Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.69K subscribers
7.1K photos
410 videos
3 files
1.73K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.

✔️Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida:

▶️ o'quvchilar almashinuvi;
▶️ o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
▶️ Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda
hamkorlik qilish muhokama qilindi.
__
A meeting with the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of Uzbekistan to the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland Said Rustamov was held in the Agency.
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Agentlik delegatsiyasi Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullnuvchi Cambridge Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan dunyoning 170 ga yaqin davlatida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlar, xususan A/AS-level, IGCSE imtihonlarining:

✔️tashkil etilish jarayonlari
✔️imtihon materiallarining qanday chop etilishi va saqlanishi
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga qanday yetkazilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

❗️Prezident ta'lim muassasalari agentligi xalqaro imtihonlarni tashkil etishda Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik olib boradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi London shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etdi.

Mazkur forum doirasida:

▶️Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkorlari - Cambridge Assessment International Education, The Times Higher Еducation, British Council kabi tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi;
▶️Cambridge University Press&Assessment tashkiloti bilan rahbar kadrlar, pedagoglar malakasini oshirish hamda o'quvchilar almashinuvi, shuningdek ta'lim dasturlari ishlab chiqish borasida
hamkorlik shartnomasi imzolandi;
▶️Inklyuziv ta'lim borasidagi
hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o'rnida, mazkur forumda dunyoning 115 mamlakati ishtirok etdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Nottingham Trent universiteti mutasaddilari bilan uchrashdi.

Nottingham Trent universiteti аkademik maqsadlarga yo'naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari, professor Martin Seviour va universitet qoshidagi Nottingham til va madaniyatlararo aloqalar instituti (NILIC) direktori Frank Austermuehl istiqboldagi rejalar haqida so'z yuritishdi.

Shuningdek, universitet bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining ingliz tili o'qituvchilari uchun tashkil etilgan trening natijalari muhokama qilindi.

Mazkur treninglar mart oyida oflayn va aprel-may oylarida onlayn shaklda o'tkazilgan edi.

✔️Mehmonlarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va "Yangi O'zbekiston" universiteti bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

🔰Ma'lumot o'rnida, o'zaro hamkorlik aloqalari Agentlik tomonidan 2021-yilning noyabr oyida tashkil etilgan xalqaro ta'lim forumi doirasida yo'lga qo'yilgan edi.
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi.

❗️Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

✔️O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Jizzax Prezident maktabi / RASMIY (Lochinbek Jumanov)
#Xalqaro_hamkorlik
#Angliya

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Jizzax shahridagi Prezident maktabida bo’lishdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilar bilan uchrashib, maktab hayoti hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

❗️Milliy cholg'ularni professional darajada chalayotgan o'quvchilar Portsmut universiteti vakillarida katta taassurot qoldirdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;

▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

⚡️UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grand mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

✔️ Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, keng koʻlamli ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus vakili Darren Perrett Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🗣Hamkorlik doirasida Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

Xalqaro maktablar kengashi – xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

❗️Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

✔️Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishdi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS_day_1

TAHLILIY SUHBAT

⚡️Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari Doktor Peter Coles hamda Doktor Stephen Kotanen Prezident maktabi xodimlari bilan suhbat olib bormoqda.

✔️ Tashrif buyurgan vakillar maktab ma'muriyati hamda pedagoglar bilan birga oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, ularni baholash, o‘qituvchilarning mehnat faoliyati va ularning dars o‘tish metodikalari haqida tahliliy suhbatlar olib borib, ularga jahon standartlari asosida o‘z maslahatlarini berdilar.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS_day_2

PEDAGOG TARBIYACHILAR VA OTA-ONALAR BILAN MULOQOT

⚡️Tashrifning ikkinchi kunida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari Prezident maktabining pedagog tarbiyachilari bilan uchrashib, ularning bola bilan munosabati, darsdan tashqari vaqtda o‘quvchiga bo‘lgan e'tibor haqida suhbatlashdi.

