Alibek Anvariy
658 subscribers
201 photos
71 videos
2 files
422 links
O‘zimdan yomonini ko‘rmadim.
Kubro
Download Telegram
Forwarded from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI (Xurshid Davron)
Яқинда тақдимоти бўлиб ўтган "Тил ва Адабиёт таълими" журналида эълон этилган ( 1/2025) таниқли адабиётшунос олим Олим Тошбоевнинг Хуршид Даврон ижодига бағишланган "Ёруғликка қасида" мақоласи билан танишинг. https://kh-davron.uz/ijod/adib/olim-toshboyev-yoruglikka-qasida.html
👍12
​​“Ф”


Бўсағага яқин келди бир соя.
Бир товуш устма-уст сирғалди: “лаб-тиш”.
Мангу таомилга этиб риоя,
Мулозим ва кўппак бошлади тафтиш.

Кимсанинг ёнидан қулоқ топилди,
Қулоқчинлари ҳам – ашёвий далил!
У тағин дўғланди, яна қопилди...
“Булар эшитмайди! Йиртилган... ҳарир...”

Кимсанинг ёнидан чиқди бир жуфт кўз,
Мулозим кафтини унга силкитди:
– Кўрмайди!..
(Овоздан сесканди Тўрткўз)
Ва икки соққани четга ирғитди...

Кимсанинг ёнидан чиқди: бурун, тил –
Гарчи билмаса-да муҳит ҳидини;
ё фарқ сезмаса-да луқмани тотиб –
Чиркис айлантирди давлат итини.

– “Хавф”, “хавф”... – калта ҳурди ҳориган кўппак.
Мулозим чайқади яна бошини.
Кимса қўзғатмади – нақ темир-терсак –
Бўсаға ёнида қолган лошини.

Шеър битди.
Кимсалар пайқаган эмас:
“Нега бунча ваҳм?
Нечун бу тафтиш?!”
Бир товуш устма-уст сирғалар, тинмас:
“лаб-тиш”...


Алибек Анварий

июн, 2025 й.
👏1365🔥2👍1🤗1
⚜️TAKLIFNOMA⚜️

Hurmatli ADABIYOT MUXLISLARI!

Sizni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, otashnafas shoir Azim SUYUNning "TANLANGAN ASARLAR" i va adabiyotshunos olim Qozoqboy YO‘LDOSHning “AZIM SUYUN shaxsiyati va ijodiy qiyofasiga chizgilar” nomli kitobi taqdimotiga, hamda fotograf Ahmad TO‘RAning “KO‘NGIL KENGLIKLARI BO‘YLAB" nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasiga taklif etamiz.

20-iyun, soat 16:00 da

📍 Manzil:O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ⓜ️ "Milliy bog'" metro bekati

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥9
"Turk ulusining eng ulkan yanglishi — arab odatini din sanashidir".

Aziz SANJAR,
turk bioximik-olimi,
Nobel mukofoti sovrindori.
21🔥134😢4👍2👎1
​​▫️▫️▫️


Do‘mbira. Ifoda. Iztirob. Ko‘prik.
Sezyapman, og‘riqdan etmassan judo.
Meni tugamoqqa ko‘ndirgan kiprik,
Meni boshlamoqqa so‘z bergan dudoq.

Tugashdan qo‘rqmayman, chunki u barhaq,
Bor-yo‘q kalomim shu. So‘zlayin neni?
Lekin... u dunyo-yu, bu dunyo — har vaqt,
Qaytadan boshlanish cho‘chitar meni.


Alibek Anvariy
15🔥10👍4
​​ASL BASHARA


O‘zingni ko‘rsatasan,
qizlarning oldida,
baland-u pastlarning yonida,
do‘stlarning yonida,
Vatanning huzurida...
O‘tmishga qaraysan niqob taqib,
kelajakka,
qiblaga,
xudoga qaraysan niqobda...

senga emas,
niqobga qarayotganini 
sezmaydi onang,
senga emas, 
niqobga o‘xshayotganini 
bilmaydi bolang...

Niqob – quvur!
Uni kafting bilan yopasan,
kafting bosimni tutib turadi

tog‘ o‘sgani,
barmoq izlari kengaygani,
yurak qisqargani,
umr qisqargani sari
quvur diametri kattaradi

bu yog‘i yillar:
bosim, 
      bosim, 
        bosim,
shiddat, 
       muddat, 
                hiddat...

Quvurni ko‘ksing bilan yopasan!

Yuragingga tiraladi quvur,
quloching, quchog‘ing
kengayayotgan quvurni yopishga tirmashar
bir to‘p tipratikan misol
taranglikda...
aranglikda...

Niqob – quvur!

O‘zingni ko‘rsatasan,
ko‘ksingdagi chandiq-u
izlarning oldida,
ko‘z aksingdagi qanjiq-u
qizlarning oldida,
shoir bo‘lsang,
so‘zlarning oldida...

Endi quvurni 
a’zoyi badaning bilan yopasan!

A’zoyi badaning Nuhning teshik 
kemasiga kulcha bo‘lgan ilonday  
chirmashadi, o‘rnashadi:
bosim,
bosim,
bosim...
o‘lguday moslashasan, 
Cho‘lpon aytganiday
kishanlar bilan do‘stlashasan!

Niqob – quvur!
Quvur kattarib ketaveradi...

Badaning kichrayib...
so‘zlashlaring kichrayadi,
osmonni ko‘zlashlaring,
shoir bo‘lsang,
bo‘zlashlaring...

Quvurni ruhing bilan yopasan!

Quvur kengayaveradi,

Bosim kuchayaveradi!
Ana shunda
bosimga chidolmay
quvurdan
sachrab
yuboradi
asl basharang...


@Alibek_Anvariy
🔥8👍652
بخوان برایم | Sing For Me
Ghawgha | غَوغا
بخوان برایم محمّد،
می‌خواهم برگردم؛
از درّه سرازیر شوم،
روبه‌رویم گندم باشد،
درختانِ زردآلو و گل‌های خشخاش.
بخوان برایم محمّد،
می‌خواهم برگردم.

به آینه نگاه کردم
و به چشمان بادامی
که مرا از صف نانوایی بیرون می‌کرد.

بخوان برایم محمّد تا از یاد نبرم
محلّه‌ی فقیرمان را که من از بردن نامش شرم داشتم،
ده متری افغانی‌ها،
ده متری قرض و غم،
نامه‌ی تردّد و اردوگاه،
کولی‌ها و بلوچ‌ها.

«هی، افغانی! حواست رو جمع کن، اینجا جات نیست.»

بخوان برایم محمّد، می‌خواهم پیدات کنم؛
از میان گورهای دسته‌جمعی
می‌خواهم پیدات کنم.

بخوان برایم محمّد تا از یاد نبرم.
بخوان برایم محمّد، می‌خواهم برگردم.
بلند بخوان، محمّد! می‌خواهم پیدایت کنم.

شعر: الیاس علوی


اجرای زنده‌ی قاف/ زمستان ۱۴۰۳
@ghawghataban
🔥72
​​▫️▫️▫️


​​Ko‘zlarimdan sog‘inchday oqma,
So‘z so‘rama, menday yo‘qsildan.
Аvvalgiday termilib boqma,
Yong‘in sodir etma ko‘ksimda.

Аvvalgiday urmas yuragim –
Mudofaaga yaramay qolgan;
Lablaringmi?
Yo‘q-yo‘q keragi...
Keragi yo‘q!
Lablarim o‘lgan!


@Alibek_Anvariy
🔥15😢86👍32
САФАР

Йўлга чиқдим,
хайр истибдод,
Сафар ичра сафардир бу йўл.
Ҳайиқмадим хатарми, хато,
Йиқилсам ҳам зафардир бу йўл.

Оёқ-қўлим чирмаган арқон
Тишлаб-тишлаб узмоқ лаззати -
Воҳ!
Алишмам дуру гавҳарга
Лабларим қон ўша лаҳзани.

Асъасаю вос-восни суяр,
Дунё бозор - тўполон, ур-сол.
Қаддимга боқ - мискин, қоқсуяк,
Енголмадинг сен мени қурсоқ.

Мана, бору йўғимни жамлаб
Йўлга чиқдим, Аллоҳу Акбар!
Нон йўқ, сув йўқ сафархалтамда
Сўз бор,
Ишқ бор,
Ғолиб юрак бор.

Нурмуҳаммад АЗИЗ

https://t.iss.one/zarif_gussa/1
👍8🔥43❤‍🔥2
Ketaman...
A. A.
"...Bir martaga poklanar qalbing."

🎙 @Elmira_Muxtor
@Alibek_Anvariy
4🔥4👍2😢1
Forwarded from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI (Xurshid Davron)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2-chi maxsus sonida Usmon Azim hayoti va ijodi haqida

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2-chi maxsus soni haqidagi to‘liq suhbat: https://www.youtube.com/watch?v=wROFK8WZIgw&t=3354s
9🔥6😐2
XURSHID DAVRON KUTUBXONASI
"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2-chi maxsus sonida Usmon Azim hayoti va ijodi haqida "Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2-chi maxsus soni haqidagi to‘liq suhbat: https://www.youtube.com/watch?v=wROFK8WZIgw&t=3354s
"Til va adabiyot taʼlimi" jurnali so‘rovi bilan "Usmon Azim manzaralari" nomli maqolam chop etildi. Ko‘rsatuvdan parcha shu haqida. Tashabbuskor jurnalist akam Komiljon Niyozovga hamda Akmal og‘a va Otabekka rahmat.
👍178😐3🙈2
👍12❤‍🔥6🔥3👏3
​​​​​​HAYDALISH

Nish uradi ko‘hna danaging,
Onang seni dunyoga haydaydi.
Chirmaladi murg‘ak badaning,
Shunda ilk bor alla aldaydi...
Yo'rg‘alaysan, turasan qushday,
Izlaringni o‘par mo‘rchalar.
Yulduzlarni ilg‘aysan tushday,
Ertak aytar qari kechalar...
Maroq olar jajji xayoling,
Quvg‘in qilar cho‘pchakdan uyqi.
Kech anglaysan: eski dunyoning
Ertaklarda qolmagan haqqi.
Maktabga boradi badaning,
Uyga haydar uni saboqlar.
Uy ko‘chaga quvlar qadaming,
Shu ketgancha qaytmas, yiroqlar...
Qaylardadir tanang izg‘iydi,
Tirar uni yolg‘on yelkalar.
Ko‘z yoshlaring selgib mizg‘iydi –
Eng ulgurji lablar erkalar.
Shu edimi odamning qadri?!
Zehning sergak tortadi birdan.
Va jannatdan haydalgan kabi
Haydalasan restoranlardan.
Ko‘chalarga toshday uloqar,
Bir chaqasiz oshiq badaning –
So‘ng mast-alast sigaret yoqar,
Tutun ichra yaxlar odiming...
She'r bo'ladi anduh nafasi,
Yov yoprilar pastak ismingga.
Suluvlarning kelar havasi,
Shoir, degan tansiz qismingga.
Taqvimlarning qarg‘ishi bilan
Lahzalaring jazosin topar:
Yolg‘on dunyo maoshi bilan
Yoshligingning og‘zini yopar!
Bosh egmaysan bu rusumlarga,
“Ko‘ngin!”, deydi hammasi: “Ko‘ngin!..”
So‘ng sintetik tabassumlarga,
Duch keladi nazaring horg‘in...
Tutunlari quvg‘indi o‘pkang,
Gul isini tuyar abadning.
Xotiningni, bolangni o‘psang,
Og‘riqlari og‘rir hayotning.
Uy bozorga haydaydi. Bozor 
Yemish ilib uyga quvar-o!
Dunyo sarqit tanangdan bezor,
Jisming yurtda – quvg‘in fuqaro!
Jigarlaring bosib bag‘riga,
Bir zum o‘tmay to‘shini tortsa – 
Mo‘ltiraysan dunyolariga,
Ruhing bo‘rtsa, yuraging turtsa...
Ko‘pni ko‘rgan qorachig‘ingdan,
Haydaladi umidvor nuring.
Soniyalar oralig‘ida
“Qars” sinadi kurashchan umring.
Gorizontal olam surobing
So‘nggi yo‘lda tortgani zamon.
Ora kirar Ona-Tuprog‘ing,
Haydamaydi seni hech qachon! 


Alibek Anvariy
🔥157👍4
U dunyoga borgan odamning ilk interviyusi
<unknown>
U DUNYOGA O‘TGAN
ODAMNING ILK INTERVYUSI



Alibek Anvariy

🎙 Umid Abduhakimov
❤‍🔥3
​​У ДУНЁГА ЎТГАН ОДАМНИНГ
ИЛК ИНТЕРВЮСИ

– Таассуротларингиз, – деб сўради
“Дўзах тонги” газетаси мухбири қиррайиб.
– Яратганнинг инояти ва яратилган шарт-шароитлар туфайли муваффақиятли ўлдим!
(“Ё, Худо!.. Бу ҳам маддоҳ экан”
– деб ўйлади мухбир.)
Жуда осон ўлдим!
Жуда енгил келдим!
Қудуқдан тортилган бир челак сувдай
жоним чиқиб кетди буюк ҳаворга...
Вассалом!
Бўлар экан-ку!..
Бари ортда қолди!
Бари!
Бари!..
Қўрқув, хушомадгўйлик,
Ўй-хаёллар... Умримни эговлаган иш!
Кўнгилни улаб-қулаб яшаш...
Жирканч жамият...
Адолатсизликлар...
Одамларни алдаш...
Мени гўрга тиққан душманларим...
Томошабин дўстларим...
Хотин, бола-чақа...
То қиёмат одам бўлмайдиган қавмим...
Ватан...
Дарвоқе, аждодларимни қаердан топсам бўлади?
Уларнинг қаердалигини билмайсизми?
– Аждод-паждод йўқ бу ерда...
Нега ўлганингиз ҳақида икки оғиз...
– Олло билади...
– Жисмингизга ачинмайсизми?
– У иркитга ит ачинсин!
– Авлодларингиз тақдири қизиқтирадими?
– Тўрт-беш пуштдан сўнг унутиламан,
Омон бўлишсин!
– Энди нима иш қиласиз бу дунёда?
– Мигрантлик қилсам керак... Дўзахга бориб...
(“Ё, Худо!.. Бу ҳам аҳмоқ экан”
– деб ўйлади мухбир.)
– Ўлим ҳақида гапиринг...
– Келишим керак бўлган манзил у!
Барибир келаман!
– Ҳаёт ҳақида гапиринг...
– Ҳаёт...
(Киприклари пирпиради...
“Тавба, бу дунёда ҳам
кўз ёш бор экан-да!” – деб ўйлади “янги меҳмон”)
Ҳаёт...
эҳ-е-е...
у нималар қилмади...
Лекин... Оғриқларим ҳаққи!
Барибир
ҳаётни
севаман!


@Alibek_Anvariy
15👍4🔥4
​​"ANQARA JANGI"


Javlon Jadidga!

Tug‘lar to‘lqinlandi. Saflar toraydi.
Sovutlar og‘rindi. Tulporlar hurkdi.
Tig‘day yaraqlagan asr qoraydi:
Turk ko‘rdi — ufqqa aylangan turkni!

Olatasir edi dunyoyi janda...
Asir edi Sulton Yildirim purg‘am.
Qaytarkan sezmadi... ana shu jangda
Mag‘lub bo‘lganini Sohibqiron ham.


Alibek Anvariy
🔥153👍3
Forwarded from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI (Xurshid Davron)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TARADDUT
  Alibek Anvariy she'ri
Elmira Muxtor o‘qigan
🔥112👍2
Forwarded from Nodir kutub
Усмон Носир (1912-1944) 1937 йил майда Москвада ўтказилган Ўзбек санъати декадаси қатнашчиси

P.S.Орадан 2 ой ўтиб (13 июльда) қамоққа олинган.

Сурат "Литературная газета"нинг 1937 йил № 27 (663) 20 май сонидан олинди.

https://t.iss.one/nodir_kutub
😢4🙏4🔥2
КЕЛСАНГИЗ...


Шусиз ҳам бормаслар кўплар фаҳмига,
Куч берманг, келар чоқ зинҳор лаҳимга.

Хизр бўлсангиз ҳам мўридан келманг,
Ёки ертўланинг қаъридан келманг.

Йўл тортманг! Минг танга – сичқоннинг ини!
Келишга арзимас тўк суққич қини.

Деразадан ошиб келиш келишми?
Оқовадан тошиб келиш келишми?

Гаp шундай бўларкан, боқмасман, тамом!
Келса-да, Азроил алайҳиссалом.

Худо хайрингизни берсин, биродар,
Эшикдан келингиз, келсангиз агар!


Алибек Анварий


июл, 2025 й.
5👍4🤗2