Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.69K subscribers
7.1K photos
410 videos
3 files
1.73K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Qatar

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi o‘qituvchilar malakasini oshirishda davom etishmoqda

Andijon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori qisqa malaka oshirish uchun Qatar universitetida bo‘lib turibdi.

📄Tadqiqot mavzusi: "Co oxidation" jarayonida katalizatorlar faoliyatini rivojlantirishda "Machine learning" tadbiqi".

Doniyorbek Axmadaliyev malaka oshirish davomida Qatar universitetining tegishli professor va tadqiqotchilariga seminar ham o‘tdi.

📌Maʼlumot uchun: Qatar universiteti dunyoda TOP 250 talikka kiradi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Prezidenti Devonining ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha kotibi o‘rinbosari Doktor Abdulloh Mug‘robiy bilan uchrashdi.

📍Uchrashuv BAAning “Emirates National School” ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tdi.

❗️Tomonlar, jumladan STEM fanlari hamda arab tilini o‘qitish bo‘yicha BAAdan mutaxassislarni jalb etish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, shu kuni vazirlik delegatsiyasi uchun “Emirates National school” bo’ylab kampus-tur tashkil etildi.
__

The Minister of Preschool and School Education Hilola Umarova met with the Deputy Secretary of Education and Research of the Office of the President of the UAE Dr. Abdullah Mughrabi.

📍The meeting was held at the "Emirates National School" specialized school of the UAE.

❗️The sides discussed issues of cooperation in areas such as attracting experts from the UAE to Uzbekistan on STEM subjects and teaching the Arabic language.

Moreover, a campus tour toward the school was organized for the delegation of the ministry on the same day.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI HAMDA PORSTMUT UNIVERSITETI O’RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv
memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar:

▶️ Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️ Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️
Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.

❗️Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube