Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida Asaka tuman 2-son politexnikumida rus tili to‘garagi muntazam ravishda faoliyat yuritmoqda. 2025-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi dars mashg‘uloti “Состав слова. Словообразование” ya’ni “So‘z tarkibi. So‘z yasash” mavzusiga bag‘ishlandi. Darsni malakali va tajribali ustoz olib bordi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga so‘zlarning tarkibiy qismlari ya’ni ildiz qo‘shimcha, prefiks va suffikslar haqida batafsil tushuncha berildi. Shuningdek so‘z yasash jarayoni yangi so‘zlarning hosil bo‘lish usullari misollar asosida yoritildi. O‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida savol-javoblar amaliy topshiriqlar va interaktiv usullar qo‘llanildi.
To‘garak ishtirokchilari rus tilining grammatik qoidalarini chuqurroq o‘rganish barobarida, o‘z fikrlarini erkin ifodalash ko‘nikmalarini ham shakllantirmoqda. Ustozning tajribasi va bilimga boy izohlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
✍ Asaka tuman 2-son politexnikumi matbuot xizmati

#ELON
#DIQQAT
📣 Asaka tuman 2-son politexnikumi barcha bitiruvchilarni, shuningdek, fuqarolarni 2025-yil 2-avgust kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadigan mehnat yarmarkasiga taklif etadi!
🗒 Ushbu yarmarkada turli tashkilotlar o‘z mehnat faoliyati haqida ma’lumot beradi. Ishtirokchilar esa joyida bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
👥 Tadbirda tuman rahbarlari ham ishtirok etadi. Bu siz uchun katta imkoniyat!
📍 Yarmarka soat 09:00 dan boshlanib, kechga qadar davom etadi.
📌 Manzil: Asaka tumani, Chek MFY, Marg‘iloniy ko‘chasi, 93-a uy.
✍ Asaka tuman 2-son politexnikumi matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram

⚡1🤓1
Forwarded from Asaka tumani hokimligi Matbuot xizmati ©
Ишсизлар ва ишлар
---------------------
"Чек" МФЙдаги қишлоқ хўжалиги коллежи деб аталадиган муассасада Асака тумани ҳокимлиги ташаббуси билан (ҳозирда 2-сон политехникумида) одатдагидек, анъанавий бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси бўлиб ўтди.
Маҳаллалардаги ҳоким ёрдамчилари томонидан ярмаркага жалб этилган ишсиз аҳоли қатламининг вакиллари ташкилот ва корхоналар, хусусий сектор томонидан таклиф этилган ваканциялар билан танишдилар ва ўзлари муносиб дрб билган иш жойларига жойлашиш ниятларини билдирдилар. Тегишли тартибда уларга шу жойнинг ўзида ишга жойлашиш йўлланмалари берилди.
Асака тумани ҳокимлиги
✍ Матбуот хизмати

❤1
Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida Asaka tuman 2-son politexnikumida "Yosh traktorchi" to‘garagi faoliyat olib bormoqda. To‘garak mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar traktor tuzilishi, ishlash prinsipi hamda uni parvarishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.
Bugungi mashg‘ulot mavzusi — "Sovutish tizimi" bo‘lib, unda traktor dvigatellarining sovutish tizimi tuzilishi, uning tarkibiy qismlari, ishlash mexanizmi va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari haqida batafsil tushunchalar berildi. Amaliyot jarayonida o‘quvchilar sovutish tizimini qismlarga ajratib ko‘rish, ularni yig‘ish va nosozliklarni aniqlash bo‘yicha mashqlarni bajardilar.
Mazkur to‘garak yoshlar orasida texnik kasblarga qiziqishni oshirish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.