“Аkademnashr” nashriyoti
6.4K subscribers
2.21K photos
347 videos
30 files
2.7K links
“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.iss.one/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.iss.one/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Download Telegram
#bolalar_adabiyoti

📚 «Tarbiya soati»

Bolalarning dunyoqarashini boyitishda ertaklar ota-onalarning ishonchli do'sti, hammaslagidir.

Chunki kichkintoylar ertaklardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali yaxshilik va yomonlikni farqlay boshlaydi, tabiatga, yaqinlariga mehrli bo'lishni o'rganadi.

Mazkur kitoblar farzandingizning sevimli yo'ldoshiga aylanadi degan umiddamiz.

Umumiy narxi: 15 000 so‘m
Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
​​#bolalar_adabiyoti

📚 «Men maktabga boraman»

Kitoblar ota-onalarning mustaqil tarzda bolalarini maktabga tayorlashda foydalanishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, dars mashg'ulotlarini tuzishda katta yoshdagilarning yordami ko'zda tutilgan.

Shuningdek, mavzular ilk savodxonlik saboqlarini olayotgan bolalarning fikrlash darajasi va qiziqishlarini inobatga olgan holda tayyorlanib, bo'limlarga ajratilgan.

Kitob bolaga nutq tovushlarini farqlash, harflarni tanish va qo'shib o'qish, o'z fikrini mustaqil bayon etish, turli predmetlar shaklini aniqlash, ularni o'zaro taqqoslash va tasniflash, mantiqiy fikrlash, matematik bilimlarini kundalik hayotda qo'llash kabilarni o'rgatadi.

Mavzu va topshiriqlarga doir rasmlar esa bolaga mavzuni osonlik bilan tushuntirishda ota-onalarga qo'l keladi.

Narxi: 14 000 so‘m
Xarid: @akademsavdo

👉 @akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
​​#bolalar_adabiyoti

📚 «O‘RMОN BОG‘CHАSI»

- she’rlar
- topishmoqlar
- tezaytishlar

Bola tarbiyasida, uning dunyoqarashini shakllantirish va boyitishda, shubhasiz, badiiy adabiyotning o‘rni katta. Ayniqsa, bola tiliga mos she’r, topishmoq va tezaytishlarni yod olish va takrorlash kichkintoy xotirasini charxlaydi, nutqini ravonlashtiradi, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatadi.

Kitob aynan mana shu ehtiyojni inobatga olgan holda tuzilgan. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlangan bu mo‘jaz guldasta, shuningdek, ota-onalar, bog‘cha tarbiyachilari va boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilariga ham bolalar bilan ishlashda qo‘l keladi.

Narxi: 8 000 so‘m
Xarid: @akademsavdo

Obuna bo‘ling: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
​​#yangi_nashr #bolalar_adabiyoti

Yosh kitobxonlar uchun yilning ilk tuhfasi 😍

📘 «Buvamning oshqozonidagi mamlakat»

Kitobda Bahodir va Baxtiyor ismli bolakaylarning ajoyib-u, g‘aroyib sarguzashtlari haqida so‘z boradi. Bir-biridan qiziq voqealar sizni o‘ziga rom etibgina qolmay, his-hayajonga tushiradi. Mulohaza qilishga undaydi.

Qahramonlar kulsa kulasiz, yig‘lasa, qayg‘usiga sherik bo‘lasiz. Haqiqiy asarning belgisi shundadir, balki.

Qobiljon Shermatov: «Men bu kitobimni popka ko‘targan hamma bolalarga bag‘ishlab yozdim. Ehtimol, u bola popkasini yelkadan qo‘yganiga ancha zamonlar bo‘lgandir. Lekin umrida popka tutganmi, tamom, demak, unga ham taalluqli».

Muallif: Qobiljon Shermatov
Janr: qissa; bolalar adabiyoti
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet
Narxi: 60 000 so‘m
Xarid: t.iss.one/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

▪️Kuzatib boring: t.iss.one/akademnashr
#kitobdan #bolalar_adabiyoti

— Unda, olamingizdagi bolalar
oʻyinning zoʻrini bilishmas ekan! – qoʻshildi Baxtiyor. – Ha, kompyuter o‘yinlarini so'rab, mazza qilib oʻynashsa boʻlmaydimi, oʻzing oʻylagin, Bahodir, o'yin pultini olib, kukuruzdan ermak qilib futbol o'ynashdan yoki bezorilarni urishdan qiziqroq ish bormi!?

Nurbek aka xiyol kulimsirab turgach, Baxtiyorning yelkasiga qoqdi:

— Bizda bunaqa niyatli birorta ham bola yoʻq, ukaginam. Bizning oʻlkadagi bolalar bir daqiqasini ham bekor ketkazishmaydi. Bizning dunyoda eng qoloq bola ham kuniga ikkita kitob varaqlaydi. A'lochilar-ku uyini kutubxona qilib yuborishgan. Maktablarimizda esa yuzta fandan dars oʻtiladi. Oʻquvchilar oʻn yil ichida hammasini oʻzlashtirib, yoppasiga bir marta imtihon topshirishadi. Agar bitta fandan yiqilishsa, yana bir yil qayta tayyorlanishadi...

📘«Buvamning oshqozonidagi mamlakat»

Muallif: Qobiljon Shermatov
Xarid: @akademsavdo

📚 @akademnashr

👉 Rasmiy sahifalarimiz: linktr.ee/akademnashr
​​#bolalar_adabiyoti #parcha

Qizaloqning gapidan esankirab, fe'lim buzildi:

- Nima, meni poraxo'r demoqchimisiz?
- Ha!
- Odam bitta konfetgayam poraxo'r bo'lib qolarkanmi?!
- Ha! - koʻzini kitobdan uzmasdan boshqalarga sezdirmasdan javob berdi qizaloq.
- Xo'sh, agar pora bersam, nima ahvolga tushaman? - qiziqdim yana.

- Bizda pora bergan qo'ldan xuddi maymunnikiday jun oʻsib chiqadi. Keyin uni yuz marta qirsa ham, baribir, yo'qolmaydi. So'ng u odam umrining oxirigacha hammaga masxara boʻlib yuradi, birov bilan so'rasholmaydi. Hamma bilan ovqat-lana olmaydi. Nuqul qo'lini cho'ntagiga tiqib, chekka-chekkalarda kalamushday biqinib yuradi.

Xuddi hozir qo'limdan jun o'sib chiqadiganday xavfsirab, yana so'radim:

- Pora olgan qoʻlga-chi, unga nima bo'ladi?
- Pora olgan qoʻl esa xuddi o'rik qoqisiga o'xshab bujmayib qoladi, - davom etdi qizaloq. - Biz tomonda bitta shunaqa odam yashaydi, yoshi katta. Aytishlaricha, u oldin amaldor bo'lgan ekan. Yigitligida bir kampirdan bilmasdan pora olib qo'yib, qoʻli tirishib, judayam xunuk holga kelib qolibdi. Oʻsha odam doim qo'liga qo'lqop taqib yuradi...

📘 BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT

—————————
📍 Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
🛒 Xarid: t.iss.one/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
#sotuvda

📘 MUSHUKLAR MALIKASI MINUSH

Muallif
: Anni Shmidt
Narxi: 50 000 so‘m

@akademnashr | #bolalar_adabiyoti
Yurak shahrining toʻylari

***
    
Yurak shahrida to‘ylar boshqacha o‘tkazilar ekan. Qanaqa deysizmi, to‘y uchun kelin-kuyov hashamdor kiyimlar kiyib olishadi-ku, bu yerda o‘sha liboslar kelin-kuyovning ota-onasiga kiydirilarkan.

Qaynotalar kostyum-shim, qaynonalar shoyi ko‘ylaklar, ipak ro‘mollar bilan bezanib olisharkan. Kelin-kuyov esa o‘rtamiyona kiyinar ekan. To‘yga odamlar aytilib, xuddi shunga yarasha taomlar pishirilar ekan. Ya’ni umuman isrofga yo‘l qoʻyilmas ekan.

To‘yning eng qiziqarli joyi shuki, ovqatlanib, kelin-kuyovga duolar qilib, o‘rnidan turgan har bir mehmonga bittadan kitob sovg‘a qilinarkan.

Ha, bu olamda to‘yboshilarga odamlar bizdagiga o‘xshab: «Nechta konyak olding? Vinolar yetarlichami?» – deyishmas, aksincha: «Nechta kitob olding? Kitoblar yetarlichami?» – deb so‘rashar ekan.

Mehmonlar kimligi oldindan aniq bo‘lgani uchun ularga yoshiga mos adabiyotlar topib qo‘yilarkan..

📘 BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT

Xarid: t.iss.one/akademsavdo

📚 @akademnashr | #bolalar_adabiyoti
#sotuvda
#bolalar_adabiyoti

CHUMOLI VOQEASI

“Odamlarda Qurʼoni karim deb nomlangan kitob bor. Unda “Chumoli” deb nomlangan sura bor. Unda biz haqimizda qiziq voqealar yozilgan. Shunday boʻladiki, Sulaymon alayhissalom oʻz lashkarlari bilan chumolilar vodiysidan oʻtadigan boʻlib qoladi. Buni bilib qolgan ajdodimiz Mundir ismli chumolilar podshohi: “Ey chumolilar, uyalaringizga kiringlar, Sulaymonning askarlari bilmasdan sizlarni oyoqlari bilan ezmasin” – deydi. Sulaymon paygʻambar chumolining ovozini eshitib, tabassum qiladi.
– Ustoz, – debdi Nayzatish muallimning soʻzini boʻlib, – Sulaymon paygʻambar odam boʻlsa, bizning tilimizni qayerdan biladi?
– Yaxshi savol, boʻlmasa, gapimni boʻlganing uchun jazolagan boʻlardim, debdi ustoz. Va javob beribdi...”

Sizning ham gapingizni boʻladiganlar bormi? Ularga qanday jazo berasiz?😉

📘Davomini Erkin Malikning
Chumolilar saltanati” asaridan oʻqishingiz mumkin 😉

Narxi:
Qattiq muqova: 45 000 soʻm
Yumshoq muqova: 35 000 soʻm

🛒Xarid:
@akademsavdo

📚 @akademnashr
#masal

Ilonning Boshi va Dumi


Ilonning Boshi bor, ham bordir Dumi,
Dum Bosh-la talashib dedi bir kuni:
«Doim o‘z ketidan sudrab yurar Bosh,
Cho‘l-u qirlar bormi, bormi tog‘-u tosh,
Bas, endi unga qul bo‘lganim yetar», –
Deya Dum Boshni yetaklab ketar,
Ammo borolmadi uncha uzoqqa,
Qulagancha tushdi chuqur puchmoqqa.

Mabodo qayerda boshlab yursa Dum,
Bilingki, halokat tayyor o‘sha zum.

📘 JAN LAFONTEN: «BO‘RI BILAN QO‘ZICHOQ» | MASALLAR

Muqova: yumshoq
Hajmi: 224 b.
Narxi: 20 000 so'm
Xarid: t.iss.one/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘 @akademnashr | #bolalar_adabiyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Mushuklar malikasi Minush" asari asosida ishlangan film

"Minush xonim" filmi rejissor Vinsent Bal tomonidan Anni Shmidtning "Mushuklar malikasi Minush" asari asosida suratga olingan. Film premyerasi 2001-yil 6-dekabrda bo'lib o'tgan. Kinokartina byudjeti 5.32 mln yevroni tashkil etgan.

Filmda Minush rolini aktrisa Karis van Xauten, Tibbe rolini esa aktyor Teo Maassen ijro etishgan. Shuningdek, "Eng yaxshi badiiy film" va "Eng yaxshi ayol roli" uchun Niderlandiya kino festivalining "Oltin buzoq" mukofotiga loyiq ko'rilgan.

Xarid: t.iss.one/akademsavdo

📘 @akademnashr | #bolalar_adabiyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_nashr
#bolalar_adabiyoti

📘 Tolqonbotir

(yoxud paqir kiygan ritsar)

Qishki ta'til arafasida bolajonlar uchun ajoyib tuhfa 😍

📖 Kunlarning birida Oftobiston degan mamlakatni Shavlashoh ismli zolim podshoh egallab, xalqini itday talaydi. Yurtda ocharchilik boshlanadi. Mana shunday qiyin vaziyatda to'satdan Tolqonbotir ismli paqir kiygan ritsar paydo bo'lib, kelgindilar poytaxti Huzuroviya sari yo'lga ravona bo'ladi.

Shunday qilib, u o'z yalovbardorlari hamrohligida ajoyib-u g'aroyib, kulgili sarguzashtlarni boshdan kechiradi.

Muallif: Qobiljon Shermatov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 272 bet
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.iss.one/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_nashr
#bolalar_adabiyoti

📘 O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi

Fantastik qissa

📖 Kitobda ukasini o‘ynatishdan bezillab, sirli sandiqqa bilmasdan berkinib olgandan so‘ng juda og‘ir va qiziqarli kunlarni boshidan kechirgan O‘tkirjon haqida hikoya qilinadi. Eng muhimi, uni hayrat bilan o‘qiysiz, hayajon bilan o‘qiysiz, «Ishqilib, tugab qolmasaydi», – deb o‘qiysiz.

Ushbu bitiklar qatida sizni va farzandingizni shunday foydalar va qiziqdan qiziq sarguzashtlar kutib turibdi.

Muallif: Qobiljon Shermatov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 192 bet, rangli
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.iss.one/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM