🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.87K subscribers
9.08K photos
582 videos
142 files
1.71K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#seminar_trening

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktablarning robototexnika to'garagi rahbarlari uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda robototexnika vositalaridan dars mashg'ulotlarida unumli foydalanish, onlayn platformalardagi dasturlar, bolalar uchun qiziqarli bo'lgan fundamental dasturlar haqida hamda tumandagi maktablarda imkoniyatdan kelib chiqqan holda sifatli ta'limni tashkil etish masalalari yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
#Seminar
#Qabul_2023

⬜️ Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlariga 2023-2024-o'quv yili uchun o'quvchilar qabuli jarayonlariga mas'ul xodimlar uchun o'quv seminari va viloyatdagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari direktorlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

◽️Ushbu seminar va yig'ilish Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mas'ul xodimi Abdulla Muhamadov tomonidan olib borildi.

🌐
Telegram | Facebook
3👍1🕊1
#seminar

⚡️Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

🔖 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📍Hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazildi.

📚 Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#imtihon_2023

📆 Xabaringiz bor, respublikamiz bo'yicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlariga 2023-2024- o'quv yili uchun qabul yuzasidan imtihonlar 28-29-30-31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bugun Xorazm viloyatidagi jarayonlarda guruh rahbari va nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradigan mas'ullarga seminar tashkil qilindi.

✔️ Seminar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi bo‘lim boshlig‘i, ishchi guruh rahbari S.Nazarov, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdullayevlar tomonidan o‘tkazildi.

📍Ma'lumot uchun, Imtihonlar 28-29- iyul kunlari 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
30-31-iyul kunlari 1 smenada – 08:00 da bo'lib o'tadi.

❗️ Xorazm viloyati bo'yicha jami 11 346 nafar talabgor o'quvchilar test imtihonlarida qatnashadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Seminar
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

 Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi baholash tizimi" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

💠  O‘quv seminarida Bog'ot tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i Javlon Iskandarov, tumandagi 12 ta ta'lim muassasasi direktorlari, O‘IBDO'lari va uslubiy birlashma (aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar) rahbarlari qatnashdilar. 

📌 Ushbu seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan amaliy maqsad ta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilidan "Yangi baholash tizimi"ni joriy etish va qo‘llash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

@BagatPschool
👍13🔥3🤩2
#seminar_trening
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun joriy yilning 15-18-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📆 Bugun, 15- avgust kuni Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahridagi pedagog xodimlar uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Seminarlar davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonini
rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining
ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashadilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️ Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun 15- avgust kuni o‘quv-treninglar start oldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida tashkil qilingan ushbu seminarda barcha fanlar bo'yicha pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berilmoqda.

📸 Fotolavhalarda 1-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍9🔥21
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun barcha fanlardan:

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

mavzularida o'quv seminarlari o'tkazildi.

💢 Pedagoglar o'quv jarayonini rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

📸 Fotolavhalarda 2-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍21