🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.63K subscribers
6.52K photos
416 videos
101 files
1.26K links
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.iss.one/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool
Download Telegram
#jarayon
#ChSB_imtihonlari

Bugun 16 mart sanasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilardan ixtisoslik fanlari bo'yicha 3-chorak summativ baholash sinovlari o'tkazilmoqda.

@BagatPschool
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

“Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev “Zakovat” klubi aʼzolari, bilimdonlar va bilimga beeʼtibor bo‘lmagan insonlarga murojaat bilan chiqib, ularni referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

"Chunki men kelajagimga befarq emasman" deyiladi murojaatda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Xorijiy_hamkorlik

IKKI VAZIR UCHRASHUVI: BAA BILAN PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH VA O’QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK QILINADI

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan bo’lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Ta’lim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va BAA ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z bordi.

❗️Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ BAA va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo’shma loyihalar tashkil etish,
▶️ O‘zbekistonda xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish,
▶️ pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda
▶️ maktab o‘quvchilarini kasbga yo'naltirish kabi
masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Uchrashuv so‘ngida tomonlar barcha yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida kelishib olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Mazkur telegram kanallarida Ijod maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hilola Umarova “Vazirga murojaat” portaliga qabul qilinayotgan murojaatlar va ularning yechimi haqida

Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.

Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.

Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.

Dastlabki xulosalarimiz va tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:

Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:

21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.

Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.

Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:

57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.

111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.

2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.

Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.

Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Infografika
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o‘rinlarga o‘qituvchilardan 15-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni

Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib
bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Kelajak_investitsiyasi

532-537-yillarda Vizantiya imperatori Yustinian tomonidan Avliyo Sofia ibodatxonasi qurilgan. Bu binoni qurish uchun Vizantiyaning uch yillik budjeti sarflangan. Bu bino asrlar davomida Turkiya mamlakatiga beqiyos daromad olib kelmoqda.

Oddiy inson oddiy yashab bunday bino qurolmasligi mumkin. Lekin farzandingizga yo'naltirgan investitsiyangiz butun boshli sulola taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin...

@Dilmurod_Ruzmetov
#BOĞOT_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI
#NAVRÖZ

"XUSH KELDING  NAVROʻZ"

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Bog'ot yengil sanoat texnikumi bilan hamkorlikda 21-mart - “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan "Xush kelding Navro'z" nomlimaʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi.Ishtirokchilar turli qiziqarli o'yinlar,milliy raqslar va milliy taomlar tayyorlash shartlari bo'yicha bellashdilar.

Tadbir o'zgacha shukuh va haqiqiy bayramona kayfiyatda o'tdi.

🌐 @BagatPschool
#Navroʼz_ayyomi

🌱 XUSH KELDING, YANGI KUN, XUSH KELDING, NAVRO‘Z!

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz ustozlar, qadrli o‘quvchilar! 

Sizlarni yangilanish fasli bahor hamda Navro'z ayyomi bilan chin dildan qutlaymiz!

🌿 Navro‘zi olam – sharqona yangi yil - o‘zining yangilanish fasli hisoblanmish bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ong-u tafakkuri, qalbi va shuuriga chuqur singib ketganligi, har bir oila, har bir xonadonga olam-olam shod-u xurramlik, quvonch olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli bo‘lib kelgan milliy bayramdir. 

🍀 Barchamizning tilagimiz – Yaratganning o‘zi yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt-u saodat bersin, dasturxonimiz to‘kin, rizqimizni butun qilsin.

Navro'z ayyomlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishingizni tilab qolamiz!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Xorazm viloyati hududiy bo‘limi
Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
X. Abdullayev 1969-yil ToshDUning filologiya fakultetini tamomladi. Mehnat faoliyatini Urganch shahar XTBda uslubchi sifatida boshladi. Keyinchalik shahardagi 1-son maktabda oʻqituvchi, 8-sonli maktabda direktor oʻrinbosari, 1984-1990-yillarda 14-son maktab direktori, 1990-1998-yillarda Respublikamizda ilk bor tashkil qilingan Ogahiy litsey-maktabida direktor, 1998-2000-yillarda Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, soʻngra 93- son maktab-internati, 5-son maktab direktori sifatida ishlab xalq taʼlimi sohasi rivojiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshdi.
X. Abdullayev Urganch shahar kengashi deputati sifatida samarali faoliyat yuritdi, "Xalq maorifi aʼlochisi", Oʻzbekiston Respublikasining "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan.
5 nafar farzandi bor.
X. Abdullayev Abdulla Oripov sheʼriyatining shaydosi edi va shoir tavallud kunida boqiy dunyoga rihlat qilgan.
Xudoyor Abdullayevning porloq siymosi farzandlari qalbida abadiy yashaydi.