Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.68K subscribers
7.14K photos
413 videos
3 files
1.74K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Raqamli_avlod_oromgohi

RAQAMLI AVLOD” IT OROMGOHIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod" IT oromgohi o'z faoliyatini boshladi.

✔️IT oromgohda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, eshitishda nuqsoni bor yoshlar, Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda IT va media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun onlayn va offlayn darslar olib borilmoqda.

⚡️Shuningdek, mazkur IT tadbiri doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarining informatika fani o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Ishtirokchilar darslar davomida Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, raqamli media va marketing, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o'z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lIshadi.

📌IT oromgohda ishtirok etish uchun 3000 dan ortiq yoshlar ro'yxatdan o'tgan va darslarni onlayn kuzatib borishmoqda. Oromgoh 8-yanvargacha davom etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_oromgoh
#Raqamli_avlod

🏢 Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida bo'lib o'tgan IT-Oromgoh doirasida Respublikadagi eshitishi zaif bolalar maktab-internati o'qituvchilarini xorij tajribasi bilan tanishtirish maqsadida trening darslari tashkil etildi.

🔹Darslar Nurafshon Prezident maktabi Matematika va Robototexnika fani o'qituvchisi malayziyalik Mehrdad Yamani tomonidan olib borildi.

📌 Trening davomida o'qituvchilarga dars jarayonlarida Robototexnika sohasini o'rgatishning dastlabki bosqich va usullari, mexanika, elektronika va dasturlash orqali 3D modellarni yasash va harakatlantirish borasida ko'nikmalar berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_qizlari

Bugun, 28-fevral kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari - 2022” haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, yig’ilganlarga omad tiladi:

“So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasida ayol-qizlarning roli tobora ortib bormoqda. Bu yil “Raqamli avlod qizlari” tadbiri ikkinchi marta tashkil etilmoqda va sizlarni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham o’z samarasini beradi”.

📆Raqamli avlod qizlari-2022” 5 kun davom etadi, darslar onlayn va offlayn shaklda bo’lib o’tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Inklyuziv_IT_oromgoh_2022
#Raqamli_avlod

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:

- So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar ko'payib borayotgani quvonarli holat. Ustoz-shogird an'anasi asosida 6 kun davomida ishtirokchilar IT sohasini chuqurroq va yaxshiroq o'rganishlariga aminman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham asqatadi.

❗️Oromgohda zaif eshituvchi yoshlar va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

🔴Mahorat dasrlari quyidagi yo'nalishlar kesimida darslar bo'lib o'tmoqda:
- Flutter
- .NET
- Python
- React.js

📆Ma'lumot uchun, IT oromgoh 30-avgust kuniga qadar davom etadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#Fotoreportaj

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining 2-kunidan fotoreportaj.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#Robototexnika
#5_kun

🔴"Raqamli avlod inklyuziv IT oromgohi" da darslar davom etmoqda. Ishtirokchilar:

▶️Dasturlash Python;
▶️Dasturlash Flutter;
▶️ Dasturlash React.Js;
▶️ Dasturlash C# (.NET);
▶️ Media;
▶️ Robototexnika;
▶️ Digital Design;
▶️ Startup loyihalarni o'rganishmoqda.

Darslar gibrid shaklda tashkil etilgan.

❗️Oromgoh davomida shuningdek O'zbekistonda 1-marta robolabirint musobaqalari o'tkazildi.

Ma'lumot o‘rnida, onlayn darslarda ishtirok etish uchun Respublika bo‘ylab 3000 dan ziyod yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

Joriy yilning 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi:

- "Raqamli avlod IT oromgohi" har yili axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni o'zida qamrab oluvchi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bu oromgoh davomida ko'plab yangi bilimlarga ega bo'lish bilan bir qatorda yangi do'stlar ham orttirishmoqda. Bu quvonarli holat, albatta. Mazkur oromgoh va darslarni o'ziga xos taassurotlar bilan eslashingizga aminman. Kelgusi faoliyatingizda ham zafar yor bo'lsin!

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

📌Ma'lumot uchun, mazkur inklyuziv IT oromgoh 25-avgustdan 30-avgustga qadar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 8 yo'nalish doirasida tajribali mentorlardan saboq olishdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#IT_haftalik
#Fotoreportaj

"Raqamli avlod IT haftaligi" 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube