ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
117 subscribers
2.25K photos
326 videos
1 file
793 links
Download Telegram
#andijon #turizm_festival

Bugun, 18-aprel kuni Andijonda “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”ga bag’ishlangan Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” boshlandi.
____

Today, April 18, Andijan hosted the traditional International Festival of Fine and Applied Arts, dedicated to the Year of Human Dignity and Active Neighborhood.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_official
#andijon #turizm_festival

Viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi va boshqa hamkor tashkilotlar boshchiligida tashkil etilgan festivalda yosh ijodkorlarning ijodidan namunalar, mahorat darslari, davra suhbatlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, festival doirasida viloyatda mavjud tashkilotlar ishchi-xodimlarining galereyaga sayohatlari tashkil etilmoqda.
Viloyatimizga tashrif buyurgan sayyohlar uchun ushbu san’at haftaligi unutilmas bo‘lishi shubhasiz.
Aytish joizki, tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan yaratilgan asarlarga soha mutaxassislari tomonidan yakuniy baho berilib, tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_official
#andijon #turizm_tashrif
#jonli

Ayni paytda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahar hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari, OAV hamda blogerlardan iborat delegatsiya viloyatimizda bo‘lib turibdi.
Ular birinchi manzil - Xo‘jaobod tumani hududida joylashgan tibbiyot turizmida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan "Tuya suti tabobat markazi"ga tashrif buyurdilar.
____

#mobile_rakurs

Currently, a delegation from the Kyrgyz Republic, headed by the First Deputy Mayor of Osh, consisting of representatives of business entities in the field of tourism, the media and bloggers is visiting our region.
They first visited the Camel Milk Medical Center in Khojaabad district.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_official