🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.71K subscribers
6.95K photos
430 videos
101 files
1.27K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Agentlik_maktabi
#Xushxabar
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

🏢 BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O'QITUVCHISI VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASIGA SAZOVOR BO'LDI

🔰Joriy yilning 26-aprel kuni Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi. Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Kamalov Ne'matjon Bahodir og'li Vazir jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritdi.

Endilikda Kamalov Ne'matjonga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

🎗️Jamoamiz nomidan Kamalov Ne'matjonni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi ish faoliyatida bundan ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@BagatPschool
#Vazir_jamgʼarmasi_ustamasi
#Tabriklaymiz

Xabaringiz bor, Xorazmda 26-aprel kuni Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun tanlovning ikkinchi - suhbat bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda Agentlik tizimidagi maktablardan 15 nafar da’vogar pedagoglar ishtirok etishdi va ularning barchasi suhbat jarayonlarida ham yuqori ball to‘pladilar.

1. Kamolov Ne'matjon - Bog'ot IM
2. Egamberdiyev Atabek - Hazorasp IM
3. Eshchanov Siroj - Hazorasp IM
4. Atajonova Zuxra - Shovot IMI
5. Razzaqov Xursand - Shovot IMI
6. Bekberganov Alisher - Urganch 1-son IMI
7. Xo‘jayozova Dilnura - Urganch 1-son IMI
8. Yusupova Barno - Ogahiy ijod maktabi
9. Matyakubov Jurabek - Xiva 2-son IM
10. Ismoilov Zafar - Xiva PM
11. Davlatova Marxabo - Xiva PM
12. Bekchanova Muazzamxon - Xonqa IM
13. Qilichbayev Qadirbergan - Xonqa IM
14. Sadullayeva Shaxnozaxon - Yangiariq IM
15. Palvonov Po'lat - Yangibozor IMI

▶️ Ushbu malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab 9 oy davomida ustama to'lanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Diqqat_e'lon
#Qabul_jarayoni

Assalomu alaykum hurmatli ota onalar va kanalimiz kuzatuvchilari!

🥇Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ustozlari va o'quvchilari erishib kelayotgan yutuq va muvaffaqiyatlardan ko'plab ota onalarning xabari bor.

🏆Har bir ota ona o'z farzandini eng yaxshi ta'lim muassasalarida sifatli ta'lim olishini xohlaydi.

🎗2024-2025-o'quv yili uchun maktabimizga qabul jarayonlari boshlanishiga ham kam fursat qolmoqda. Farzandingizni zamonaviy bilimlarga ega bo'lishini xohlaysizmi?!

Qabul jarayonlari bilan bog'liq tizimdagi barcha yangilik va savollarga ushbu kanallarga a'zo bo'lish orqali javob topishingiz mumkin:

👉
@BagatPschool
👉
@druzmetov
#Qabul

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-10-11-sinflaridagi bo'sh o'quvchi o'rinlariga imtihon asosida qabul jarayonlari bo'lib o'tishi kutilmoqda.

🗣O'z bilimiga ishongan o'quvchilarni imtihon jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko'rishga chorlab qolamiz.

✈️Yaqinlaringizga ushbu yangilikni yetkazib qo'yishingiz mumkin.

To'liq ma'lumotlar bilan ushbu kanallarda tanishishingiz mumkin:

@BagatPschool
@druzmetov
#Tabriklaymiz
#Milliy_Sertifikat

💎Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi Zilola O'skanova o'z fani bo'yicha 99,83% ko'rsatgichli Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'qituvchimizni maktab jamoasi nomidan ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

💫Ustozimizga kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

@BagatPschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥#🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠

🔴Assalomu alaykum hurmatli ota onalar va kanalimiz kuzatuvchilari!

🔘Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini yoritib boruvchi youtube kanali o'z faoliyatini boshladi.

🔣Barchangizni ushbu kanalga a'zo bo'lib, maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib borishga chaqirib qolamiz.

📺https://youtu.be/2fCq5uMpynY?feature=shared

🔵@BagatPschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#birinchi_kun

⚡️ "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlaridan saralangan 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.

Ishtirokchilar uchun “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham rejalashtirilgan.

Ertaga, “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_maktabi
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Zakovatda_Kuch

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA ZAKOVATNING BAHORGI MAVSUM  O'YINI DAVOM QILMOQDA

🏆Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2024-yilgi bahorgi mavsum navbatdagi  o'yini bo'lib o'tdi va unda 10 ta jamoa tarkibida 60 nafar faol o'quvchi yoshlar  ishtirok etdilar.

🎗"Zakovat" intellektual o'yinining bu soni "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" shiori ostida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlandi.

O'yin davomida birinchi va ikkinchi jahon urushlariga doir tarqatmalardan foydanildi.

➡️ Turnirni maktabning 11-sinf o'quvchisi, "Zakovat" intellektual klubi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi koordinatori Asadbek Ismoilov olib bordi.

Biz bilan bilimingizni oshirib boring...


👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool