YURIDIK TEXNIKUMLAR
2.01K subscribers
12.4K photos
822 videos
45 files
4.64K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022_2023

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumiga 2022/2023-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram | • Facebook
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi

👉
Batafsil

@Adliya_yuridik_texnikum
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022

✔️ Huquqshunos bo'lish istagidagi fuqarolarni Xorazm viloyati yuridik texnikumiga o'qishga taklif qilamiz!

Kanalga ulanish:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
👉 https://xvyut.uz/
👉 https://t.iss.one/khlcofficial
👉https://www.facebook.com/groups/277351636915235/?ref=share
👉 https://instagram.com/xorazmviloyat_yuridiktexnikumi
👉 https://www.youtube.com/channel/UCCdCdOUxzb49dp2DsC-siiQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg‘ona viloyatida “Adliya ayoli” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

🔹“Adliya ayoli”
koʻrik tanlovining viloyat bosqichi 3 ta shart bo‘yicha tashkil etilib, jami 10 nafar ishtirokchilar bellashdi. Bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🔹1-o‘rin - Fargʻona shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi - Qodirova Xabibaxon Abdusamad qizi;

🔹2-o‘rin - Fargʻona viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi - Mirjavharova Feruza Usmonjonovna;

🔹3-o‘rin
- Toshloq tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi - Mahmudova Sayyoraxon Zohidjon qizi egalladi

🔻Shuningdek, tanlov ishtirokchilari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

@Adliya_yuridik_texnikum
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 #qabul_2022

NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMIGA O'QISHGA MARHAMAT!

• Siz o’z kelajagingizni yuridik sohada ko’ryapsizmi?
• Sizda ushbu sohaga nisbatan qiziqish mavjudmi?
• Sizda yuridik sohaning yetakchi mutaxassisi bo’lishni istaysizmi?
• Unda Navoiy viloyat yuridik texnikumi aynan siz uchun!

ℹ️
Batafsil...

@Adliya_yuridik_texnikum
Forwarded from my.gov.uz
Yuridik texnikumlarda o‘qish uchun my.gov.uz orqali onlayn hujjat topshiring❗️

📲 Buning uchun my.gov.uz dagi “Yuridik texnikumiga o‘qishga kirish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va so‘rovnomani to‘ldiring.

💁🏻Talabgorlar respublikamizning 14 ta hududida tashkil etilgan yuridik texnikumlarga hujjat topshirib, ta’limning kunduzgi yoki sirtqi shaklini tanlashlari mumkin.

❇️ O‘qish muddati – 2 yil.

▶️ Yo‘nalishlar:

▫️Sud-huquqiy faoliyat
▫️Yuridik xizmat
▫️Davlat-huquqiy faoliyat

📝Yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

♻️Test sinovlari tarix hamda xorijiy til (ingliz, nemis yoki fransuz tillari) fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🔴Ayni damda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumiga bo'sh ish o'rinlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

https://youtu.be/rf5n4Do9eDU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️Namangan viloyati yuridik texnikumi 2022-2023 o'quv yili uchun o'rta ma'lumot (11-sinf) va o'rta maxsus ma'lumotga ega abituriyentlarni davlat granti hamda to'lov-kontrakt asosida o'qishga taklif etadi!

👉 Bu yerda KUNDUZGI va SIRTQI shaklda, quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim beriladi;
1️⃣ Davlat huquqiy faoliyat
2️⃣ Yuridik xizmat
3️⃣ Sud huquqiy faoliyat

👨‍💻 Hujjatlar 1-avgustdan
20-avgustga qadar
Davlat xizmatlari markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun telefon:
90-214-05-17
91-294-24-34

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram | • Facebook
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining yuridik texnikumlari qabul bo`yicha mas'ullar.

Qoraqalpog’iston Respublikasi yuridik texnikumi
M.Sharbayev ☎️ 93 095 33 73

Andijon viloyati yuridik texnikumi
Z.Qodirov ☎️ 99 001 10 36

Buxoro viloyati yuridik texnikumi
Z.Hazratqulov ☎️ 93 455 61 64

Jizzax viloyati yuridik texnikumi
G.Mamatqulova ☎️ 91 591 02 64

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi
Y.Eshqulov ☎️ 90 617 66 55

Navoiy viloyati yuridik texnikumi
R.Hosilov ☎️ 90 731 37 20

Namangan viloyati yuridik texnikumi
I.Askarov ☎️ 90 214 05 17

Samarqand viloyati yuridik texnikumi
D.Usmonov ☎️ 93 721 21 75

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi
J.Musayev ☎️ 99 642 64 07

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi
K.Xurramov ☎️ 93 638 47 64

Farg’ona viloyati yuridik texnikumi
J.Sodiqov ☎️ 97 501 55 51

Xorazm viloyati yuridik texnikumi
S.Masharipov ☎️ 94 238 77 17

Toshkent viloyati yuridik texnikumi
Sh.Xudoyberdiyev ☎️ 97 877 13 79

Toshkent shahar yuridik texnikumi
Sh.Ismatullayeva ☎️ 99 833 55 53

📌O‘qishga kirish uchun hujjatlar joriy yil 1 avgustdan 20 avgust (shu kuni ham) kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

🔖 Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

🌐 Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
🧾 Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
🗓 O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

@Adliya_yuridik_texnikum
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentyabrigacha “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov eʼlon qilinadi.

➡️ Tanlovga materiallar quyidagi yoʻnalishlarda taqdim etilishi mumkin:

🔹badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
🔹tasviriy sanʼat (portret, peyzaj va boshqa);
🔹media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

☑️ Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

🔰 Materiallarni baholash va gʻolibni aniqlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

🔻mavzu mohiyatini toʻgʻri tushunganlik;
🔻holatni yoritishda taʼsirchan ifoda;
🔻original yondashuv.

Tanlovga materiallar 10-sentyabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.

🎁 Tanlov gʻolibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va gʻolib boʻling!

https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Online

⚡️Ayni damda Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 2022/2023 oʻquv yili qabul jarayoniga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

🔹Matbuot anjumanida Respublikamizning 14 ta hududida joylashgan jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yuridik texnikumlarda (har bir hududda bittadan) 3 ta soha mutaxassisliklari (davlat-huquqiy faoliyat, yuridik xizmat va sud huquqiy faoliyat) boʻyicha kadrlar tayyorlanayotganligi va oʻqish muddati 2 yil etib belgilanganligi taʼkidlab oʻtildi.

@Adliya_yuridik_texnikum
⚡️Ayni vaqtda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida, Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra respublika miqiyosida jami 3000 (uch ming) nafar oʻquvchi qabul qilinishi aytildi. Shundan 580 nafari davlat granti asosida, 2420 nafari toʻlov kontrakt asosida tahsil oladi. Tillar kesimidagi taqsimotga koʻra, davlat granti asosida qabul qilinadigan 580 nafar talabaning 540 nafari oʻzbek guruhlarida, 30 nafari rus hamda 10 nafari qoraqalpoq guruhlarida taʼlim olishi nazarda tutilgan.

🔹Qabul parametrlariga koʻra toʻlov kontrakt asosidagi 2420 nafar talabaning 1520 nafari kunduzgi, 900 nafari sirtqi taʼlim shaklida tahsil oladi. Shundan 2240 nafari oʻzbek guruhlarida, 130 nafari rus guruhlarida, 50 nafari qoraqalpoq guruhlarida taʼlim olishi moʻljallangan.

@Adliya_yuridik_texnikum
⚡️Yuridik texnikumlarga qabul jarayonlari 1-avgust kunidan boshlangan va 20-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Xozirgi kunda abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshirishmoqda.

🔹Amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuridik texnikumlarga umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini, akademik litsey, kasb-hunar maktablari va kollejlarni tamomlagan shaxslar kirishi mumkin. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan 25 – 30-avgust kunlari oʻtkaziladi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni Toshkent dalat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq aniqlanadi.

@Adliya_yuridik_texnikum