🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.48K subscribers
6.31K photos
407 videos
101 files
1.23K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_maktabi
#Najot_ilmda

2023-yil 26-aprel sanasi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi uchun tarixiy sanaga aylandi.

Ushbu faylda maktabning ochilish marosimidan lavhalar tomosha qilishingiz mumkin!

@druzmetov
@BagatPSchool
O'quvchilarimiz Xiva prezident maktabida tashkil etilgan "Lazgi festivali"da faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
G'alaba muborak!!!

@BagatPschool
#Agentlik_maktabi
#GMAT_Sertifikati

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o'qituvchisi Raximov Rasulbek Xushnudovich xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 2022-2026-yillarda Xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli farmonining 9-bandida Xalq ta'limi (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi) tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to'lanishi belgilangan.

Maktab jamoasiga yutuq muborak bo'lsin!


🔰 Bizni  kuzatib boring:
🔹
@piima_xorazm
🔹
@BagatPSchool
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ayni kunlarda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Odiljon Karimov ushbu mamlakatda maktab o‘quvchilarining xavfsizligi uchun qilinadigan bir kichik detalga eʼtibor qaratgan.

Koreyada ko‘ngilli volontyorlar, asosan pensiyadagi insonlar bolalarni chorrahadan eson-omon o‘tib olishlari uchun navbatchilik qilishar ekan. Ularga majoziy maʼnoda kichik haq to‘lanadi, ammo odatda volontyorlar chin dildan kelajak avlod xavfsizligi uchun xizmat qilisharkan.

To‘g‘ri, Janubiy Koreya va bizning mentalitet boshqacharoq, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan. Bizdagi urf bo‘yicha keksalarimiz pensiyaga chiqqach, nabiralari bag‘rida, izzat-ikromda bo’ladi, odatda hech qayerda ishlamaydi.

Koreya yoki Yaponiya kabi davlatlarda esa qariyalarga nisbatan munosabat biroz boshqacharoq.

Unisi yaxshi, bunisi yomon deyishdan yiroqman. Bizda ham bobo-buvilarimiz chorrahada maktab o’quvchilarini yo’ldan o’tkazib qo’yish bilan shug’ullansin ham demoqchi emasman.

Shunchaki ayrim masalalarda koreys va yaponlardagi mehnatkashlik, fidoyilik, ijtimoiy masʼuliyat kabi jihatlardan o’rnak olsak yomon bo‘lmasa kerak, har holda.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Yaponiya maktablari haqida (1-qism)

Maktablar mavzusini davom ettiramiz. Asli qirg'izistonlik bo'lgan Twitter foydalanuvchisi yapon maktablari haqida qiziq ma'lumotlarni ulashgan. Uning farzandi hozir boshlang'ich sinfda o'qirkan, ma'lumotlar ham shunga taalluqli.

•Yaponiyada maktab taʼlimi 12 yil davom etadi. 6 yil boshlangʻich, 3 yil oʻrta va 3 yil yuqori sinf.

• Yaponiyada maktablar bepul. Ammo ovqat uchun 8000 yen atrofida toʻlanadi, bu oyiga taxminan 50 dollar.

• Ovqat menyusi nutritsiolog va tibbiyot vakillari tomonidan tuziladi, maʼqullangandan soʻng ularni barcha ota-onalarga elektron pochta orqali joʻnatishadi va agar baʼzi bolalarda maʼlum yegulikka allergiya boʻlsa, ularni roʻyxatdan olib tashlashadi hamda boshqa oziq-ovqatlar bilan almashtiriladi. Har oy uchun tushlik jadvali bor (1-rasm).

• Darslarda bolalarga darhol yozish va oʻqish oʻrgatilmaydi, ularga avval ruchkani qanday ushlash va toʻgʻri oʻtirish oʻrgatiladi (2-rasm). Shuningdek, ko'proq tarbiya va etikaga e'tibor qaratiladi.

• Maktab formasi yoʻq, hamma xohlaganicha kiyinadi. O'quvchilarga kitob, qalpoq, sumka uchun gʻilof berishadi.
Sariq rang – xavfsizlik uchun, bola yoʻldan oʻtayotganda hamma koʻra olishi uchun (3-rasm).

• Darslar ertalab 8:15 dan boshlanadi va 17:00 gacha davom etadi.

• Yo'llarda har burchakda nazoratchilar turadi. Ota-onalar oyda bir marta jadval asosida bolalarni mashina urib ketmasligi, mashinalar qoidani buzmasligini nazorat qilish uchun qo'lida bayroq bilan koʻcha bo'ylab navbatchilik qilishadi (4-rasm).

«Maktabimiz shu paytgacha birorta bola yoʻqolib qolmagani, jarohatlanmagani yoki yoʻl-transport hodisasiga uchramagani bilan faxrlana oladi».

• Forma yoʻq, lekin maktab binosiga kirayotganda oʻquvchilar oyoq kiyimi yechilib, shippakka almashtiriladi (5-rasm).

• Bolalar sinfini oʻzlari tozalaydi, oʻqituvchi polni yuvadi, bolalar esa chang artib, chiqindi tashlab kelishadi, 1-sinfdanoq gullarni sugʻorishadi.

• Oʻqituvchilarning barchasi ayollar (6-rasm).

(davomi bor)


👉 @xushnudbek 👈