AOKB TOSHKENT vil
288 subscribers
2.62K photos
953 videos
2 files
2.08K links
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Toshkent  viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TurkiyDavlatlarTashkiloti2022

O‘zbekiston joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga ham tashkiliy, ham mazmun jihatidan puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tashkilot O‘zbekiston uchun savdo, transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli platformasiga aylanishda katta salohiyatga ega.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TurkiyDavlatlarTashkiloti2022

Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi. Ushbu oliy darajadagi tadbir 2021-yil Istanbul uchrashuvida Tashkilot nomi o‘zgargandan keyingi birinchi sammit hisoblanadi.

Tadbirda 5 ta a'zo mamlakat - O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda 2 ta kuzatuvchi - Turkmaniston va Vengriya mamlakatlari rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.

Tashkilotga oid ma'lumotlar va unda O‘zbekistonning ishtiroki haqida batafsil videorolikda tanishishingiz mumkin.
https://t.iss.one/AOKBToshvil