Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.82K subscribers
7.8K photos
431 videos
4 files
1.87K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI
2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#qabul_2024

⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi.

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi.

📆 Sana: 30-may
⌛️ Soat: 15:00
🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#Qabul_2024

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

⚡️ HUJJAT TOPSHIRISH JARAYONIDA FOTOSURATNI TOʻGʻRI YUKLASH BOʻYICHA VIDEO-QOʻLLANMA

Eslatma, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda.

🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 6-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 8-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM