🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.62K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Agentlik_maktabi
#Imtihon_jarayoni

03.06.2023

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan  9 -"d" sinf o'quvchilariga ingliz tili fanidan to'rtta ko'nikma bo'yicha ,aniq fanlarga yo'naltirilgan 9 "A" sinf o'quvchilariga tarix fanidan Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

@BagatPschool
“Sizlar bilan bir safda va bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hamnafas ishlaymiz” — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Toshkent shahridagi umumta’lim maktab direktorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda maktab rahbarlariga Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir Farmoni mazmun mohiyati, mazkur hujjat bilan sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar xususida fikr almashildi.

Jumladan, Farmon bilan maktab rahbarlarining huquqlari kengaytirilayotgani, kasbiy faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar amaliyotga joriy etilayotgani qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida direktorlarning yanada rivojlanishiga ko‘mak berishi asnosida yangilik qilishlari, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlari uchun imkoniyat ekanligini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etilishi va ushbu kengashga kirgan direktorlar bevosita vazirlik bilan birgalikda faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari borasida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda maktab direktorlariga yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida atroflicha tushuntirish berib o‘tildi.

Vazir direktorlarga qilgan murojaatida Toshkent shahri ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha lokomotiv bo‘lishi lozimligini ta’kidlar ekan, “Sizlar bilan birga bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida ishlaymiz, men sizlarga suyanaman. Butun jamoa bo‘libgina natijalarga erisha olamiz va yutuqlarimizni ko‘rsata olamiz”, — deya so‘zini yakunladi vazir.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat

📆 2023-yilning 5-iyun kuni 15:00 da Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@piimauz)da ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chat Agentlik tizimidagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

⚡️Mark Twen shunday degan edi: "Dunyoda qiyin ishning o'zi yo'q". QIYIN ISH - bu siz o'z vaqtida bajarmagan mayda ishlarning yig'indisidir.

Hech narsani keyinga, ertaga qoldirmang.

Eng katta maqsadingizga erishish uchun bugun biror narsa qiling, har kuni shu tarzda davom eting va siz albatta bir kun kelib maqsadingizga erishasiz.
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_maktabi
#Imtihon_jarayoni

05.06.2023

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan  9 "B" sinf o'quvchilariga tarix fanidan Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

@BagatPschool
#Ibrat_vaqti

O'qigan insonlar bilan bo'ling,
chunki ulardan yomonlik chiqmaydi.

O'qigan insonlarni seving ,
chunki ular harflarni emas ,ko'zlarni ham o'qiy olishadi.

O'qigan insonlar yonida bo'ling,
chunki ular faqat talab qilishni emas ,loyiq bo'lishni ham bilishadi.

O'qigan insonlarni do'st tuting ,chunki ular do'stlikdan manfaat kutishmaydi.

O'qigan insonlar davrasida bo'ling,chunki ular shariatni emas,ilm-fandan gapirib qalbingizni ochishadi.

Shunday ekan farzandlaringizga o'z qiziqishlariga mos bo'lgan kitoblardan albatta sovg'a qiling.

Shunda siz ,o'qimishli,o'z fikriga ega bo'lgan farzandning ota-onasi bo'libgina qolmay ,g'ururlanib yashash baxtini o'zingizga ham sovg'a qilasiz.

@BagatPschool