Iordaniya futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani shunday nishonladi. 10-iyun kuni biz ham shunga o‘xshash nishonlasak kerak.
O’sha vaqtda futbol federatsiyasiga rais bo’lgan, rahmatli Mirabror Usmonov saralashdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin: “JCHga chiqsak, bu tasodif bo‘lmasligi kerak. Mamlakat futbol xo‘jaligi termani JCH saralashlarida qolganlardan bir bosh ustun bo‘lishini ta’minlashi, yo‘llanmani olmay qolsak tasodif bo‘lishi kerak” degan edi.
O‘shanda bu gap juda ko‘p odamga yoqmagan, lekin eng to‘g‘risi shu edi. Doimo saralash matematika bilan boshlanib, haqoratlar bilan yakunlanar edi.
Bugun O‘zbekistonda o‘ylangan futbol xo‘jaligi yaratildi. Nafaqat futbol xo‘jaligi, uning atrofidagi muhim shartlar: davlatni futbolga munosabati, barqaror iqtisodiy asoslar, muxlislar birdamligi va asosiysi, ichki chempionatda adolatli raqobat muhiti shakllandi. To‘g‘ri, hali kutganimizdek mukammal emasdir, lekin natija, shu yo‘lda davom etishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda.
Bizni ham avvaldan yo‘llanmani naqd qilib, keyingi o‘yinlarni zavq uchun tomosha qiladigan kunlarimiz bor ekan.
Birinchi marta bo‘lgani uchun eyforiyadan qocha olmaymiz, to‘g‘ri, lekin do‘ppini yechib qo‘yib, hozirdan o‘ylashimiz kerak bo‘lgan ikkita masala bor: mundialda guruhdan chiqadigan jamoani qanday tayyorlaymiz va kelgusi saralashda tarkibimiz qanday bo‘ladi.
Timur Kapadzega ishonishda davom etish tarafdoriman, lekin Ranyeri yoki uning darajasida JCH tajribasi ko‘p bo‘lgan nafaqadagi otaxon murabbiylardan maslahatchi zarar qilmasa kerak.
Sport, ayniqsa futbol jamiyatdagi birdamlikni ko’rsatadigan ko’rsatkichlardan biri. O’zbekiston g‘alabani baland ovozda birgalikda nishonlay olganidek, muammolarni ham mustahkam birlikda yecha oladigan darajada o’zgarmoqda.
@alisherQodir

Telegram
Championat.asia
🎉 Иордания Жаҳон чемпионатига чиққанини шу тарзда нишонлади, Ўзбекистонда Қатар билан ўйинда ҳам шунга ўхшаш атмосфера гувоҳига айланишимизга шубҳа йўқ
@championatasia
@championatasia
👍64🔥16🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yagona chiqish yo‘limiz, bolalarimizga bog‘chadan boshlab o‘zini qadrlashni o‘rgatish, maktabdagi so‘nggi uch yilni avvalgi sakkiz yil tahlillari asosida ilmga, kasbga yoki hunarga qobiliyatidan kelib chiqib saralash va xalqaro standartlar darajasida raqobatga tayyorlashdir!
Tarbiya va ta’limdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmaydi ham!
@alisherQodir
Tarbiya va ta’limdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmaydi ham!
@alisherQodir
👍120🔥21😐5
Musulmon, nasroniy, yahudiy, dunyodagi barcha tinchliksevar xalqlar, adolatni kuchda deb hisoblamaydi.
Insoniyat dunyoni fitna-fasod makoniga aylantirib, begunoh o‘ldirilganlarga to‘ldirib tashlayotgan bir to’da masxaraboz maxluqlarga barcha uchun yagona Yaratgandan jazo kelishini duo qilib kutish bilan yetinmasdan, bundaylarga qarshi birlashishni ham o’rganishi lozim.
#adolatkuchdaemas
#justiceisnotinpower
#справедливостьневсиле

👍141🔥37🤔6😐6
O’zbekistonda islohotlar davom etadi. Davlatni qudratli, millatimizni farovon qilish uchun strategik maqsadlarga o’jarlik bilan, qanchalar qiyin bo’lmasin, bosqichma-bosqich erishiladi.
Dunyoda har kuni o’zgarayotgan realliklar, keskinlashib, urushlarga aylanib ketayotgan raqobat va yirik davlatlarning olib borayotgan ikki yuzli siyosati O’zbekiston oldiga yangi-yangi chaqiruvlar qo’ymoqda.
Odamlar yaxshiga tez ko’nikib, yomonni tez unutadilar. Atrofimizdagi inqirozlar savdo aloqalarimizga zarar berib, daromadimizni kamaytirayotgani, oqibatini bozorlar va odamlarning dasturxonida sezilmasligi uchun qilinayotgan mashaqqatli ishlarni albatta hamma ham ko’ravermaydi.
Masalan, yoz mavsumi uchun energiya iste’moli rejalanganidan 30 foizgacha ortib ketdi. Xonadonlarda elektromobildan konditsionergacha energiya iste’mol qiluvchi mulk 10 yil avvalgiga nisbatan 5 barobarga ortdi, bu yaxshi, turmush tarzini yaxshilanayotganidan dalolat. Lekin, alternativ energiya manbalaridan foydalanishga o’rganmasak, gaz yoqish hisobiga olinayotgan qimmat energiya qulaylikni qisqa vaqtda noqulaylikka aylantirib yuborishi mumkin.
Yoki, Isroil-Eron inqirozi oqibatida aviaqatnovlar masofasi 2-3 soatga uzaydi, xalqaro avtoyo’llar yopildi, eksport qiyinlashdi, import qimmatlashdi. Bu faqat uch kun ichida. Bir oy, yoki Rossiya-Ukraina inqirozidek yillab davom etsa, nima bo’ladi?
Nima qilish kerak? Ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlarimizni qo’llab-quvvatlash, resurslarni qadrlash bilan bir qatorda yagona xalq, birlashgan jamiyat sifatida muammolarni yechish yo’llarini topish va maqsadlarimizga erishishimiz kerak.
Bunday davrda rahbarlik birinchi navbatda mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Har bir rahbar avvalambor, bevosita vazifalarini yuqori samarali ijro qilishi, qoliplardan tashqari o’ylash va noan’anaviy, foydali qarorlar qabul qila olishi talab qilinmoqda.
Fraksiyani qo’shma majlisida masalani muhokama qildik. Barcha deputatlarimiz o’z hududlarida mahalliy deputatlar va faollarimiz bilan davlat dasturlari ijrosi, partiya saylovoldi dasturidagi maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun tashviqot va nazorat-tahlil ishlarini olib boradilar.
O’zbekiston taraqqiyotining burilish nuqtasida natija tarmoqlardagi boshqaruvning samarali harakati va to’g’ri qarorlariga bog’liq bo’ladi.

"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
🙏 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida islohotlar natijadorligiga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektordan kelib chiqqan holda "Milliy tiklanish" partiyasi Markaziy kengashi va fraksiyasining qo'shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda galdagi vazifalar belgilab…
🔥38👍29🤔2😐1
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Ufuk Ulutash bilan uchrashuv o‘tkazdik.
O’zbekiston va Turkiya orasidagi keng qamrovli strategik sheriklik o‘zaro manfaatli munosabatlar, xalqlarimiz orasidagi birodarlik va qondoshlik aloqalariga mustahkam tayanadi.
Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot g‘oyasini ilgari suradigan “Milliy tiklanish” partiyasi Yevroosiyo va Turkiy dunyoning yetakchi davlatlaridan hisoblanadigan qondosh Turkiya elchisiga mamlakatlarimiz o’rtasidagi aloqalarni har tomonlama rivojlantirish yo’lidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

👍72🔥16😐2
BMTning “Davlatlarning ichki ishlariga aralashishga yo'l qo'yilmasligi va ularning mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish to'g'risida”gi 2531-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan deklaratsiyaning “Har bir davlat o'zining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimini boshqa biron-bir davlatning aralashuvisiz tanlashning ajralmas huquqiga ega” degan xatboshiga qo’shimcha sifatida, tagiga chizib, alohida ajratib “Isroil va AQSh roziligi asosida” degan so’zlar qo’shib qo’yilishi kerak.
Ovozga qo’yish shart emas.
@alisherQodir
Ovozga qo’yish shart emas.
@alisherQodir
👍105🔥48🤔8😐5
Germaniyaning sobiq kansleri Merkel Rossiyani Ukrainaga hujumi bilan Isroilni Eronga hujumini bir-biriga o‘xshamas holatlar ekanini aytib, Isroilni Eronga hujumini oqladi.
Yevropa siyosatini ikkiyuzli ekanligiga yaqqol namuna!
Har ikki holatda atom bombasiga ega davlat faqat o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan asoslarda davlatchiligi uchun hayotiy xavf yaratadi deb hisoblagan qo‘shnisiga umume’tirof etilgan tartibni rad etib hujum qildi.
Yevropa foyda ko‘rayotgani uchun Isroilni yonida va Rossiyaning qarshisida!
Yevropa xalqlarida vijdon bor, juda ko‘p qismi haqiqatparvar insonlar, lekin siyosatchilari manfaat uchun ikkiyuzlik va vijdonsizlikni zarurat sifatida qabul qilgan, buni doimo ko‘zda tutish kerak.

DW
Меркель: Удары по Ирану нельзя сравнивать с войной в Украине
Воздушные атаки Израиля против Ирана не противоречат международному праву, заявила экс-канцлер Германии Ангела Меркель. По ее словам, Россия нарушила миропорядок, напав на Украину, так как та ей не угрожала.
👍77🔥17😐6🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg’ona Quvasoydamiz. Quvasoy ko’chalari to’liq quyosh energiyasi bilan yoritilmoqda. Quyosh energiyasi qulay va foydali ekanligiga yana bir bor ishondim.
Bu sohada bilib-bilmasdan qilingan xatolar hisobiga yo’qotilgan ishonch qaytarilishi kerak. Narxlar joyiga tushdi, iste’molchi sifatsiz, arzongarov panellarni ajratishni o’rgandi.
Davlat ishlab chiqargan 1 kilovatt energiyani aholiga 600 so’mga sotadi. Tannarxni qoplash uchun qolgan 400 so’m ham byudjetdan, yana o’zimizni pulimizdan qoplanadi.
Uyiga 20 kilovatlik quyosh paneli o’rnatgan deputatimiz energiya iste’molini to’liq qoplab, ortganini davlatga sotayotgani, daromadi hisobiga gaz iste’molini ham qoplayotganini aytdi. Hisobiga ko’ra, 1 kilovat energiya 200-230 so’mga tushmoqda.
Davlat idoralarini imkoni boricha quyosh panellaridan energiya olishga o’tkazish, aholini esa rag’batlantirish, moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kengaytirish lozim.

👍57🔥16🤔3
Siyosatda murosa va muvozanat - zarurat, OAVning murosasozligi esa to‘g‘rini dorga tortilishida arqonni ushlab turishdek gap.
Nafsi aksini talab qilib tursa ham, vaqti va joyini topib to‘g‘risini ayta oladiganlar noyob insonlardir. Bunday insonlar jamiyatning vijdoni sifatida asrab-avaylanishi zarur.
Matbuot va OAV hodimlarini kasb bayrami bilan tabriklayman.
Jasorat va farosat bilan to‘g‘rini himoya qila olgan har bir kuningiz bayramingizdir, aslida…

👍72🔥19😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijdagi ish o‘rni uchun kurashayotgan, davlatimizni qiynayotgan ishsizlik muammosini hal qilish uchun oilasidan uzoqda yurishdek yukka rozi bo‘layotgan qorako‘zlarimizni qarzga botirib, ko‘rsatgan ozgina ko‘magimiz uchun xizmat haqini oldindan undirib olish to‘g‘ri emas!
Masala Hukumat bilan muhokama qilinadi.
@alisherQodir
Masala Hukumat bilan muhokama qilinadi.
@alisherQodir
👍80🔥18🤔2😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu lavhani shanba va yakshanba kunlari “yonayotgan vazifalar” o’ylab topadigan “tinimbilmas fidoiy” boshliqlar va ishidan ayrilib qolmaslik uchun oilasini garovga qo’yib yuborgan xodim ota-onalar ko’rishsin.
Oila buzilsa, jamiyatni parokandalikdan hech qanday iqtisodiy o’sish saqlab qola olmaydi!
Qonunchilikda qat’iy qilib, shanba va yakshanbani oila kuni sifatida belgilash, bu kunlarda bolalar maktabga, ota-onalar ishga bormasligi kerak. Bu kunlarda ishlashi zarurat bo’lgan sohalarga ko’proq oylik va haftani boshqa kunlarida oilasi haqini qaytarib berish ko’zda tutilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, natijaga erishgan inson Stiv Jobsni qanoatiga ko’ra: “Natijaga erishish uchun 24 soat ishlash emas, aqlni ishlatish kerak”.

👍83🔥28😐3
Dunyoda ro’y berayotgan murakkab silkinishlar davrida O’zbekiston🇺🇿 va Ozarbayjon🇦🇿 davlat rahbarlari ikki qadrdon birodar sifatida, ikki qondosh turkiy xalqni birdam va bardavom, o’zaro manfaatli hamkorlikda rivojlanish namunasini ko’rsatishmoqda.
@alisherQodir
@alisherQodir
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Muzokaralar natijalari kelishuvlarda mustahkamlandi
Bok-u shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar.
👍71🔥19😐3
24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog’liq. Bu yerda nimadir noto’g’ri ishlayapti.
Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo’l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?
Qizilda o’tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo’yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur.
Davlat xizmat avtolariga alohida e’tiborni ta’qiqlash ham kechikkan qaror. Tartib hammaga bir bo’lish kerak.
40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish - juda to’g’ri taklif. Xatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham no’to’g’ri bo’lmaydi, deb o’ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo’lishi kerak.
Ichki ishlar tizimi xodimlarini tayyorlash bo’yicha tashabbus o’rinli va og’riqli muammo. Bu sohada ishini yaxshi biladigan, o’qigan, har tomonlama jamiyatga namuna bo’ladigan qorako’zlar ishlashi kerak, vazirlikdagi mansabdorning jiyan yoki hamqishloqlari emas. Jamiyat formadagi xodimlar bilan faxrlanishi kerak.
Tartib hayotiy zarurat, u hammaga kerak. Lekin cheklovlar va jazolarsiz tartibni ta’minlash mumkin emas.
Ochiq va tahliliy ruhda o’tgan yig’ilishda Davlat rahbari bilan tavsiya va tashabbuslarni muhokama qildik. Qonunlarni o’zgartirish bo’yicha maslahatlashuvlarni boshlaymiz.

Shavkat Mirziyoyev_press-service
Йўл ҳаракати қоидаларини сурункали равишда бузаётганларга нисбатан жавобгарлик чоралари кучайтирилади.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍84🔥13😐8🤔2
Bog’cha tarbiyachilari va maktab o’qituvchilari maxsus harbiy xizmatga askar tanlagandek tanlanmas va tayyorlanmas ekan, O’zbekistonda yoshlar bilan bog’liq muammolar tugamaydi.
Terrorist bir necha insonni hayotiga bugun zomin bo’lishi mumkin, qalban majruh va bolaga berahm tarbiyachi yoki o’qituvchi nafaqat bugun, butun ishlagan davrida bolalarni agressiv maxluqlarga aylantiradi va minglab insonlar, qolaversa mamlakat kelajagini xonavayron qilaveradi.

Gazeta.uz - Ўзбекистон янгиликлари
Олмазор туманидаги хусусий боғча тарбиячиси ўз вақтида ухламаган 2 ёшли болани оғзига чойшаб тиқиб азоблаган, тепган ва юзига урган. Бола олган жароҳатлари сабаб шифохонада вафот этган. Суд тарбиячини 6 йил 6 ойга озодликдан маҳрум қилди.
https://www.ga…
https://www.ga…
👍80🔥10🤔6😐6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi a’zolari Qonunchilik palatasining Yalpi majlislarida deyarli savol bermaydilar?
@alisherQodir
@alisherQodir
👍59🔥17😐11🤔2
Ishxona oldidagi qurt yeb bitirgan daraxtni oldirib tashlash uchun 1 yil qog’oz qildik, hamma bir-biriga soladi! Kesishga kelganlarni ko’rib yig’lashni ham kulishni ham bilmaysan, daraxt kesish emas, odamni dorga osishga kelishgandek…
Daraxt kesilmasin, degani, mutlaqo kesilmasin emas, zarur bo’lsa kesilishi mumkin, degani bo’lishi kerak!
Albatta, daraxt kerak, havo yetmayapti, lekin unutmaylik, daraxtni inson uchun asraymiz, insonni daraxt uchun emas!
Bu ketishda kelajak avlod dinini unutib daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa…
Daraxtni himoyasiga birlashgandek suv, yer, energoresurslar, oziq-ovqat va vaqt, qolaversa o’zligimizni isrofiga qarshi ham birlasha olsak edi!

🔥592👍564😐164🤔41
“Reklama to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, har qanday alkogolli ichimliklar reklamasi, alkogolli ichimliklar nomi, belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarda homiylik qilish taqiqlanadi.
Bu festivalni o’tkazgan va o’tkazishga ruxsat berganlar javobgarlikka tortilishi kerak.
@alisherQodir
Bu festivalni o’tkazgan va o’tkazishga ruxsat berganlar javobgarlikka tortilishi kerak.
@alisherQodir
Telegram
Qalampir.uz I расмий канал
Сиёсий партия вакили Тошкентда ўтган пиво фестивалини қоралади
Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/121777
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/121777
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
👍580🔥516😐17🤔3
2 yoshli bog’cha bolasining o‘limiga sabab bo‘lgan tarbiyachi ayolga 6 yil qamoq!
Jinoyat kodeksining 50-moddasiga muvofiq, jinoyatchi faqat ayol bo‘lgani uchun jazo muddatining 3 dan 2 qismi belgilanadi.
E’tibor bering, har qanday ayol, har qanday jinoyat uchun, hatto qasddan odam o‘ldirgan, buni takroran qilgan xavfli retsidivist bo‘lsa ham, shu moddaga muvofiq, jazo muddatining 3 dan 2 qismi beriladi.
Jinoyatni rag‘batlantirishdek insoniylik! Balki shu sabab ayollar orasida jinoyatchilik oshib borayotgandir…
Qonunni mutaxassislar bilan muhokama qilmoqchimiz.
Shu bilan birga tarbiya-ta’lim muassasalaridagi faoliyatni og’ir ekanligidan kelib chiqib, pensiya yoshini 50 yoshgacha qisqartirish, pensionerlarni bolalar bilan bevosita ishlashini cheklash haqida o‘ylashimiz kerak.
Bu bolalar xavfsizligi uchun zarurat, shu bilan birga, sohada qon almashinuvini tezlatish, tarbiya va ta’limga zamonaviy qarashlarni tezroq kirishi uchun ham kerak.

🔥68👍43🤔8