🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.48K subscribers
6.3K photos
407 videos
101 files
1.23K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#Agentlik_maktabi
#Imtihon_jarayoni

31.05.2023

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan  11 -"a" sinf o'quvchilariga fizika fanidan Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tdi.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

@BagatPschool
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#1_iyuldan_20_iyulgacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
🔸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga;
🔸Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga;
🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha hamda maktab ta’limi yangi bosqichga olib chiqiladi

Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir tegishli Farmoni imzolandi.

Xo‘sh, ushbu Farmon bilan maktabgacha hamda maktab ta’limida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda?

Maktablarda o‘quvchilarni baholashda ularning yodlash ko‘nikmasini baholashdan voz kechilib, ularning mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olishlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish orqali mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi.

Bog‘cha va maktablar malakali kadrlar bilan ta’minlanadi

Farmonga asosan, bog‘cha va maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishida ham oldimizga muhim vazifalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, endilikda maktablarga ishga qabul qilinayotgan pedagoglarni sertifikatlash tizimi joriy etilmoqda. Bunda, ular 1 yil davomida o‘qituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritadi va ushbu muddat davomida sertifikat olishi lozim bo‘ladi. Bu esa maktabga kelayotgan yoshlar orasidan eng malakalilarni tanlash imkonini beradi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda o‘tkazilishi orqali pedagogning nafaqat bilimi, balki pedagogik mahoratini baholash mumkin bo‘ladi. Bugungi kungacha o‘qituvchilarning mahoratini baholashda asosan test savollariga tayanilib kelinar edi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifasini berish tizimi vakolatli xorijiy kompaniyalarda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi, pedagoglarga xalqaro malaka sertifikati berilishi va 70 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilanmoqda. Bunda ularning o‘rtacha oyligi 3,5 mln.dan 6 mln. so‘mgacha oshirish imkoniyati mavjud.

Maktabgacha ta’lim tizimidagi ayni vaqtdagi muammolardan biri, xodimlar oylik maoshi miqdorining pastligi sababli malakali pedagoglarning maktab yoki xususiy bog‘chalarga ishga o‘tib ketayotganidir. Oqibatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 113 ming nafar pedagogdan atigi 41 ming nafari (37 foizi) oliy ma’lumotli bo‘lib qolmoqda.

Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga malakali tarbiyachilarni jalb qilish maqsadida 2024-yil 1-iyundan boshlab ularning tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarining amaldagi stavkalariga tenglashtirilmoqda. Bunda ularning oyligi 2,5 mln.dan 3,5 mln. so‘mgacha oshishi ko‘zda tutilgan.

Direktorlarning huquqlari kengaytiriladi

Mazkur Farmon bilan maktab direktorlariga ham o‘z faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar berilmoqda. Bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘mak berish asnosida, ularning yangilik qila olish, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlariga imkon yaratadi.

Shu bois endilikda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi. Bunda maktab direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, o‘quv rejalarga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari maktablar faoliyatini tekshirmaydi

Maktablarga ortiqcha aralashuvlar ham kamaytirilib, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, imzolangan mazkur Farmon bilan oldimizga yaqin muddatlarda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Bu vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish davomida maktabgacha hamda maktab ta’limi sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish yo‘lida navbatdagi qadamni tashlaymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Нажот - мактабда, нажот – таълимда, нажот – билимда!
#31may #uzbekiston24

📍Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат
#Эълон

Барча юртдошларимизни донорлик акциясига таклиф этамиз!

Донорлар сони кескин камайди ва оғир беморларга,
айниқса болажонлар учун донорлик қони зарур.

Шу муносабат билан "Адолат" СДП Хоразм вилоят  Кенгаши ташаббуси билан "Бор меҳримиз сенга болажон"донорлик хайрия акцияси ташкил этилмоқда.
Барча кўнгиллиларни мазкур савобли ишга таклиф этамиз.
Акция 1-2 Июнь  кунлари соат 08.00 дан – 15.00 гача
Хоразм вилояти  қон қуйиш марказида бўлиб ўтади.

Mанзил:Урганч шаҳар Ж.Мангуберди кўчаси 12 уй ( мўлжал-Вилоят Эндокринология маркази)
☎️+998995640541
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikasiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkin.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📣 HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLAR QABUL
E'LON QILADI!

📌 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2023-yilning 10-iyun sanasidan 30-iyun sanasigacha davom etadi.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentligimiz tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔖 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.

🔹
Unda mehmonlar maktab binosi bo'ylab ekskursiya qilib, maktab haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lish bilan bir qatorda o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 FLATS - chet tillarini baholash test tizimi test sinovlari uchun ro'yxatdan o'tish rasman 10-iyungacha davom etadi❗️

📌 Ushbu test sinovlari ingliz tili bo'yicha o'tkaziladi.
📌 Barcha maktab o'quvchilari qatnashishi mumkin (1-11-sinflar).
📌 Test sinovlari bilim darajasini aniq belgilab beradi.
📌 Test sinovlari Cambridge English materiallari asosida tayyorlangan.
📌 Muvaffaqiyatli test topshirgan o'quvchilar Multilevel, IELTS, TOEFL yoki SAT imtihonlari bo'yicha imtiyozga ega bo'ladilar.

⚡️ Imkoniyatdan foydalaning va barcha o'quvchilarga yetkazing !!!

RO'YXATDAN O'TISH UCHUN:

👇👇👇👇👇👇👇

☎️ +998907072212
☎️ +998995658625
☎️ +998901214875

🌐 @flats_channel
🌐 @tc_flats
#Agentlik_maktabi
#Imtihon_jarayoni

02.06.2023

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan  9 -"b" sinf o'quvchilariga ingliz tili fanidan to'rtta ko'nikma bo'yicha Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tdi.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

@BagatPschool
#Agentlik_maktabi
#Imtihon_jarayoni

03.06.2023

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan  9 -"d" sinf o'quvchilariga ingliz tili fanidan to'rtta ko'nikma bo'yicha ,aniq fanlarga yo'naltirilgan 9 "A" sinf o'quvchilariga tarix fanidan Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

@BagatPschool