🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.63K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
#Seminar_trening
#Xorazm

Bugun Xorazm viloyatidagi
ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, fizika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda.


❗️Treninglar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi trener-o‘qituvchilari tomonidan chorak yakunlari bo‘yicha summativ baholash (CHSB) sinovlari natijalaridan kelib chiqib tashkil etildi.

📍Seminar-trening ayni paytda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida “Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi

Tadbir davomida:
👉 “Men g‘olib” shiori ostida yugurish sport musobaqasi soat 9:30 da Olimpiya zaxiralari kolleji oldida start beriladi;
👉 “Mening armiyam - mening faxrim” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” tanlovi;
👉 Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi;
👉 “To‘g‘ri ovqatlanish - salomatlik garovi” shiori ostida savdo yarmarkasi;
👉 Tantanali madaniy tadbir dasturlari bo‘lib o‘tadi.

P/s: G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar!

Bundan tashqari, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda professionallar ishtirokida jangovar chiqishlar namoyish etiladi.

🙌 Barchani 2023-yil 7-yanvar kuni soat 10:00 da Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasiga taklif qilamiz!

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

📌 Ranglarning o‘zbekcha nomlarini bilib oling.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

🌐 Telegram | Facebook
⭕️⭕️⭕️⭕️
Diqqat-diqqat!

🗓O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

🟢 Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan qo‘shimcha ta’til kunlari o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida quyidagi online ko‘rik-tanlovlar va kitobxonlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi:

“Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovi barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida 4-17 yanvar kunlari;

“Har kuni bir kitob” ko‘rik-tanlovi barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida 4-17 yanvar kunlari;

“Kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi feysbukda 5-,11-sinflar o‘rtasida 5-17 yanvar kunlari;

“Kun kitobxoni” barcha maktab ijodkor o‘quvchilari o‘‘rtasida 5-17 yanvar kunlari;

“60 daqiqa kitobxonlik” nomi ostida yozuvchilar bilan barcha maktab o‘quvchilari ishtirokidagi onlayn ijodiy uchrashuv.

⭕️⭕️⭕️
📃Har bir ko‘rik-tanlov haqidagi to‘liq ma’lumotlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasida e‘lon qilingan.

🎁Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_maktabi
#3D_model

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Qozoqov Nodirbekning 3D modellashtirish mavzusidagi Blendr dasturida tayyorlagan loyiha ishlaridan na'munalar.

@BagatPSchool
Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing!

📝 Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Zakovat viktorinasi" tashkil etilmoqda!

Viktorinada ertadan boshlab (10-yanvar)
6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi o‘z hisobiga 1 ochko qo‘shib qo‘yadi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ochko qo‘shishlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ochkolar bo‘yicha "Kuchli uchlik"ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

❗️Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Agentlik_maktabi
#seminar

𝘉𝘰𝘨'𝘰𝘵 𝘵𝘶𝘮𝘢𝘯𝘪 𝘪𝘹𝘵𝘪𝘴𝘰𝘴𝘭𝘢𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi (2022- yil 20-dekabr) ning mazmun-mohiyati hamda ta'lim borasidagi islohotlar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

𝘑𝘢𝘳𝘢𝘺𝘰𝘯 𝘮𝘶𝘢𝘴𝘴𝘢𝘴𝘢𝘥𝘢𝘨𝘪 𝘵𝘢𝘫𝘳𝘪𝘣𝘢𝘭𝘪 𝘱𝘦𝘥𝘢𝘨𝘰𝘨 𝘵𝘢𝘳𝘪𝘹 𝘧𝘢𝘯𝘪 𝘰'𝘲𝘪𝘵𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪𝘴𝘪 𝘎'𝘢𝘱𝘱𝘢𝘳𝘰𝘷𝘢 𝘉𝘢𝘹𝘵𝘪𝘨𝘶𝘭 𝘵𝘢𝘮𝘰𝘯𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘰𝘭𝘪𝘣 𝘣𝘰𝘳𝘪𝘭𝘥𝘪 𝘷𝘢 𝘮𝘢𝘬𝘵𝘢𝘣 𝘫𝘢𝘮𝘰𝘢𝘴𝘪 𝘪𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘬
𝘦𝘵𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳.

𝘐𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘬𝘤𝘩𝘪𝘭𝘢𝘳 ,𝘥𝘢𝘷𝘭𝘢𝘵𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘳𝘢𝘩𝘣𝘢𝘳𝘪 𝘮𝘶𝘳𝘰𝘫𝘢𝘢𝘵𝘪𝘥𝘢 𝘪𝘭𝘨𝘢𝘳𝘪 𝘴𝘶𝘳𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘺𝘶𝘬𝘴𝘢𝘬 𝘨'𝘰𝘺𝘢𝘭𝘢𝘳 ,𝘵𝘢'𝘭𝘪𝘮 𝘵𝘪𝘻𝘪𝘮𝘪𝘥𝘢 𝘢𝘮𝘢𝘭𝘨𝘢 𝘰𝘴𝘩𝘪𝘳𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪 𝘬𝘰'𝘻𝘥𝘢 𝘵𝘶𝘵𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪 𝘪𝘴𝘭𝘰𝘩𝘰𝘵𝘭𝘢𝘳 𝘵𝘰'𝘨'𝘳𝘪𝘴𝘪𝘥𝘢 𝘮𝘢'𝘭𝘶𝘮𝘰𝘵 𝘰𝘭𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘷𝘢 𝘧𝘪𝘬𝘳 𝘢𝘭𝘮𝘢𝘴𝘩𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳.

🔰 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🔹 Telegram |🔹Facebook | 🔹Instagram | 🔹YouTube