Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
2.66K subscribers
4.3K photos
1.3K videos
2 files
2.39K links
Ички ишлар Бош бошқармаси бошлиғининг Матбуот котиби - Ахборот хизмати раҳбари

Очиқ мулоқот майдони @IIBB_Muloqot
Мурожаат учун @PRESS_GUVD
Download Telegram
#IIBB

⚡️ “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida yugurish marafoni oʻtkazildi


Kecha, bir vaqtning oʻzida Respublikamiz boʻylab, xususan Toshkent viloyati Nurafshon shahrida ham “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori bilan yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Batafsil👉 https://IIBB.Yoshlar


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
⭕️⭕️⭕️

❗️Toshkent viloyatida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi!

Toshkent viloyati hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish va yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Barcha yo'l harakati ishtirokchilarini qoidalarga rioya qilishga va harakat xavfsizligi oyligida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ TOSHKENT VILOYATI IIBB OGOHLANTIRADI!

Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari, lavhada tezlik qoidalarini buzib, avtohalokat sodir etgan va inson oʻlimiga sababchi boʻlganlarning pushaymoni aks etadi. Ularning holatini oʻzingizga ravo koʻrmang, xulosa qiling!


@BB_Tulyaganov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

❗️Ijtimoiy tarmoqlar orqali yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan Otabek Sulaymonov terrorchilar safiga borib qoʻshilgan!
———
❗️Ижтимоий тармоқлар орқали ёт ғоялар таъсирига тушиб қолган шахс террорчилар сафига бориб қўшилган!


@BB_Tulyaganov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yot gʻoyalar taʼsiri ostida oʻz oilasi, farzandlarini bilan terrorchi tashkilot safiga borib qoʻshilgan ayol!
———
❗️Ёт ғоялар таъсири остида, фарзандларини билан террорчи ташкилот сафига бориб қўшилган аёл!



@BB_Tulyaganov
⭕️⭕️⭕️

❗️Bedarak yoʻqolgan Beknazar Toshmatovning topilishida koʻmaklashgan fuqarolar mukofotlanadi

1940-yil 28-yanvarda tugʻilgan Beknazar Toshmatov yashash manzili (Angren shahar Gurum MFY, Gurum koʻchasi 3-uy)dan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yoʻqolgan.

Alohida belgilari: Boʻyi 160-165 sm, yuzi choʻzinchoq, sochlari oq rangda, qoshi oqargan qalin, tishlari yasama (protez).

Egnidagi kiyimlari: Koʻylak, qora rangli kostyum (eskirgan oqargan holatda), triko, boshida doʻppi boʻlgan.

Ushbu shaxs toʻgʻrisida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz “102” yoki +998707622023, +998910054022, +998949225545 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni soʻraymiz!

Bedarak yoʻqolgan Beknazar Toshmatov haqida xabar bergan yoki topishda koʻmaklashgan fuqarolar umumiy 10 000 000 (oʻn million) soʻm bilan mukofotlanishi kafolatlanadi.

Telegram: @Press_GUVD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

❗️IIBB Axborot xizmati VIDEO MONTAJ YO‘NALISHIDA ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi

Tanlovda, video montaj bo‘yicha kamida 3 yillik tajribaga ega, montaj dasturlarida erkin ishlaydigan (oliy yoki OTMda sirtqi ta'limda tahsil olayotgan), ijodiy fikrlaydigan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni o‘tagan, bo‘yi 165 sm dan past bo‘lmagan, yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) erkak fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzasidan Axborot xizmatining telegramdagi @PRESS_GUVD havolasi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Telefon: +99899 884 00 02.

Diqqat! E'londa keltirilgan talablarga javob berdigan nomzodlar bog‘lanishlari tavsiya etiladi.


@BB_Tulyaganov
БУГУН ТУҒИЛГАН КУН!

23 май ижодкор дўстимиз, зоҳир овоз эгаси, капитан Ҳошимов Шокиржон Шарифжон ўғлининг туғилган куни.

Ҳурматли Шокиржон Шарифжон ўғли!

Сизни, Тошкент вилояти ИИББ Ахборот хизмати шахсий таркиби ва ўз номимдан самимий табриклаб, сиҳат-саломатлик, узоқ умр, ижодий ва касбий фаолиятингизда улкан муваффақиятлар ёр бўлишини тилайман.


@BB_Tulyaganov
🌦 #Ob_havo

Bugun, 24 may Juma — Toshkent viloyatida havo o'zgatib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir
yog'adi.

Kunduzi 24° - 29° daraja,
Kechasi 14° - 19° daraja.


@BB_Tulyaganov
#Diqqat

❗️Fuqarolar va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat!

Soʻngi kunlarda Toshkent viloyati mahallalarining ijtimoiy tarmoqdagi baʼzi guruhlarida yosh bolalarni oʻgʻirlash yoki shu kabi shubhali harakatlar qilayotgan shaxslar paydo boʻlgani haqida uydirma xabarlar tarqalishi koʻpaymoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda katta auditoriyaga ega boʻlgan kanal adminlari tomonidan ham yuqorida keltirilgani kabi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, odamlarda vahima uygʻotuvchi asossiz foto yoki video xabarlar eʼlon qilinishda davom etmoqda.

Toshkent viloyati IIBB shu kabi tarqalayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini hamda joriy yilning oʻtgan davri va undan avvalgi yilda ham viloyat hududida voyaga yetmaganlar, xususan yosh bolalarni oʻgʻirlash bilan bogʻliq holat sodir boʻlmaganini maʼlum qiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, yolgʻon axborot tarqatish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.


@BB_Tulyaganov
Boʻstonliq tumanida avtomobilda chiqqan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot

Joriy yilning 27-may kuni soat taxminan 13:30 larda “Bektemir -Chorbogʻ” avtomobil yoʻlining 62-kilometri (aholi yashash joyidan tashqari)da haydovchi 2002-yilda tugʻilgan A.K boshqaruvidagi “Jentra” rusumli transport vositasida qisqa tutashuv boʻlganligi (avtomobilning yoqilgʻi turi benzin) sababli yongʻin yuzaga kelgan.

Ushbu holatda haydovchi va salonda boʻlgan ikki nafar yoʻlovchilar avtomobildan tushib qolganlar. Yongʻin natijasida harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan.


@BB_Tulyaganov
#Nazorat

⚡️Koʻp miqdorda sintetik giyohvandlik vositasini Oʻzbekistonda tarqalishining oldi olindi
(video)

“Qora dori 2024” doirasida Toshkent viloyati IIBB va Boʻstonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan ogʻu tarqatuvchining faoliyatiga chek qoʻyildi.

Batafsil👉 https://IIBB.Reyd


@BB_Tulyaganov