Forwarded from "Amirxon Umarov shousi"
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovshousi | #My5rv | #Anons
Raqqos yigitlarga munosabatingiz qanday? Aynan shu savol atrofidagi muhokamalar studiyamizni “yondirib” tashladi!

Milliy va zamonaviy raqslar oʻrtasidagi farq hamda ularga boʻlgan talabning keskin turlanishi tortishuvlar markazida!

“Milliy raqslar bugun yoshlarni umuman qiziqtirmaydi” deyapti studiya mehmonlaridan biri. U fikrini qanday izohlaydi?

Shoumizning doimiy kuzatuvchisi esa, “erkak kishi raqs tushmaydi” degan fikrni bildirdi. Unga berilgan javoblar esa ancha asabiy ohangda.

Shovqinli va tortishuvlarga boy sonimizni 9-10-noyabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovshousi | #My5tv | #Anons
“Shifokor kaltaklandi”, “Hamshira doʻpposlandi” kabi xabarlar kun ora chiqayotgan bir paytda, oq halat mas’uliyatini rostakamiga his qilib ishlayotgan shifokorlarning aksarini studiyamizga jamladik.

Shifokorlarning kaltaklanmasligi uchun nima qilish kerak?

Oʻz otasi qoʻlida jon bergan doktorning hikoyasi sizni ta’sirlantirishi aniq!

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash chogʻida oʻzi ham Covid 19 ni yuqtirgan shifokor ham faoliyatining eng qiyin pallalari haqida soʻzlaydi!

Shifokorlar kuni munosabati bilan tayyorlangan sonimizni 13-noyabr kuni 21:45 da tomosha qilishingiz mumkin.

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShou | #My5tv | #Anons
Xalqaro tashkilotlar bilan ishlovchi arxitektorning hayot yoʻlidan koʻpchilik oʻrnak olishi mumkin! Bir necha sohada yutuqlarga erishayotgan ijodkorning oʻz yoʻlini topolmayotganlarga aytar gaplari bor!

Aravacha yoki qoʻltiqtayoqda yuruvchi hamyurtlatimiz atrofdagilarning gap-soʻzlaridan ogʻrinishlari sabab ularga murojaat yoʻllashdi!

Imkoniyati cheklangan boʻlsada kompaniyada yetakchi rahbarga aylangan qahramonimiz “qanday uddaladingiz” degan savolimizga batafsil javob berdi!

Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat transportidan foydalanishda muammolarga duch kelishlari aniq. Ularni yana qanday muammolar qiynaydi?

Imkoniyat cheklangan, ammo maqsadlar emas! Motivatsion sonimizni 15-noyabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovshousi | #My5tv | #Anons
“Qoʻgʻirchoq teatriga kattalar befarq” deyotgan ijodkorlar bilan suhbatlashamiz bu gal!

Telefon va gadjetlar ommalashgan bir paytda bolalarni qoʻgʻirchoqlarga qiziqtirish uchun qanday yoʻl tutish kerak?

Teatrning bugungi yutuq va kamchiliklari qanday?

Ekspertlar va aktyorlarning keskin tortishuvlari aytilayotgan muammolarga yechim boʻladimi?

Tomoshabinlar kamayib ketayotganiga sabab nima?

Ommaviy madaniyat va ma’naviyat rivojlanishiga hizmat qiluvchilar bilan suhbatimizni 16-noyabr kuni 19:40da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
“Erimga xiyonat qilmadim” deb bizga murojaat yoʻllagan ayol va “ayolim buzuq” deyotgan erkak oʻrtasidagi muammoni yechish vazifasi oldimizda turibdi!

Erkak ayolini qoʻshnisi bilan ushlab olganini takidlayapti. Isbot sifatida koʻrsatganlari qoʻyayotgan aybloviga mos keladimi?

Ayol esa farzandlari tortib olinganidan norozi. Erining mushti sabab, koʻzi jarohatlangan ayolning boshqa aytar gaplari ham bor!

Talashilayotgan farzandlar esa kimni tanlaydi? Oilaning saqlanib qolinishi uchun ekspertlarimiz maksimal harakat qilishdi. Natijani esa 17-noyabr kuni 19:40 da bilib olishingiz mumkin!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
“Men mehribon ota boʻlaman” “Farzandlarimni hech qachon tashlab ketmayman” kabi gaplar studiyamizga kelgan hamma bolalarning tilidan chiqidi. Chunki ular “Tashlab ketilganlik yuki” bilan yashashyapti!

Ichkilikka berilib ketgan ayolning farzandi hamon onasini kutayotganini aytdi. Uning taqdiridagi xodisalar yuragingizni ezib tashlashi aniq!

Yana bir qahramonimiz esa onasini qamoqhonadan chiqishini yillar davomida kutgan. Ammo ozodlikka chiqqan ayol hali biror marta farzandining oldiga kemagan.

Studiyamiz mehmonlarining barchasi mana shunday hayot yoʻlidan ketishyapti. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan boʻlgan suhbatimizni 18-noyabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
70 dan oshgan buvisini ruhiy hasta deyotgan nabiralar va ularni yengiltabiatlikda aybalayotgan buvi oʻrtasidagi mojaroni hal qilishimiz kerak bu safar!

“Buvimning joyi jinnixonada” deyotgan nabira gaplarini isbotlab berishga tayyor! Ammo u koʻrsatgan dalillar qanchalik asosli?

Murojaatchi ayol “nabiralarim oʻz uyimdan haydab chiqarishdi” deyapti. Nega degan savolga berilgan javoblar esa sizni hayron qoldirishi aniq!

70 dan oshgan onaxonning 8 ta farzandi bor. Ularning oʻrtasidagi munosabat ham yaxshi emas!

Uzoq yillardan beri yechimini kutayotgan muammolar koʻpayib qolgan. Ular yechiladimi degan savolga javobni 19-noyabr kuni 19:40 da olasiz!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovshousi | #My5tv | #Anons
Tirnoqlar, igna sanchilgan qoʻgʻirchoqlar va turli tugunchalar orqali kimnidir kulfatlar girdobiga tashlash mumkinmi?

Sehr-jodu orqali farzandi oʻldirilganligini aytayotgan ayol murojaati sabab yigʻildik bu gal!

Haqiqiy ilmli insonlarni jinkash, ilgir va folbinlardan qanday farqlash mumkin!

Sehr-jodu xozirgi zamonamizda mavjudmi?

Folbinlik qilgan va ularga ishonganlarga nisbatan dinimizning hukmi qattiq. Ammo nega bu faoliyatni yoʻlga qoʻyayotganlar hamon bor?

Juda dolzarb va manfaatli boʻlgan sonimizdan koʻp narsa olasiz. 22-23-noyabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@amirxon_umarov_shou
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
2 oylik chaqaloqni och qoldirib oʻldirilgani isbotini topadimi? Kuyov qaynotasini oʻgʻirlik qilganini ham aytyapti. Uning aytyotganlari qanchalik rost?

Qarshi tomon esa, kuyovidan norozi! Unga balogʻatga yetmagan qizni oʻgʻirlab ketish ayblovi qoʻyilgan!

Qudalar oʻrtasida ham katta janjal boʻlgan. Kelinning qarindosh-urugʻlari murojaatchining uyiga bostirib kelib, ularni jarohatlaganligi aytildi.

Erkak ayoli bilan yarashmoqchiligini aytdi. Ammo, oila kattalari bunga qarshi. Muammo qanday yechiladi, qoʻyilgan ayblovlar isbotini topadimi degan savolga 27-noyabr kuni 19:40 dan javob olishingiz mumkin!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
“Qoʻshnim meni ketmon bilan urib oʻldirmoqchi boʻldi” deyotgan ayolning muammolarini yechish uchun yigʻildik. Ammo aytilgan gaplar isbotini topdimi?

Har kunlik janjallarga nima sabab boʻladi?

Qoʻshni erkak ayolga tosh otib quvlaganini qanday izohlaydi?

Murojaatchilar mahalla raisidan ham norozi. “Rais uyimizga ataylab bezorilarni joʻnatadi” deyishyapti! Bu vaziyatdan mahalla raisi manfaatdormi?

Ikki qoʻshni oʻrtasidagi sovuqchilik yoʻqolishi uchun ekspertlar ancha mehnat qilishdi. Natijani 29-noyabr kuni 19:40da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShou | #My5tv | #Anons
Qoʻshnisi tomonidan erkak va uning ayoli tinimsiz doʻpposlanishi ortidan bu galgi sonimizni suratga oldik.

Murojaatchi ayolning aytishicha eri va yon qoʻshnisi birga tez-tez ziyofat qilishadi. Har gal qoʻshnisi erining mastligidan foydalanib uylaridan turli buyumlarni oʻmarib ketadi!

“Qoʻshnim 200 ming soʻm evaziga yaqin aloqada boʻlishni taklif qilgan” deyapti murojaatchi ayol. Bu qanchalik rost?

Qarshi tarafdagilar ham oʻz haqiqatlarini aytish uchun studiyaga kelishayotgandi. Ammo, ular birdan yoʻqolib qolishdi. Bunga sabab nima?

Bugun Mening Yurtim telekanalida soat 19:40 da o'tkazib yubormang!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_Umarov_shou
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
Maktab direktori va oʻqituvchi oʻrtasidagi muammo yechim topishi uchun harakat qilamiz bu gal!

Murojaatchining direktorga qoʻyayotgan ayblovlari oʻz isbotini topadimi?

Maktabning bir qismi rostan ham buzilgan! Ammo, oʻqituvchi aytganidek noqonuniymi? Jihozlar rostan ham sotib yuborilganmi?

“Ayblovlar yolgʻon” deyapti direktor. Unda nega uning oʻrin bosari 33 mln soʻm jarima toʻlagan?

Maktabda shu mojarolar sabab muhit buzilganligi aytilyapti. Qanday yechim beriladi vaziyatga. Barcha savollarga javob bor!
1-dekabr kuni 19:40da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
Buvi va nabira oʻrtasidagi janjalli sonimiz koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgandi. Bu gal esa farzandlari ham onasiga qarshi fikrlar bildirishdi.

Oilaning asablari charchaganini bilish qiyinmas. Bu xolatgacha kelib qolishiga sabab nima?

Ona oʻz qizi va nabiralarini yengiltabiatlikda ayblayapti! Bu vaziyat isbotini topadimi?

Nabira esa oʻz buvisi ba’zi buyumlarini oʻgʻirlaganini aytyapti! Bu qanchalik rost?

Ona-bolalar yarashishi uchun ekspertlar juda koʻp harakat qilishdi. Natijani 2-dekabr kuni 19:40da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:
@Amirxon_Umarov_shou
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
Raqqos yigitlar va doimiy kuzatuvchilarimiz oʻrtasidagi tortishuvlar yana davom etadi! Ammo bildirilayotgan fikrlar asoslimi?

Studiyamiz mehmonlaru bir-birini ayab oʻtirishmadi. Odatda madaniyat sohasi vakillari deb tariflanadiganlarning harakatini qanday baholaysiz?

Zamonaviylik yoki milliylik? Ijtimoiy tarmoqlarda ham mana shu savol atrofida muhokamalar koʻpaydi. Ammo raqsni ham mana shunday turlash kerakmi oʻzi?

Avvalgi dasturning mehmonlari yoniga boshqa raqqos yigitlar ham qoʻshilgan. Ularning haqiqati qanday?

Xoreografiya akademiyasining uztozlari ham studiyamizga kelishgan. Ularning fikrlari ham kutilmagan boʻldi!

Barchasini 6-dekabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovshousi | #My5tv | #Anons
Sa’dullayevlar oilasi bilan eksklyuziv suhbatni e’tiboringizga havola etamiz!

Ularning muhabbat tarixi spektaklda birga roʻl ijro etishganidan keyin boshlanganini koʻpchilik biladi. Ammo, birinchi dil izhori qanday va kim tomonidan boʻlganini faqat biz ochiqlaymiz!

Gulchehra Sa’dullayeva turmush oʻrtogʻidan nima uchun tarsaki yegan?

Fathulla Ma’sudov Lutfullayevlar oilasining katta kuyovi ekanligini bilarmidingiz? Ijodkorlar oilasi marhum aktyor haqida ham gapirishdi!

Yigitali va Muqaddas ham yulduzli juftliklardan biri. Ularning ham fikrlari sizni qiziqtirishi aniq!

“Qattiq non”ni tishlaganlar ruknimizdagi sonimizni 13-dekabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shou
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
Inson mahorati va qobilyatini namoyon qilishi uchun xohish kerak xolos! Agar unda katta muammolar boʻlsa ham intilishi ortidan katta natijaga erisha oladi. Huddi bu galgi qahramonlarimiz kabi!

Kichik jussali katta mahorat egalari bilan suhbatimiz juda qiziqarli boʻldi!

Boʻyi 50 sm dan balandroq yigitcha oyiga 10 ming $ topadi. Qanday qilib degan savolga javob olganmiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda makka_vines nomi bilan tanilgan Begzod ham studiyamizda mehmon. Uni yangitdan kashf qilasiz!

Hasan va Husan qoʻriqchilar koʻpchilikka tanish! Ular uylanish tarixi va farzandlari haqida qiziqarli voqealarni gapirishdi.

Juda yuqori kayfiyat bilan oʻtgan sonimizni 14-dekabr kuni 19:40 da tomosha qiling!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_umarov_shousi
👍4🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShousi | #My5tv | #Anons
- Ko‘rsatuvdan so‘ng ularning hayotida o‘zgarishlar bo‘ldimi?
- Ularning hozirgi ahvoli qanday va nimalar bilan band?
Tez kunda! Barchasini Mening Yurtim telekanali "Amirxon Umarov shou" sida bilib olasiz! O‘tkazib yubormang!
Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_Umarov_shou
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AmirxonUmarovShou | #My5tv | #Anons
Ayollar uchun libos tikuvchi erkak dizaynelarga jamiyatimizda qarashlar turlicha! Ular oʻzlari haqidagi fikrlarga qanday qarashadi?

Shou-biznes vakillari garderoblarini asosan erkak dizaynerlarning ishlari bilan toʻldirishadi. Ular ayol tikuvchilardan koʻra qobilyatliroqmi?

Studiyamiz mehmonlarining bitta koʻylagi 20 mln. soʻmgacha narxlanadi. Oylik daromadi qancha ularning?

Moda namoyishlarini uyushtirish uchun dizaynerlar turli muammolarga uchrashlarini yashirib oʻtirishmadi.

7-fevral kuni 18:00 da tomosha qilishingiz mumkin boʻlgan sonimizda moda olamidagi koʻplab masalalarga toʻxtalganmiz!

Bizning rasmiy telegram kanal:

@Amirxon_Umarov_Shou
👍15🎉2
Forwarded from MY5 TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soat 16:50 da Amirxon Umarov tok-shousini «Mening yurtim» 📺 oilaviy telekanalida tomosha qiling.

#my5tv #amirxonumarov #tokshou #anons #murojaat #yechim #muammo #tv #video
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 YouTubej
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥2