🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.66K subscribers
6.59K photos
417 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#ZakovatdaKuch
#UzbekPower

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA ZAKOVATNING BAHORGI MAVSUM  O'YINI BO'LIB O'TDI.

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2024-yilgi bahorgi mavsum navbatdagi  o'yini bo'lib o'tdi va unda 10 ta jamoa tarkibida 60 nafar faol o'quvchi yoshlar  ishtirok etdilar.

➡️ Turnirni maktabning 11-sinf o'quvchisi, "Zakovat" intellektual klubi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi koordinatori Asadbek Ismoilov olib bordi.

Biz sizni Zakovat intellektual o‘yiga chorlab qolamiz!

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool
#Agentlik_maktabi
#Davra_suhbati

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari L.Ro‘zmetova,maktab psixologi SH.Ollanazarova va xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi B.Gapparova boshchiligida o‘quvchi qizlar o‘rtasida "Milliylik millat ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Davra suhbati davomida
O‘quvchilarning kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari va ichki tartib intizom haqida

🔸Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha

🔸Sog‘lom ovqatlanish-sog‘lik garovi ekanligi

🔹Bugungi kunda qizlar uchun yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish kerakligi haqida qayta etirof qilindi.

Suhbat jarayoni fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.


👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool
#Sport_musobaqalari
#Boğot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi muassasalari hodimlari o‘rtasida "Sog‘lom tanda-sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmalari kubogi sport musobaqalarining 1-bosqichiga start beridi.

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari ham ushbu sport musobaqalarida ildamlikni qo‘ldan bermagan holda faol qatnashishdi.

Ishtirokchilar sportning futbol, voleybol , stol tennis, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha berlashishdi.

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
Futbol bo‘yicha erkaklar o'rtasida faxrli 🥇 o‘rin;
SHaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida faxrli 🥇o‘rin;
Stol tennisi ayollar o‘rtasida faxrli 🥇o‘rinni egallashdi.

Jamoamiz ishtirokchilarini sport musobaqalarining keyingi bosqichlarida zafarlar tilab qolamiz.

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool
#kutib_oling
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
Qabul xatlari kelishda davom etmoqda
11-A sinf o'quvchisi Qalandarov Behzod Ho'sinboy o'g'li dunyoning nufuzli universitetlariga talabalikka qabul qilindi.

1. AQSHning "Rutgers university Newark" va "Drexel university"

O'quvchimizning kelgusidagi o'qish va ishlarida bundanda yuqori natijalarga erishishini tilab qolamiz!

Yutuq muborak bo'lsin!
Biz sen bilan faxrlanamiz!


@BagatPschool