🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.61K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Xorazm
#jarayon

📝 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan matematika va kimyo fanlari o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilindi. Unda jami 62 nafar pedagoglar ishtirok qilmoqda.

♻️Olimpiadaning tashkil etilishidan ko'zlangan maqsad: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan matematika va kimyo fani o'qituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, ularning o'z iqtidorini namoyon etishlariga ko'maklashish hamda  istiqboldagi kasbiy faoliyatlarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

📍Ma'lumot uchun,ushbu bosqich gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

💯 Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

🌐Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Psixologik_faoliyat

▪️ 24-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning psixologlari uchun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Psixolog Yulduz Vapayeva tomonidan “Xotirani rivojlantiruvchi usullar” mavzusidagi trening mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ushbu seminarda:
"4 belgi",
"Shul’te jadvali",
"DOODLE uslubida rasm chizish",
“Gugurt cho‘plari”,
“Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish”,
“Assotsiatsiya” mashqlari o'tkazildi.

✔️ Qatnashchilar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xushxabar
#Viloyat_hokimi_olimpiadasi

📣Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari"Viloyat hokimi olimpiadasi"da g‘oliblikni qo'lga kiritishdi!

📝Olimpiadaning 13-turi Shovot tumanida o‘tkazildi va unda jami 248 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.

🏆🥇O'quvchimiz Farhodov Oybek Faxriddin o'g'li fizika fanidan viloyatda 1-o'rin sohibiga aylanib 5 MILLION so'm pul mufokotini qo'lga kiritdi.

🔍Eslatib o'tamiz o'quvchilarimiz hokim olimpiadasining oldingi bosqichlarida ham bir necha marta sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishgan edi.

👏Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi va o'quvchimizning fidoiy ustozi Boltayev Boynazarga g'alabalar muborak bo'lsin!

@BagatPschool
#Xushxabar
#Viloyat_hokimi_olimpiadasi

📣Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "Viloyat hokimi olimpiadasi"da g‘oliblikni qo'lga kiritishdi!

📝Olimpiadaning 13-turi Shovot tumanida o‘tkazildi va unda jami 248 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.

🏆🥈O'quvchimiz Botirov Shoxrux Azamat o'g'li matematika fanidan viloyatda 2-o'rin sohibiga aylanib
4 MILLION so'm pul mufokotini qo'lga kiritdi.

🔍Eslatib o'tamiz o'quvchilarimiz hokim olimpiadasining oldingi bosqichlarida ham bir necha marta sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishgan edi.

👏Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi va o'quvchimizning fidoiy ustozi Kamalov Ne'matjonga g'alabalar muborak bo'lsin!

@BagatPschool
Forwarded from Sardor Bazarbaev
7-8 matematika (SHOVOT).pdf
227 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi" 13-turi natijalari!

Bugun olimpiadaning yakuniy 13-turi Shovot tumanida o‘tkazildi.

Olimpiadada jami 248 nafar o‘quvchi qatnashdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Dekabr oyida ushbu loyihaning finali - "Viloyat hokimi kubogi" bo‘lib o‘tadi!