🏛Bekobod tuman axborot- kutubxona markazi📚
150 subscribers
6.02K photos
871 videos
11 files
2.81K links
📖📚Kitoblar_olami📚📖

🏛MANZIL: Bekobod tuman, Zafar shaharchasi, Farxod ko'chasi
🏤 Toshkent viloyati sobiq Pedagogika kolleji
☎️+998709351718
Download Telegram
# Bekobod tuman Axborot-kutubxona markazi
"Kitob ko'rgazmasi va kitob taqdimoti"

Bugun Axborot kutubxona markazida yozuvchi P.Qodirov, M.Shayxzoda, shoir J.Jabborovlar tavalludiga bag'ishlab kitob ko'rgazmasi va kitoblar taqdimoti o'tkazildi."Ertaklar marafoni" xeshtegi ostida chellenj o'tkazish davom etmoqda.

t.iss.one/AxborotKutubxonaMarkaz
# Bekobod tuman Axborot-kutubxona markazi
"Kitobhonlik"

Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi va yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida korxona va tashkilotlarda ko'chma kutubxonalar tashkil qilinmoqda.Jumladan bugun Uz telecom AK Toshkent filiali Zafar Telekommunikatsiyalar bog'lanmasiga ko'chma kutubxona tashkil qilindi.

t.iss.one/AxborotKutubxonaMarkaz
2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Qarshi mustaqillik yillarida qayta tug'ildi. Shahar tarixida katta voqea bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil “Qarshi shahrining 2700 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Qarori shahrimiz hayotini, jamolini butunlay o'zgartirib yubordi. Nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki butun O'zbekiston hayotida qutlug' sana bo'lib qolgan shaharning 2700 yillik to'yi Yurtboshimiz rahnamoligida keng miqyosda nishonlandi. Qarshining 2700 yillik to'yi shaharning ijtimoiy, madaniy hayotida yangi sahifalar ochdi. Shahar tarixi, bugungi hayoti haqida o'nlab tarixiy-ilmiy, badiiy, publitsistik, teatr va san'at asarlari yaratildi. Butunjahon shaharsozlik yutuqlari asosida shahar deyarli qayta qurildi. Shaharning bir necha asrlik tarixining ko'zgusi bo'lgan tarixiy me'morchilik yodgorliklari mukammal ta'mirlanib, ularga ikkinchi umr baxsh etildi.
Ajdodlarning butun jahon merosini saqlash – bu kelajak avlodga o’tmishdagi xotiralarni yetkazish demakdir. 2005 yilda YUNESKOning bosh ijrochi direktori yuneskoning 33-bosh sessiyasida 27 oktyabr kunini Butunjahon audiovizual merosi kuni rezolyutsiyasini tasdiqladilar ya’ni 1980 yilda qabul qilingan hamda harakatlanuvchi tasvirlarni saqlash va ularni muhofaza qilish ma’nosini bildiradi. Audiovizual merosiga – filmlar, radio-teledasturlar, audio hamda video yozuvlari kiradi. Ommaviy audiovizualni targ’ib qilish 20 asrga to’g’ri keladi, hozirgi kunda esa boshlang’ich ma’lumot tarqatuvchi vositadir. Ular eshitish qobiliyati, o’tkirlik juda yuqori darajada bo’lgan insonlar va ularning aksi bo’lgan inson uchun muljallangandir. Boshqacha qilib aytganda, audiovizual hujjatlari, an’anaviy yozma tarqatuvchilarga qo’shimchalar kiritishi bo’ldi.
# Bekobod tuman Axborot-kutubxona markazi
"Ochiq osmon ostidagi kutubxona"davra suxbati.

Bugun Axborot kutubxona markazida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida kitob taqdimoti va Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida "Islom dini madaniyati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Ushbu davra suhbatida tuman 26-umumta'lim maktabining o'quvchilari qatnashdilar.

t.iss.one/AxborotKutubxonaMarkaz
Bekobod tumani Axborot-kutubxona markazi koʻchma kutubxonasi xodimi maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilariga ertak kitoblarl eltib berdi va ularga qiziqarli ertaklardan oʻqib berdi.
# Bekobod tuman Axborot-kutubxona markazi
" Kutubxonaga sayohat"

Bugungi kunda Axborot kutubxona markazida kitobxonlar soni ortib bormoqda. Bugun 55-umumta'lim maktabi o'quvchilari kutubxonaga tashrif buyurishdilar va kutubxonaga a'zo bo'lishdilar.

https://t.iss.one/AxborotKutubxonaMarkaz