab jamoasi nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!

💫Kelgusi o'qishlariga  ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

@BagatPschool
Unutmang, yongʻoq poʻchogʻi axlatga tashlanadi, magʻizi esa javonlarning tepasida saqlanadi!

Tanlov esa oʻzingizga bogʻliq

@BagatPschool
#Agentlik_maktabi
#Olimpiada

Bog'ot tuman ixstisoslashtirilgan maktabning o'quvchilari respublika olimpiadasida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirig‘i ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqich bo'lib o'tdi.

Unda Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
🏆6- sinf o'quvchisi O'runov Asliddin faxrli 3-o'rinni,
🏆8 - sinf o'quvchisi Matyoqubov Boburjon faxrli 4- o'rinni,
🏆8-sinf o'quvchisi Botirov Shoxrux 5- o'rinni egalladilar.

Ushbu o'quvchilarimiz Respublika bosqichida qatnashadilar.

@BagatPSchool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ZakovatdaKuch
#UzbekPower

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA ZAKOVATNING BAHORGI MAVSUM  O'YINI BO'LIB O'TDI.

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2024-yilgi bahorgi mavsum navbatdagi  o'yini bo'lib o'tdi va unda 10 ta jamoa tarkibida 60 nafar faol o'quvchi yoshlar  ishtirok etdilar.

➡️ Turnirni maktabning 11-sinf o'quvchisi, "Zakovat" intellektual klubi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi koordinatori Asadbek Ismoilov olib bordi.

Biz sizni Zakovat intellektual o‘yiga chorlab qolamiz!

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool
#Agentlik_maktabi
#Davra_suhbati

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari L.Ro‘zmetova,maktab psixologi SH.Ollanazarova va xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi B.Gapparova boshchiligida o‘quvchi qizlar o‘rtasida "Milliylik millat ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Davra suhbati davomida
O‘quvchilarning kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari va ichki tartib intizom haqida

🔸Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha

🔸Sog‘lom ovqatlanish-sog‘lik garovi ekanligi

🔹Bugungi kunda qizlar uchun yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish kerakligi haqida qayta etirof qilindi.

Suhbat jarayoni fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.


👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool
#Sport_musobaqalari
#Boğot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi muassasalari hodimlari o‘rtasida "Sog‘lom tanda-sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmalari kubogi sport musobaqalarining 1-bosqichiga start beridi.

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari ham ushbu sport musobaqalarida ildamlikni qo‘ldan bermagan holda faol qatnashishdi.

Ishtirokchilar sportning futbol, voleybol , stol tennis, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha berlashishdi.

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
Futbol bo‘yicha erkaklar o'rtasida faxrli 🥇 o‘rin;
SHaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida faxrli 🥇o‘rin;
Stol tennisi ayollar o‘rtasida faxrli 🥇o‘rinni egallashdi.

Jamoamiz ishtirokchilarini sport musobaqalarining keyingi bosqichlarida zafarlar tilab qolamiz.

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool