O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#ONLAYN

Namanganda yirik Xalqaro Forum oʼz ishini boshladi

Namangan shahrida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti hamkorlikda “Fargʼona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yoʼnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” muhokamasiga bagʼishlangan “Fizika - 2022” ikkinchi Xalqaro Forumi oʼz ishini boshladi.

Ushbu forumda respublikamiz hamda xorijiy davlatlarning akademiklar, professorlar, fizika fani boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondalari ishtirok etishmoqda.

Forum doirasidagi asosiy tadbirlarda “Fargʼona vodiysida fizika ilm fanining bugungi kuni va yangi yoʼnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-moxiyatiga ilm-fan vakillarining eʼtiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topish maqsad qilingan.
#ONLAYN

“Fizika - 2022” xalqaro fiziklar Forumi

Xabar berganimizdek, Namanganda "Fizika-2022" xalqaro forumi o’tkazilmoqda. Forumda dunyoning koʼplab mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar mazkur sohadagi muammolarga ilmiy tomondan yechim topishga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Forum davom etmoqda.
#Onlayn

Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy – Bagʻdod akademiyasining peshqadam olimlari: Sharq Renessansining boshlanishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.
#onlayn

Ayni damda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida «Muzeyshunoslik XXI asrda: tadqiqotlar, an’analar va innovatsiyalar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

@tarix_muzeyi
#onlayn
Bugun Namanganda “FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy Konferensiyasi o'z ishini boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 80 yillik yubeleyi hamda Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyalar yo‘nalishlarini rivojlantirish muhokamasiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 11-12 may kunlari viloyatimizda “FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

Konferensiya doirasidagi asosiy tadbirlarda Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyani rivojlantirish masalalari faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyatiga ilm-fan vakillarining e’tiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topish maqsad qilingan.
#onlayn

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 80 yillik yubeleyiga bag'ishlangan “FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy anjumani o'z ishini boshladi.
#onlayn
“FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy Konferensiyasi doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalrining olimlari tomonidan yaratilgan ixtirolar va ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda

“FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA”
ilmiy konferensiyasi doirasidagi asosiy tadbirlarda ishtirok etish uchun Namanganga kelgan mehmonlar, akademiklar, Farg'ona vodiysidagi oliy ta'lim muassasalarining rektorlari yosh tadqiqodchilar va ilmiy tadqiqodlar olib borayotgan ilm-fan namoyondalari ayni daqiqalarda Davlatobod tumanidagi Madaniyat markaziga yetib keldilar va viloyatdagi mavjud oliy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan yaratilgan ishlanmalar ko’rgazmasi bilan tanishmoqdalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn

“FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy konferensiyasi qizg’in pallaga kirdi
 
Konferensiya doirasidagi asosiy tadbirlarda Farg‘ona fodiysida fan va texnologiyani rivojlantirish masalalari faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyatiga ilm-fan vakillarining e’tiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topish maqsad qilingan.

Jarayonlar davom etmoqda
#onlayn

⚡️O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Namangan viloyati yoshlari bilan uchrashdi

Bugun O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev boshchiligida bir guruh akademiklar Namangan muhandislik-texnologiya institutida yoshlar bilan uchrashishdi.


Dastlab, Fanlar akademiyasi prezidenti Namangan muhandislik-texnologiya institutining faol talaba-yoshlari bilan suhbatda bo'lib, ularning o'qishlari va ilmiy izlanishlari bilan qiziqdi. Ochiq, samimiy va do'ston ruhda o'tkazilgan muloqotda talaba-yoshlar o'ziga xos motivatsiyaga ega bo'ldilar.
#Onlayn    Fanlar akademiyasi Prezidiumidan vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev, Kadrlar bo'limi rahbari Dilorom Turayeva, Abdurahim Kayumov  Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo'limiga tashrif buyurishdi.  Reymov Axmed Mambetkarimovich  jamoatchilik asosida Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo'limi raisi-vitse-prezidenti sifatida keng jamoatchilikka tanishtirildi.
#Onlayn Uchrashuv davomida Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo'limining iqtidorli yosh olimlarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tmoqda.
#Onlayn
Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida doktorantlar uchun Nizom talablari asosida monitoring jarayoni boshlandi. Mazkur jarayonda ilmiy izlanishlar bilan yangiliklar sari odimlayotgan 38 ta yosh olimlar o'zlarining hisobotlarini taqdim etishmoqda.
#onlayn                                   
🔴"Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori" mavzusidagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi kontentini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy seminarlar davom etmoqda. Akademik Akbar Hakimov "Sanʼat va badiiy hunarmandchilik" boʻlimini taqdimot qilmoqda. Seminarda Republikamizning yetakchi olimlari, soha mutaxassislari, usta-hunarmandlar oʻz fikr mulohazalari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, prof. S.Bulatov, prof. A.Madrayimov, prof.K.Akilova, s.f.d. S.Aliyeva, s.f.n. Sh.Abdullayeva, s.f.n. Z.Aliyeva, PhD M.Abdullayev, PhD B.Xadjimetov va boshqalar ishtirok etmoqda.

https://t.iss.one/fan_targiboti
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (ShaKhzodbek...)
 #onlayn

Oʻzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazida "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori" Oʻzbekiston olimlari forumi o'z ishini davom etirmoqda. 7-shoʻba "Sanʼat va badiiy hunarmandchilik" boʻlimida Phd San'atshunoslik instituti direktor o'rinbosari M. Abdullayev san'at turlari, zargarlik, mulyaj masalalari haqida so'z olib bordi va takliflar bildirdi.

Telegram | Facebook
#onlayn                                                 

Ayni daqiqalarda Maʼrifat markazining Simpoziumlar saroyida "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori" Oʻzbekiston olimlar forumi boʻlib oʻtmoqda. Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining barcha muassasalaridan 200 dan ortiq olimlar ishtirok etmoqda. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi hujjatli film namoyish etildi. Markaz direktori F.Abduholiqov anjumanni ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari X.Sultonov, M.Komilov, OʻzR FA vitse-prezidenti B.Abduhalimov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha butunjahon kengashi raisining maslahatchisi Xolid Eren, OʻzR FA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo soʻzga chiqdilar.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (Masharib Saydamatovich ABDULLAYEV)
🔴 #Onlayn. Ayni damlarda qadimiy va navqiron Samarqand shahrida Congress Center anjumanlar zalida "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori"  VIII xalqaro kongress oʻz ishini boshladi. Kongressda 35 ta mamkakatdan 300 ga yaqin xorijiy, mahalliy olimlar, mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Ochilish  marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi X.Sultonov oʻqib eshittirdi. Bir qator martabali mehmonlar tabrik uchun soʻzga chiqdilar. Kongressda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyalarini, kutubxonasi, shuningdek Imom Buxoriy muzeyi ekspozitziyalari muhokamasi rejalashtirilgan. Mazkur Kongressda Fanlar akademiyasidan 24 nafar olimlar faol ishtirok etmoqda.
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (Masharib Saydamatovich ABDULLAYEV)
🔴 #Onlayn                                       
Samarqanda "Buyuk ajdodlar merosi - III uygʻonish davri poydevori" VIII kongres oʻz ishi davom qildirmoqda. Yalpi majlisda ISM muzey boʻlim rahbarlarining maʼruzalari tinglanmoqda. Oʻzbekiston Respublikai Fanlar akademiyasi Ilm-fan targʻiboti markazi direktori - "Fan va turmush" jurnali Bosh muharriri, Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashi aʼzosi, akademik Akbar Hakimov Oʻzbekiston sanʼati va hunarmandchiligi mavzusida taqdimot qilmoqda. Boʻlim ilmiy konsepsiyasiga koʻra, IX-XX asr boshlaridagi sanʼat va badiiy hunarmandchilik yoritib beriladi. Shu davrga oid eng noyob asarlar namoyishga qoʻyiladi. Yurtimiz madaniyati va sanʼatining jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi koʻrsatib beriladi.

Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (ShaKhzodbek...)
#onlayn
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazi direktori, San'atshunoslik instituti bo‘lim mudiri akademik Akbar Hakimov Marg‘ilon shahrida YUNESKO tomonidan Respublika "Hunarmand" uyushmasi va Fargʻona viloyati hokimligi hamikorligida  6-xalqaro “Atlas bayrami”  festivali  doirasida tashkil etilgan  "An'anaviy hunarmandchilik, enodizayn va tadbirkorlik bo‘yicha Markaziy Osiyo" treningida taqdimot qilmoqda.

Treninglarda  Markaziy  Osiyodan kelgan jumladan, Tojikiston, Qirg‘iziston,Turkmaniston, Qozog‘iston Respublikalaridan kelgan 50 nafardan ortiq hunarmandlar va ularning shogirdlari ishtirok etmoqda.

Ushbu  treninglar  Markaziy  Osiyodan  kelgan yosh hunarmandlar o‘rtasidagi  aloqalarni mustahkamlashga  va ijodiy industriyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (ShaKhzodbek...)
#onlayn
Ayni damlarda WOSCUning anjumanlar zalida "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli Oʻzbekistonda xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida Uchinchi Renessans - Yangi Oʻzbekiston "Maʼrifat nuri, adabiy va ilmiy-madaniy meros" mavzusidagi xalqaro anjumani boʻlib oʻtmoqda. Anjumanda xorijning va respublikamizning yetakchi mutaxassislari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targʻiboti markazi direktori, akademik Akbar Hakimov "Uchinchi Renessans bahs maydoni" mavzusida loyihalar taqdimotini qilmoqda. Xususan, hamkorlikdagi  Art&Sceince loyihasi, yangi kitoblar, ilmiy anjumanlar, zamonaviy islom sanʼati biennalisi kabi loyihalarni taklif qildi.

Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (Masharib Saydamatovich ABDULLAYEV OʻzR FA SI)
#onlayn                             
OʻzR FA akademigi, OʻzBA akademigi, Ilm-fan targʻiboti    markazi direktori Akbar Hakimov Surxondaryo viloyati ijod va ixtisoslashgan maktablarda oʻquvchilar bilan uchrashib, mahorat darslari tashkil etmoqda. Ayni damda Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida boʻlib, R.Choriyev muzeyi bilan tanishdi. Yoshlarga rassom bilan bogʻliq xotiralarini gapirib berdi. Qadimgi davr Oʻzbekiston sanʼati haqida dars oʻtmoqda.

Telegram | Facebook | YouTube