ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
119 subscribers
2.25K photos
323 videos
1 file
792 links
Download Telegram
#andijon #sport_boks
#marhamat_tumani

Marhamat tumanida sportning boks turi boʻyicha 2008-2009 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida viloyat chempionati musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Musobaqada tuman BO'SM bokschilaridan Muhammadyusuf Mahammadisaqov (64 kg vazn toifasida) faxrli 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Aliahror Qodiraliyev (40 kg vazn toifasida) 3-oʻrinni egalladi.
5 kun davomida oʻtkazilgan musobaqa yakuniga koʻra, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan bokschilar tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda bosh boshqarmaning 1-2-3-darajali diplomlari bilan munosib taqdirlandi.
Unda viloyat boks terma jamoasining xalqaro toifadagi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiyi Mars Galiyevich Qoʻchqorov qatnashdi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#andijon #sport_kikboks
#oav_biz_haqimizda

Futbol va suzish sport turi bo'yicha viloyat hokimi kubogi uchun musobaqalar davom etmoqda

📹 Sport.
____

#андижан
#сми_о_нас

📹Спорт.

____

#andijan
#Mass Media about us

📹Sport.

#Andijon_trk #7_kun

📌https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #sport
#marhamat_tumani

Marhamat tumani "Hasanmergan" MFY hududidagi 3-umumta'lim maktabida 15 yoshdan yuqori fuqarolar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda futbol bo‘yicha 25-35 yoshdagi fuqarolar jamoasi g'oliblikni qo‘lga kiritgan bo'lsa, voleybol bo‘yicha 35 yoshdan yuqori fuqarolar jamoasi g'olib bo‘ldilar.
Shaxmat sport turidan Sultonmurodov G'olibjon, stol tennisida Olimov Xabibullolar 1-o'ringa munosib deb topildi.
Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha g'oliblik Turdiqulova Maxfuzaxon, shaxmatda Nurmamatova Shahloxonlarga nasib etdi.
Bellashuv g'oliblari MFYning pul mukofoti va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #dunyo _turizmi

Xitoy 🇨🇳 Chjanszyasze, Tyanmen togʻi

Uzoq Xitoyning Xunan provinsiyasida, Tyanmen bogʻi hududida huddi shu nomdagi togʻ mavjud boʻlib, u dunyodagi tabiiy moʻjizalardan biridir.
Miloddan avvalgi 263-yilda zilzila tufayli qoyaning katta qismi qulab tushgan va biz videoda koʻrayotgan arka hosil boʻlgan.
Tyanmen togʻining balandligi 1519 metrni tashkil qiladi. Undagi arkaning balandligi esa 131,5 metr, uzunligi 60 metr va kengligi tahminan 57 metrdir!
____

#world _tourism

China 🇨🇳 Zhangzyasze, Tianmen Mountain

In the remote Chinese province of Hunan, in the Tianmen Park, there is a mountain of the same name, which is one of the natural wonders of the world.
In 263 BC, an earthquake caused much of the rock to collapse, forming the arch we see in the video.
The height of Mount Tianmen is 1519 meters. The arch is 131.5 meters high, 60 meters long and 57 meters wide!

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#andijon #hafta_dayjesti

📌Viloyat Turizm va sportiga doir yakunlangan haftaning eng muhim xabarlari:

👉🏻Nemis askarlari qurgan qishloq:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1079

👉🏻Toshkent-Samarqand-Buxoro yo'nalishlari bo'ylab 50 nafar fuqarolar sayohati haqida:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1081

👉🏻Viloyatda oilaviy mehmon uylari soni 48 taga yetdi:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1089

👉🏻Bobur va jahon madaniyati muzeyi haqida:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1098

👉🏻Shaxmat bo'yicha O'zbekiston chempionlari aniqlandi:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1114

👉🏻Viloyatimizda eng yaxshi faoliyat olib borayotgan sport ta'lim muassasalari haqida so'rovnoma:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1149

👉🏻Andijonlik otaxonning himmati:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1157

👉🏻"Andijon polkasi" tarixiga nazar:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1163

👉🏻Sportning boks turi bo'yicha viloyat chempionati:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1169

👉🏻O'rta Osiyoda yagona bo'lgan Qal'a - "Kreps":
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1194

👉🏻Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilmoqda:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1199

👉🏻 Jalaquduq tumani hokimligi tashabbusi hamda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi bilan 50 nafar faol fuqarolarga sayohat tashkil etildi:
https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport/1216

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/Andijon_Turizm_va_Sport
#Янгилик
Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси томонидан Наврўз умумхалқ байрами муносабати билан “Андижон полькаси” кўрик-танлови ўтказилади.

Кўрик-танлов йигит ва қизлар ўртасида қуйидаги йўналишлар бўйича ўтказилади:

А) Яккахон ижро;
В) Жамоавий ижро;
С) Оилавий ижро (онлайн);

Кўрик-танлов мактаб, сектор, туман (шаҳар) ва вилоят босқичларидан иборат бўлиб, якуний финал босқичи Наврўз умумхалқ байрами арафасида ўтказилиб, ғолиблар тақдирланади.