Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.68K subscribers
7.11K photos
411 videos
3 files
1.73K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#davra_suhbati
Prezident Ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Andijon shahridagi Prezident maktabida

Andijon shahridagi Prezident maktabida
14-yanvar vatan himoyachilar kunimunasabati bilan “Xalq va armiya– bir tanu, bir jon” nomli shiori ostida o'quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.

💡Davra suhbatining asosiy maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va millatparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, ongi va tafakkuriga vatan ximoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini singdirish hamda ularni harbiy kasbga qiziqtirish va milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otishdan iborat bo‘ldi.
⚡️O‘quvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga hayoti misollar bilan javoblar berishdi.Davra suhbati o‘quvchilar qalbida ona vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirdi.

⭐️Andijon shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt /Facebook / Telegram/YouTube
#Fakt
#A_Level_imtihoni

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ O‘zbekistonda talabgorlarni ro‘yxatga olish 2️⃣0️⃣- yanvardan keyin boshlanadi.

7️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_oromgoh
#Raqamli_avlod

🏢 Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida bo'lib o'tgan IT-Oromgoh doirasida Respublikadagi eshitishi zaif bolalar maktab-internati o'qituvchilarini xorij tajribasi bilan tanishtirish maqsadida trening darslari tashkil etildi.

🔹Darslar Nurafshon Prezident maktabi Matematika va Robototexnika fani o'qituvchisi malayziyalik Mehrdad Yamani tomonidan olib borildi.

📌 Trening davomida o'qituvchilarga dars jarayonlarida Robototexnika sohasini o'rgatishning dastlabki bosqich va usullari, mexanika, elektronika va dasturlash orqali 3D modellarni yasash va harakatlantirish borasida ko'nikmalar berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 30-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Шавкат Мирзиёев бир гуруҳ ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларини давлат мукофотлари билан тақдирлади. Жумладан:

II даражали «Шон-шараф» ордени билан

Батиров Хасан Арзудинович — Ички ишлар вазирлиги Қоровул қўшинлари қўмондони

Рустамбаев Мирзаюсуп Хакимович — Жамоат хавфсизлиги университети бошлиғи

«Мардлик» ордени билан

Азизов Улуғбек Уктамович — Амир Темур номидаги Давлат хавфсизлик хизмати Академияси бошлиғи

Кулдашев Абдулла Хамидуллаевич — Фавқулодда вазиятлар вазирининг биринчи ўринбосари

Салиев Муталибджон Обиджонович — Давлат божхона қўмитаси раисининг ўринбосари

«Дўстлик» ордени билан

Атамухамедов Акбар Хамидович — Давлат хавфсизлик хизмати Чегара қўшинлари ашула ва рақс ансамбли бошлиғининг ўринбосари

«Содиқ хизматлари учун» медали билан

Аллабергенова Нилуфар Анваровна — Тошкент шаҳри Яккасарой тумани прокурори

Мамаюсупов Сарвар Дехканович — Миллий гвардия қўмондонининг ўринбосари

Рўзиев Учқун Холбоевич — Олий суд судьяси

Эргашев Восиджон Ёкубович — Давлат божхона қўмитасининг Божхона институти бошлиғи

Тўлиқ рўйхат мана бу ерда:
https://uza.uz/posts/337135

Шунингдек, Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги йўллади.
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz vatandoshlar, yurtimiz himoyachilari!

Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy qutlaymiz.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini saqlash yo'lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.

✔️Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida:

▶️ o'quvchilar almashinuvi;
▶️ o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
▶️ Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.
__
A meeting with the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of Uzbekistan to the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland Said Rustamov was held in the Agency.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#A_Level_sertifikati

"O'zbekiston 24" telekanalining "News 24" dasturida A-Level sertifikati haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Nukus_Prezident_maktabi

AZIZBEK LONDONDAGI BRUNEL UNIVERSITETINING IKKITA FAKULTETIGA O'QISHGA QABUL QILINDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Azizbek Kurbanbaev Londondagi Brunel universitetiga va AQSHning Pensilvaniya shtatida joylashgan Templ universitetiga o'qishga qabul qilindi!

⚡️O'quvchimiz Brunel universitetining birdaniga 2ta fakultetiga - xalqaro biznes hamda ishbilarmonlik va innovatsiya fakultetlariga o'qishga kirgan.

Azizbek bungacha Shanghaydagi Nyu York universitetidan ham ijobiy javob olgan edi.

✔️Ma'lumot o'rnida, AQSHdagi Templ va Londondagi Brunel universitetlari Times Higher Education tashkiloti tomonidan dunyoning TOP 500 talik universitetlari ro'yxatiga kiritilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Brifing

🔰Brifing

Mavzu: Prezident ta'lim muassasalari tizimida amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklar
Vaqti: 16:00
Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Prezident ta'lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari

👉 Brifingni jonli efirda kuzating.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент таълим муассасалари агентлиги брифинги
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида мактабларда, айниқса ихтисослаштирилган мактабларда таълим ва тарбия сифатини тубдан ошириш бўйича устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве проходит совещание, посвященное приоритетным задачам кардинального повышения качества школьного образования и воспитания, особенно в специализированных школах.
Davlatimiz rahbari ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Jumladan, bunday maktablarda:

- o‘quvchilar xalqaro ta'lim dasturlari asosida zamonaviy o‘quv darsliklari bilan ta'minlanadi;

- 9-sinfga kelib o‘quvchilar kamida 1 ta xorijiy til bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikat olishlari ta'minlanadi;

- yuqori sinf o‘quvchilarining bevosita korxonalarda amaliyot o‘tashi tizimi joriy qilinadi;

- maktablarga ixtisosligidan kelib chiqib Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralari biriktiriladi.

"Umuman, ixtisoslashgan maktablar ta'lim, ilm va amaliyotni o‘ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak", dedi Prezident.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Ихтисослаштирилган таълим қамровини кенгайтириш ва сифатини ошириш бўйича вазифалар қўйилди
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Юзлаб мактаблар Халқ таълими вазирлиги тизимидан чиқарилиб, Президент таълим муассасалари агентлигига ўтказилади

“Бу агентликни фақат 14 та мактаб учун тузганимиз йўқ. У Президент мактабларидаги муҳитни, методикани бошқа мактабларга ҳам олиб кириши керак”, – деди Шавкат Мирзиёев.

👉 https://kun.uz/60464007

Kun.uz расмий канали
Bugungi yig'ilishda davlatimiz rahbari ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.

Ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

Ushbu maktablarga qabul tartibi, o‘quvchi va muallimlar bilimini baholash tizimini ham qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglar ikki bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi. Agentligimizga ushbu tizim asosida yuqori malakali o‘qituvchilarni jamlab, qo‘shimcha o‘qitish, milliy va xalqaro sertifikatlar olishiga ko‘maklashish topshirildi...