🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.87K subscribers
9.07K photos
581 videos
142 files
1.71K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm
#Boĝot

⚡️XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bog'ot tuman hokimi Jahongir Nazarov, Maktabgacha va maktab ta'limi Xorazm viloyati boshqarma boshlig‘i Hamro Bektemirov, Bog'ot tumani prokurori Alisher Ro'zmetov, Bog'ot tuman IIB boshlig'i Ergash Ahmedov, Davlat soliq inspeksiya rahbari Xushnud Jumaniyazov, Tuman xalq deputatlari kengashi raisi Maylivoy Quryozov, mehnat faxriysi Erkin Ro'zmetov va faol jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.
___
📌Ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 447 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

🔰 Bizni  kuzatib boring:
🔹
@piima_xorazm
🔹
@BagatPSchool
👍20🏆3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_maktabi
#Najot_ilmda

2023-yil 26-aprel sanasi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi uchun tarixiy sanaga aylandi.

Ushbu faylda maktabning ochilish marosimidan lavhalar tomosha qilishingiz mumkin!

@druzmetov
@BagatPSchool
23👍11🏆7
O'quvchilarimiz Xiva prezident maktabida tashkil etilgan "Lazgi festivali"da faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
G'alaba muborak!!!

@BagatPschool
🏆29🤔5👍4🔥4
#Agentlik_maktabi
#GMAT_Sertifikati

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o'qituvchisi Raximov Rasulbek Xushnudovich xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 2022-2026-yillarda Xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli farmonining 9-bandida Xalq ta'limi (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi) tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to'lanishi belgilangan.

Maktab jamoasiga yutuq muborak bo'lsin!


🔰 Bizni  kuzatib boring:
🔹
@piima_xorazm
🔹
@BagatPSchool
👍162👏2🏆2🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ayni kunlarda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Odiljon Karimov ushbu mamlakatda maktab o‘quvchilarining xavfsizligi uchun qilinadigan bir kichik detalga eʼtibor qaratgan.

Koreyada ko‘ngilli volontyorlar, asosan pensiyadagi insonlar bolalarni chorrahadan eson-omon o‘tib olishlari uchun navbatchilik qilishar ekan. Ularga majoziy maʼnoda kichik haq to‘lanadi, ammo odatda volontyorlar chin dildan kelajak avlod xavfsizligi uchun xizmat qilisharkan.

To‘g‘ri, Janubiy Koreya va bizning mentalitet boshqacharoq, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan. Bizdagi urf bo‘yicha keksalarimiz pensiyaga chiqqach, nabiralari bag‘rida, izzat-ikromda bo’ladi, odatda hech qayerda ishlamaydi.

Koreya yoki Yaponiya kabi davlatlarda esa qariyalarga nisbatan munosabat biroz boshqacharoq.

Unisi yaxshi, bunisi yomon deyishdan yiroqman. Bizda ham bobo-buvilarimiz chorrahada maktab o’quvchilarini yo’ldan o’tkazib qo’yish bilan shug’ullansin ham demoqchi emasman.

Shunchaki ayrim masalalarda koreys va yaponlardagi mehnatkashlik, fidoyilik, ijtimoiy masʼuliyat kabi jihatlardan o’rnak olsak yomon bo‘lmasa kerak, har holda.


👉 @xushnudbek 👈