ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI
🔰Sirdaryoda “Qishloq xoʻjaligida ilgʻor rivojlanishni amaliyotda tashkil etish” mavzusiga bagʻishlangan seminar ish boshladi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashmoqda.
Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi:
“Qishloq xoʻjaligida bugungi zamon, bugungi kun talabiga mos boʻlgan yaxshi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, ularni yaxshilab oʻrganib, ichiga kirib, puxta rejalashtirib, keyin amalga oshirishimiz lozim. Bugungi seminar doirasida mana shu nazariya va tashabbuslarni oʻrganib, muhokama qilib, amaliyotimizga joriy etsak boʻladi. Ushbu seminar mana shu borada yaxshi imkoniyat beradi”.
#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #Sirdaryo
🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram

#Seminar
Nurafshon shahridagi “Yoshlar” markazida Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bilan hamkorlikda viloyatdagi yosh jurnalistlar uchun oʻquv seminari tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi raisi Rahmatilla Sheraliyev “Jurnalistika nima?”, “Tafakkur qilish”, “Material yozishdagi til va uslub” mavzusida soʻz yuritdi.
Seminarda oʻzaro fikr almashilib, muloqot qilindi. Yoshlarni qoʻshimcha bilimlar olishiga yoʻnaltirish, sohaga ixtisoslashish boʻyicha fikrlar bildirildi.
https://t.iss.one/AOKBToshvil