✔️Kengash vakillari maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ham muloqotda bo‘lib, ularning maktabdagi hayot hamda farzandlaridagi ijobiy taraqqiyot haqidagi fikrlarini tingladilar.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS_day_3

O‘QUVCHILAR BILAN MULOQOT

⚡️Tashrifning uchinchi kunida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari Prezident maktabining o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning qiziqishlari, tengdoshlari va ustozlar bilan munosabati, maktabdagi mavjud shart-sharoitlar haqida suhbatlashdi.

✔️Doktor Stephen Kotanen o‘quvchilarga ularning kelajakdagi orzulari haqidagi savol bilan yuzlanib, barcha yoshlarga omad tiladi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS_day_4

SELF-STUDY WORKSHOP

⚡️Tashrifning to‘rtinchi kunida rejaga ko‘ra Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tomonidan Prezident maktabining ma'muriyat xodimlari, pedagog va tarbiyachilari bilan birga maxsus trening o‘tkazildi.

✔️Ushbu treningda Xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasi jarayonining keyingi bosqichlari amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

⚡️Trening guruhlarga bo‘lingan holatda interfaol tarzda olib borildi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS_final_day

⚡️Tashrifning yakuniy kunida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari Prezident maktabi jamoasiga tashakkur bildirib, Andijonga boʻlgan tashrif yorqin xotiralarga boy boʻlganligini taʼkidladi. Doktor Stephen Kotanen Maktab jamoasida ahillik juda kuchli ekanligi, har bir xodimning koʻzida oʻquvchilarga boʻlgan gʻamxorlikni koʻrganini aytdi.

✔️Tashrif yakunida Maktab ijrochi direktori, Pedagoglar jamoasi va maktab Prezidenti mehmonlarga oʻzlarining iliq tilaklarini bildirib, kelgusida yana bir bor Andijon viloyatiga tashrif buyurishlarini soʻradilar.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari bugun ikki guruhga boʻlingan holda mamlakatdagi taʼlim tashkilotlari bilan tanishdilar.

🗺Ikkinchi guruh aʼzolari birinchi guruhdan farqli ravishda Seulda joylashgan "Kyung Bok Elementary School", "Sunjung Middle school" va "Sungjun International Tourism High School" maktablarining faoliyati, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, dars oʻtish metodikalari bilan tanishdi.

📝Oʻzaro fikr-mulohazalar almashish davomida mazkur taʼlim muassasalari rahbariyatiga O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi, jumladan Agentlik tizimidagi Prezident maktablari, ijod maktablar, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining faoliyati, ushbu maktablarga oʻtkaziladigan qabul imtihonlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Taʼlim delegatsiyasi aʼzolarining Koreya taʼlim tizimini oʻrganish jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari bugun KERIS (Korea Education and Research Information Service) tashkiloti, Daegu taʼlim departamenti hamda "Sun Moon University" hamda universitet tasarrufidagi "Korea Language Institute" faoliyati bilan tanishdi.

📝KERISga tashrif davomida:
raqamli darsliklarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
raqamli darsliklarning afzalliklari, virtual laboratoriya ishlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
taʼlim jarayoni boshqaruvni yanada takomillashtirishda avtomatlashtirish va boshqaruvning ayrim qismlarida sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar boʻyicha oʻrtoqlashildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda joriy etilgan Prezident, Ixtisoslashtirilgan maktablar va ITga ixtisoslashtirilgan maktablar haqida va ularda foydalanilayotgan oʻquv dastur, darsliklar haqida maʼlumot berildi.

⚡️"Korea Language Institute" taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan 50 ga yaqin oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Vatandoshlarimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, taʼlim sohasidagi tub burilishlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

🗺Taʼlim tashkilotlaridagi muzokaralarda yurtimizda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar, rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi. Kelajakda oʻquvchilar va kadrlar almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij
xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube