🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.67K subscribers
6.59K photos
417 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
📋Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Zakovat" intellektual reyting o'yinlarining 2023-yilgi kuzgi mavsum 2-tur o'yini natijalari va turnir jadvali.

Biz bilan bilimingizni oshirib boring...

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool
@druzmetov
@BogotZakovatKlub
Diqqat! Diqqat! Diqqat!

(Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va "Xorazm haqiqati" gazetasi bilan hamkorlikda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10- sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
1. “Ogahiyga ehtirom” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Ogahiy hazratlariga bag’ishlov ruhidagi she’rlar yozishlari lozim.
2.  “Ogahiy g’azallarining mohir ijrochisi” - Ogahiy g'azallaridan ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlash. Davomiyligi - 2-5 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanib, joriy yilning 15-dekabr kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Maqsadimiz – Ogahiy ijodini yoshlar orasida keng targ’ib qilish, Ogahiyga munosib izdosh bo’la oladigan salohiyatli ustoz va iqtidorli o’quvchilarni aniqlash hamda rag'batlantirish.
Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni +998942364224 telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 25-noyabrdan 10-dekabr sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati " gazetasi xodimlari hamda Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

Sizni ijod maktabida kutamiz!

Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Tabriklaymiz
#Milliy_Sertifikat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Bobojonova Nafisaxon o'z fani yo'nalishida 85,4% ko'rsatgichli Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'qituvchimizni maktab jamoasi nomidan ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

💫Kelgusi ishlarida  ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

@BagatPschool
📣📣📣📣📣

🇺🇿 "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.
Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
8️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 4️⃣-dekabr;
9️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
1️⃣0️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
1️⃣1️⃣-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Xorazm
#jarayon

📝 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan matematika va kimyo fanlari o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilindi. Unda jami 62 nafar pedagoglar ishtirok qilmoqda.

♻️Olimpiadaning tashkil etilishidan ko'zlangan maqsad: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan matematika va kimyo fani o'qituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, ularning o'z iqtidorini namoyon etishlariga ko'maklashish hamda  istiqboldagi kasbiy faoliyatlarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

📍Ma'lumot uchun,ushbu bosqich gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

💯 Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

🌐Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Psixologik_faoliyat

▪️ 24-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning psixologlari uchun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Psixolog Yulduz Vapayeva tomonidan “Xotirani rivojlantiruvchi usullar” mavzusidagi trening mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ushbu seminarda:
"4 belgi",
"Shul’te jadvali",
"DOODLE uslubida rasm chizish",
“Gugurt cho‘plari”,
“Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish”,
“Assotsiatsiya” mashqlari o'tkazildi.

✔️ Qatnashchilar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook