YURIDIK TEXNIKUMLAR
2K subscribers
12.5K photos
826 videos
45 files
4.64K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov e’lon qiladi.

⚠️ Tanlovning maqsadi mustaqillikning 30 yilligini munosib nishonlash maqsadida aholining Vatan tuyg‘usini yanada yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

📲 Tanlovga ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan ijodiy ish namunalari (rasm, she’r, 3 daqiqadan oshmagan videorolik)ni joriy yilning 12-20 avgust sanasiga qadar yuborishi mumkin (yuboriladigan manzil qo‘shimcha e’lon qilinadi).

➡️ Tanlov shartlari haqida batafsil (https://telegra.ph/Tanlov-shartlari-08-09).

🎉 Tanlov g‘oliblari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Ijodiy tanlovda qatnashing va g‘olib bo‘ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Diqqat_tanlov

📣 “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi

📌 Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov ushbu taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish boʻyicha ommalashtirish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

📂 Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichdan iborat bo‘lgan ikki bosqichda oʻtkaziladi.

🎁 Tanlov gʻoliblari adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/Adliya_yuridik_texnikum
#Diqqat_tanlov

⚡️“Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

🔹Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy va professional taʼlim muassasalari talabalari uchun tanlov eʼlon qilinmoqda.

🔹Tanlovning saralash bosqichiga 2022-yil 24-may kuni start beriladi va internet tarmogʻidagi www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 31-mayga qadar davom etadi.

🔹Tanlovning saralash bosqichi test shaklida boʻladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim.

💻Buning uchun www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, roʻyxatdan oʻtish va testdagi savollarga javob berishi kifoya.

🔹Tanlovning Respublika bosqichi ogʻzaki savol-javob tarzida tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.

📌Batafsil...

✔️Shoshiling tanlov g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram | • Facebook
#Diqqat_tanlov

⚡️“Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

🔹Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy va professional taʼlim muassasalari talabalari uchun tanlov eʼlon qilinmoqda.

🔹Tanlovning saralash bosqichiga 2022-yil 24-may kuni soat 9:00 da start beriladi va internet tarmogʻidagi www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 31-mayga qadar davom etadi.

🔹Tanlovning saralash bosqichi test shaklida boʻladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim.

💻Buning uchun www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, roʻyxatdan oʻtish va testdagi savollarga javob berishi kifoya.

🔹Tanlovning Respublika bosqichi ogʻzaki savol-javob tarzida tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.

📌Batafsil...

✔️Shoshiling tanlov g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram | • Facebook
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentyabrigacha “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov eʼlon qilinadi.

➡️ Tanlovga materiallar quyidagi yoʻnalishlarda taqdim etilishi mumkin:

🔹badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
🔹tasviriy sanʼat (portret, peyzaj va boshqa);
🔹media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

☑️ Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

🔰 Materiallarni baholash va gʻolibni aniqlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

🔻mavzu mohiyatini toʻgʻri tushunganlik;
🔻holatni yoritishda taʼsirchan ifoda;
🔻original yondashuv.

Tanlovga materiallar 10-sentyabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.

🎁 Tanlov gʻolibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va gʻolib boʻling!

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

🟢Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

💠 TANLOV NIZOMINI OʻQISH

➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
🟢2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
🟢3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
🟢4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
🟢5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
🟢Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

↪️ Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH
#Diqqat_tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi.

Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tiladi (15 noyabrdan 25 noyabr 23:59 gacha).

🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:

1️⃣-bosqich – test sinovlari:

▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari uchun – 26 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun – 27 noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 28 noyabrь soat 9:00 dan 14:00 gacha;

2️⃣-bosqich – suhbat.

➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi.

Ikkinchi bosqich (suhbat) 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.

Batafsil....
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#diqqat_tanlov

🇺🇿 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!" mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy jo‘r bo‘lib kuylash tanlovini e’lon qiladi.

🟢Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;
🟢«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».

➡️O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi belgilangan tartibda jamoaviy jo‘r bo‘lib kuylangan videolavha internetdagi ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda e’lon qilinadi. So‘ngra videorolik havolasi (linki) va ishtirokchi jamoa haqidagi ma’lumotlar, bog‘lanish uchun telefon raqamlari 2022-yil 8-dekabrgacha @oyinauz_bot manziliga yuboriladi.

🎞 Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 bo‘lishi kerak. Talabga javob bermaydigan, tegishli ma’lumotlari to‘liq bo‘lmagan ishlar tanlovdan chetlatiladi.

🏆 Har bir nominasiya bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:
🔵1-o‘rin – 10 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 7 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m.

Hakamlar hay’ati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qo‘mitaning qarori bilan qo‘shimcha rag‘batlantirish mukofotlari berilishi mumkin.

Taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida tashkil etiladigan tantanali tadbir doirasida o‘tkaziladi. Hududlarda yashovchi g‘oliblarni taqdirlash esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tegishli bo‘lim yoki bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.

Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).

🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:

1️⃣-bosqich – test sinovlari:

▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o'quvchilari uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 29-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;

2️⃣-bosqich – suhbat.

➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi.

☑️ Test sinovi yangi Konstitutsiya asosida tuzilgan 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko'rib chiqiladi.

Baholash natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi.

Ikkinchi bosqich (suhbat) 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.

🖥 Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.

🎁 G'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

⚠️ Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi.

❗️Ishtirokchi keyingi bosqichga o'tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat'i nazar, imtihondan chetlashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_tanlov

❗️“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi

✍️ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

➡️ Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

🎁 G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.

Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).

🔰 Tanlov 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi.

➡️ Batafsil bu yerda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM