Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi
564 subscribers
17.1K photos
1.84K videos
3 files
1.94K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

https://t.iss.one/AndEko

Taklif va shikoyatlar uchun (eko nazorat tizimi)
https://t.iss.one/and_eko_bot
Download Telegram
Tezkor munosabat

Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi  joriy yilning 23 iyul kuni «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali "Andijon viloyati Buloqboshi tumani Kulla qishlog'idagi trikotajda ahlatga tashlanuvchi eski qop va har xil plastik buyumlarni yoqib zaharli tutuni bilan aholini zararlayapti"sarlavhasi chiqqan murojaat yuzasidan  atroflicha o‘rganib chiqib, quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganish davomida Buloqboshi tumani Bozorboshi MFY hududida faoliyat olib borayotgan qop ishlab chiqaruvchi "RULF FARBEN" MCHJ ning masul hodimiga har xil turdagi chiqindilarni yoqib yuborganligi aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtK ning 88-modda talablarini buzganligi uchun belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, holat bartaraf etildi.
Tezkor Munosabat

Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi  joriy yilning 23 iyul kuni «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali "Andijon shahar Qoratut MFY raisi tomonidan chiqindi belgilanmagan joyga tashlaganligi yuzasidan  atroflicha o‘rganib chiqib, quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganish davomida, Andijon shahar 5-kichik daha “Qoratut” MFY raisi tomonidan tongi soat 4:30-6:30 gacha aholi tomonidan belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan noqonuniy chiqindixonalar joylarini aniqlash va ularni tozalatish jarayonida, gullar tagiga tashlab ketilgan paketdagi chiqindini olib, yo‘lga yaqinroq joyda turgan chiqindilarga qo‘shib qo‘yganligi va Bio tex eko MChJning xodimlarini jo‘natib, bu joyni tozalab qo‘yganligi aniqlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda belgilanmagan joyga chiqindilar tashlagan Cobalt haydovchisi jarimaga tortildi.
 
Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Qo'rg'ontepa tuman bo'limi davlat inspektorlari tomonidan, joriy yilning 23-iyul kuni Uchqun MFY hududiga davlat raqam belgisi 60 Y 661 HB bo‘lgan transport vositasi haydovchisi tomonidan belgilanmagan hududga chiqindi tashlagani aniqlandi.

Tezkorlik bilan huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-prim1 modda 1-qismiga asosan  ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Ekologlar tuni kun nazorat tadbirlari o‘tkazishmoqda !

Andijon viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining barcha shahar va tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida hududlarda ekologik huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida  tungi nazorat reyd tadbirlari doimiy o‘tkazilib kelinmoqda.

Tungi nazorat davomida 4 nafar huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda...
2
⚖️Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shagʼal qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo’yicha Oqqoʼrgʼon tuman sudida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan “G.S” MChJ rahbari S.I. ishi ko‘rib chiqildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/72070

⚖️Руководитель предприятия, незаконно добывавший песчано-гравийную смесь из реки Чирчик, приговорён к 6 годам лишения свободы

В Аккурганском районном суде по уголовным делам Ташкентской области рассмотрено дело в отношении руководителя ООО «G.S.» С.И., обвиняемого в незаконной добыче песчано-гравийной смеси.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/72070

⚖️Company Director Sentenced to Six Years in Prison for Illegal Extraction of Sand and Gravel from the Chirchiq River

The Akqorgon District Criminal Court of Tashkent Region has reviewed the case of S.I., head of the private company “G.S.” LLC, who was charged with the illegal extraction of sand and gravel mixture.
https://gov.uz/en/eco/news/view/72070

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda yangicha tarzda yashab, dunyoqarashlarimiz, fikrlashimiz, munosabatimiz ham yangilanyapti. Yangi marrralarni belgilab, orzu-maqsadlarni ro‘yobga chiqarayotganimiz ham bunga monand.

Avvalgi qurilgan binolar, barpo qilingan bog‘larga nazar tashlasak o‘zgarish qilish kerakligi namoyon bo‘lmoqda. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ining yangicha yuz ochishiga, ko‘rkamligini oshirishga qizg‘in kirishildi.

Viloyat obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari gulu manzarali ko‘chatlarni saralashmoqda. Osmonga bo‘ylashgan qarag‘ay daraxtlari osti ko‘kalamaydon qilinib, suv quvurlari o‘tkazilmoqda.
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Buloqboshi tuman Shirmonbuloq qishlog‘idagi farg‘onakanali suv ko‘pik bo‘lganligi yuzasidan murojaat kuzatildi.

Mazkur murojaat hozirda tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda oʻrganilmoqda va oʻrganish yakunlari boʻyicha axborot berilishini maʼlum qilamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Buloqboshi tumanining "Shirmonbuloq" qishlog‘idan oqib o‘tuvchi "Katta Farg‘ona" kanalidagi  suv  yuzasida ko‘pik hosil bo‘lganligi haqidagi murojaat e'lon qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada haqiqatdan ham shu yilning  26 iyul kuni soat 9:00 lar atrofida suv yuzasida ko‘pik paydo bo‘lganligi aniqlandi.  
Ushbu holat yuzasidan  tezkorlik bilan taxlil o‘tkazish uchun suvdan na'muna olindi.

Shuningdek, Xo‘jaobod, Buloqboshi hamda Marhamat tumanlari davlat inspektorlari tomonidan kanal bo‘ylab nazorat ishlari yo‘lga qo‘yildi. O‘rganish davomida suv yuzida hosil bo‘lgan ko‘pik insoniyatga, tabiatga, jumladan, suvda yashovchi jonzotlar va kanal atrofidagi o‘simliklarga salbiy ta'sir ko‘rsatmaganligi tasdiqlandi.

Hozirda surishtiruv va o‘rganish ishlari  davom etmoqda. Mazkur qonunbuzarlik holati natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beramiz.
👍2