🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.48K subscribers
6.31K photos
407 videos
101 files
1.23K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#hamkorlik
#xalqaro_islom_akademiyasi

⚡️ Xabar berganimizdek, bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz poydevori” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi oʻtkazildi.

🔺 Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, “Yangi asr universiteti” nodavlat taʼlim muassasasi rektori Q.Zahidov, Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sobirov, Xalqaro Nordik Universiteti rektori Sh. Mustafakulovlar qatnashdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Uchrashuvda Akademiyaning Mumtoz sharq filologiyasi, Islomshunoslik hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetlarining bakalavriat yoʻnalishi bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

✍️ Tadbir davomida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻrtasida Memorandum imzolanib, soʻngra bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Seminar_trening

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i S.Shakirova tomonidan Buxoro shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlariga "Zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening o'tkazdi.

" Ushbu seminarni tashkil qilishdan asosiy maqsadimiz, direktorlarga maktablarni boshqarishda liderlik faoliyatini olib borishni yo‘lga qo‘yish hamda jamoani boshqarishda birgina insonning fikri emas, jamoaning fikrini qo‘llagan holda rejalarni amalga oshirish kerakligini tushuntirishdan iboratdir", – deb ta'kidladi S.Shakirova.

Shu bilan birga, seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zilola O'skanova
Dunyo miqyosidagi professorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 18 may kuni fizika fani bo‘yicha xalqaro darajadagi nufuzli professor hamda olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🎖Tadbirda Koreyaning Sejong universiteti professori Dr. Suklyun Hong, AQShning Texas universiteti professori Dr. Anvar Zakhidov hamda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Dr. Qodir Gʻulomovga “Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy professori unvoni berildi.

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika o'qituvchisi Zilola O'skanova ushbu ochiq muloqotda qatnashdi. Mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya ham tashkil etildi. Ustozlar talabalarning amaliy mashg‘ulot o‘tash jarayonlarida ham qatnashib, ularga o‘z tajribalarini ulashishdi.



#ochiq_muloqot #Korea #USA

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar_trening

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashgan maktablar direktorlari va direktor o'rinbosarlari uchun "Monitoring - zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube