Arnasoy.uz | Rasmiy kanal
3.52K subscribers
46.7K photos
5.83K videos
91 files
16.9K links
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanallari
Web-sayt▶️https://gov.uz/oz/arnasoy
facebook▶️https://bit.ly/3VWYvmx
youtube ▶️https://bit.ly/3rCjeiT
telegram▶️t.iss.one/ArnasoyPlus
instagram▶️
murojaat▶️ @Hokimga_murojaat_bot
Download Telegram
Obodonlashtirish ishlari “Dolzarb haftalik” doirasida davom etmoqda

“Dolzarb haftalik” doirasida G‘oliblar mahalla fuqarolar yig‘inida tozalik va obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

📌 Mahalladagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar, bolalar o‘yingohlari va aholi gavjum maskanlar obodonlashtirish xizmati xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida tozalandi. Chiqindilar yig‘ilib, maxsus texnikalar yordamida tashib ketildi. Yashil hududlar tartibga keltirilib, daraxt ko'chatlariga shakl berish ishlari amalga oshirildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬web-sayt.🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


📑“Arnasoytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan, Arnasoy tumanida 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va Arnasoy GRSidan tuman markaziga keluvchi yuqori bosimli yer usti D-159-273 mm gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Arnasoy tumanida yashovchi aholi xonadonlariga 2025-yil 29-iyul kuni soat 08-00 dan, kech soat 18-30 gacha tabiiy gaz berilishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🛠“Arnasoytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
💙💙💙

🎉30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Arnasoy tumanida bayramona tadbir tashkil etiladi.

Ushbu tadbir do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.

📍 Tadbir o‘tkaziladigan joy: Arnasoy tumani hokimligi binosi oldidagi maydon
🕖 Boshlanish vaqti: soat 19:00

Tadbir davomida konsert dasturi, madaniy chiqishlar, jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar hamda turli ko‘ngilochar sahnalar namoyish etiladi.

🎈 Barchangizni ushbu bayram tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz! Keling, do‘stlik ruhini birgalikda his qilaylik!


🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬web-sayt.🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Arnasoy_tumani

Arnasoy tumanida takroriy ekinlar ekilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda


2025-yil yoz mavsumi – global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlarning ortib borayotgani, ekologik beqarorlik va iqtisodiy muammolar fonida har bir gektar yer maydonidan oqilona va samarali foydalanishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Ayniqsa, g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekinlarni joylashtirish orqali bozorni arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi.

Shu maqsadda, Arnasoy tumanida 2025-yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan jami 8 000,0 gektar maydon takroriy ekinlar bilan to‘liq o‘zlashtirilmoqda. Bu jarayonda tumandagi fermer xo‘jaliklari va dehqonlar tomonidan agrotexnik qoidalarga qat’iy amal qilinmoqda.

📊 Takroriy ekinlar tarkibi quyidagicha rejalashtirilgan: 🔝

Sabzavot ekinlari – 75,0 gektar
Poliz ekinlari – 2233.5 gektar
Kartoshka – 100.0 gektar
Moyli ekinlar – 320.0 gektar
Dukkakli ekinlar – 3 995,5 gektar
Ozuqa ekinlari – 276,0 gektar


Mazkur ekinlar eksportbop, yuqori hosildorlikka ega navlar asosida tanlab olinib, har bir fermer xo‘jaligi tomonidan agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, takroriy ekinlar uchun zamonaviy, suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilayotgani e’tiborga molik.

🚜 Alohida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklar: 🔝

“Davlat ota” fermer xo‘jaligi
“Temur Davlatov” fermer xo‘jaligi
“BMB Agro” MCHJ
“Bo‘ston korchalonlari” fermer xo‘jaligi
“Solin-2” fermer xo‘jaligi
“Akram o‘g‘li To‘lqin” fermer xo‘jaligi
“Siyob” fermer xo‘jaligi
“Sangzor” fermer xo‘jaligi
“Ilxom Toshtemirovich” fermer xo‘jaligi
“Oltin humo” fermer xo‘jaligi
“Arnasoylik Azizbek” fermer xo‘jaligi
“Suyunov Sardor dalasi” fermer xo‘jaligi
“Sariyev Jo‘rabek” fermer xo‘jaligi
“Forishlik Mansur” fermer xo‘jaligi
“Oltin zamin ko‘zgusi” fermer xo‘jaligi
“Bo‘rondagi bo‘ri” fermer xo‘jaligi
“Arnasoylik Jaxongir polvon” fermer xo‘jaligi
“Qo‘shrobod o‘lkasi” fermer xo‘jaligi
“Sultonbek Xolbekov” fermer xo‘jaligi
“Qipchoq gold” MCHJ uch-2


Mazkur xo‘jaliklar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Suv tekin emas” degan tamoyilga amal qilgan holda, tomchilatib sug‘orish va boshqa suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etmoqda. Bu esa nafaqat suv resurslaridan oqilona foydalanish, balki hosildorlikni barqaror saqlashda ham muhim omil bo‘lmoqda.

Tumanda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni narx-navo barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Arnasoylik dehqon va fermerlar bugungi murakkab iqlim va iqtisodiy sharoitlarda yurtimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ulkan hissa qo‘shmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬web-sayt.🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
📋 Sizningcha 2025-yil I I-chorak yakuniga ko‘ra Jizzax viloyatidagi qaysi shahar va tumanlarning maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi eng yaxshi bo‘ldi?

So‘rovnoma 2025-yilning 5 avgust kuni soat 20-20 ga qadar davom etadi.

Diqqat! Ovoz berish jarayonida @jizzaxuz_bot orqali o‘tkaziladi.
Obodonlashtirish ishlari “Dolzarb haftalik” doirasida davom etmoqda

“Dolzarb haftalik” doirasida G‘oliblar mahalla fuqarolar yig‘inida tozalik va obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

📌 Mahalladagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar, bolalar o‘yingohlari va aholi gavjum maskanlar obodonlashtirish xizmati xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida tozalandi. Chiqindilar yig‘ilib, maxsus texnikalar yordamida tashib ketildi. Yashil hududlar tartibga keltirilib, daraxt ko'chatlariga shakl berish ishlari amalga oshirildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬web-sayt.🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM