Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.81K subscribers
7.87K photos
434 videos
5 files
1.9K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari
#Fotoreportaj

🔴Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun tashkil etilgan seminar-treninglarning 3-kuniga start berildi.

Ma'lumot uchun, seminar gibrid shaklda tashkil etilgan bo'lib, kunning ikkinchi yarmidagi mashg'ulotlar onlayn tarzda bo'lib o'tadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun tashkil etilgan "Muvaffaqiyat strategiyalari" seminar-treninglarning 4-kunidan fotoreportaj.

#Trening #Fotoreportaj

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Қўлланма_тақдимоти

"YUKSALISH YO'LIDA 45 QADAM" - O'QITUVCHILAR UCHUN YANGI INNOVATSION QO'LLANMA TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" mavzusidagi seminar-treningning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev va UNESCOning Toshkentdagi vakili Sara Noshadi so'zga chiqib, ta'limda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida so'z yuritishdi.

❗️Ochilish marosimida, shuningdek "Yuksalish yo'lida 45 qadam" qo'llanmasining taqdimoti o'tkazildi.

Mazkur innovatsion qo'llanma UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, 2 kunlik trening davomida o'qituvchilarning fikr-mulohazalari asosida mazkur qo'llanmani yanada takomillashtirish ko'zda tutilgan.

⚡️Bundan tashqari, tadbir doirasida Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilarining ijodiy ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

👉 Seminar-treninglar va innovatsion qo'llanma haqida batafsil saytimizda o'qing.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#International_Baccalaureate

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-trening bo'lib o'tdi.

Mazkur seminar-treninglarda Agentlik mutaxassislari tomonidan pedagog-kadrlarga IB dasturi haqida batafsil ma'lumot berildi.

👉Avvalroq International Baccalaureate dasturi yuzasidan seminar-treninglar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Seminar_trening
#CIS

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkilotiga a’zolikka kiritish hamda akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazish yuzasidan seminar-treninglarga start berildi.

❗️Unda Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Treninglarda:

✔️Iqtidorli yoshlar bilan ishlash,
✔️Ta’lim olish va ta’lim berish sifatini yaxshilash,
✔️Maktablarni ekotizim sifatida tahlil qilish kabi mavzularda bo’lib o’tmoqda.

📆Treninglar 24-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
1
#Seminar_trening
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar -treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglarida Andijon shahridagi Prezident maktabining jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

🌍Andijon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening

🔴Ayni damda Andijon shahridagi Prezident maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-trening oʼtkazilmoqda. Unda viloyatdagi Аndijon shahar, Аndijon, Аsaka va Marhamat tumanlaridagi jami 225 nafar maktab direktorlari ishtirok etmoqda.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening

🔴Ayni damda Andijon shahridagi Prezident maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-trening oʼtkazilmoqda. Unda viloyatdagi Аndijon shahar, Аndijon, Аsaka va Marhamat tumanlaridagi jami 225 nafar maktab direktorlari ishtirok etmoqda. Treningdan video lavha.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
🔥2
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning birinchi bosqichiga start berildi.

❗️ Trening onlayn shaklda tashkil etilib, unda o’quv seminarining keyingi bosqichlarini joylarda sifatli tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Treningda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Prezident maktablari direktorlari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi hududiy trenerlar ishtirok etishdi.

🔹Mazkur treninglar 3 bosqichli kaskad usulida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jarayonning keyingi bosqichlarida tuman (shahar) umumta’lim maktablaridagi mahalliy trenerlar uchun Prezident maktablarida va yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta’lim maktablarida tashkil etish ko'zda tutilgan.

Yig'ilishda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas’ullaridan javob olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍5
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
👍4
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening

🟢Ayni damda Andijon shahridagi Prezident maktabida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
👏2
#Seminar
#Kutubxona

🔰Andijon shahridagi Prezident maktabida maktab kutubxonachisi Otamirzayeva Sayyoraxonning tashabbusi bilan viloyatimizning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun "Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi" mavzusidagi o'quv seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ'ib qilishning noan'anaviy usullari haqida so'z yuritildi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏2
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4😁1
#seminar_trening
#ikkinchi_kun
#jarayon

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningning ikkinchi kunidan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#seminar

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida Andijon viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachilari uchun “Kutubxona ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda kutubxonalarda hujjatlarni samarali boshqarish, ularni tartibga solish va meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash boʻyicha nazariy-amaliy mashgʻulotlar, muhokamalar, davra suhbati oʻtkazildi.

Ishtirokchilar kutubxona faoliyatining samaradorligini oshirish, hujjatlarni toʻgʻri yuritish va soha yangiliklari haqidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladi.

Ushbu seminar kutubxona xodimlariga oʻz ish jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish, kasb malakalarini oshirishga yordam beradi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤯21
#seminar
#1_kun
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

ZAMONAVIY TA’LIM INNOVATSIYALARI

🤩Andijon viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Ushbu treninglar Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda matematika, informatika hamda fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍5
#seminar
#2_kun
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

ZAMONAVIY TA’LIM INNOVATSIYALARI

🤩Andijon viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Ushbu treninglar Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda kimyo, biologiya hamda ingliz tili fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤩1