O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.27K subscribers
14.8K photos
1.32K videos
639 files
7.74K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Forwarded from "Fan" nashriyoti
#yangi_nashr

✏️Абдували Йўлдошев

📚Чет элларда ўқиган Туркистонлик ёшлар

Харид учун +998 97-636-21-02

@fannashriyoti
#YANGI NASHR

✍🏻 XIVA XONLIGI TARIXIGA OID
YANGI MONOGRAFIYA

Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad va tarix fanlari doktori, dosent Sadoqat Matkarimovalar hammuallifligidagi yangi kitob Buxorodagi “Durdona” nashriyotida chop qilindi. “Xiva xonligi Rossiya mustamlakachiligi davrida. 1873-1917-yillar” nomli monografiyada Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka davrida xonlik davridagi ijtimoiy-ma’rifiy, iqtisodiy jarayonlar tadqiq etiladi.
1873-yildagi istilodan to 1917-yilda kechgan voqeliklar, mustamlaka holatda ham jamiyatda islohotlar olib borgan taraqqiyparvarlarning sa’yi-harakati, bu davrdagi agrar soha, sanoat, savdo, nemis mennonitlarining vohadagi faoliyati, jadidchilik harakati, shuningdek mustamlakachilikka qarshi xalq qoʻzgʻoloni, 1917-yildagi “Yosh xivaliklar”ning istiqlol sari intilishlari oʻsha davrga oid arxiv hujjatlari, vaqtli matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar, memuarlar, ilmiy adabiyotlar orqali tadqiq qilinadi.
Forwarded from "Fan" nashriyoti
#yangi_nashr

✏️Насрулло Қобилов

📚Олис ва яқин афсона

@fannashriyoti
#YANGI NASHR

✏️ Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan “Sotsiolingvistika” monografiyasi nashr etildi.

➡️Mazkur monografiya til ijtimoiyligi, tilning ijtimoiy vazifalari, tilda ijtimoiy farqlanish, tilning demografik quvvati, til va jamiyat ta’sirlashuvi, til siyosati, til vaziyati, ikkitillilik va ko‘ptillilik muammolari, til qonunchiligi, davlat tili, rasmiy til, ishchi til, ona tili, etnik til, birinchi til, ikkinchi til, tilning yashash shakllari, sotsiolingvistika bo‘limlari va ijtimoiy tilshunoslikning boshqa muhim tushunchalari tadqiqiqga bag‘ishlangan.

✔️ Monografiya tilshunoslar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, pedagog-o‘qituvchilar, filologiya fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari, umuman, sotsiolingvistika bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.



😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NASHR

☄️ 2025-yil yanvar oyida Primus Books nashriyoti tomonidan Hindiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlarga oid “Confluence of India and Central Asia through the Ages” monografiyasi chop etildi. (Syed Axtar Husain tomonidan tahrirlangan. Hindiston xalqaro markazi. Dehli. Primus Books. 2025. Pp.358).
➡️ E’tiborli jihati shundaki, mazkur monografiya mualliflari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi markazi bo‘lim boshlig‘i, professor Mirzohid Rahimov ham bor.

✔️ Jamoa monografiyasida Markaziy va Janubiy Osiyoning boy o‘tmishi va istiqbolli kelajagi haqida hikoya qiluvchi bo‘limlar mavjud. Ushbu monografiyasida olimlar mintaqalarning tarixiy aloqalari va madaniy boyligini tadqiq qiladilar.
Monografiyasining bir qator boblari Hindiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi zamonaviy hamkorlik, koʻp tomonlama munosabatlar, muammolar, hamkorlikning holati va istiqbollariga bagʻishlangan.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_kelgan_chet_el_adabiyotlari
#yangi_kelgan_avtoreferatlar

✔️ Kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi

📚 Kitob - inson tafakkuri va bilim manbai. Shu bois, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va yoshlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.

💧 Mazkur kitob ko‘rgazmalari yangi kelgan chet el adabiyotlari, yangi kelgan avtoreferatlar, 2025 yil - Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliga oid turli janrlardagi adabiyotlardan tashkil topgan.

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_kelgan_kitoblar

✔️ Farg‘ona vodiysi dendroflorasi

➡️ Mazkur monografiyada Farg‘ona vodiysi hududida 2020-2023 yillar moboynida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari davomida daraxt va butalarning 32 oilaga mansub 165 turi uchrashi aniqlandi. Ushbu monografiyada dendroflora ro‘yxatida keltirilayotgan har bir turning rasmi, areal sinfi, hayoti shakli, yashash joyi, foydaliligi, tadqiqot hududidagi balandlik diapazoni va botanik-geografik rayonlar kesimida tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

📝 Daminova, N. E., Tojibayev K. Sh. Farg‘ona vodiysi dendroflorasi.- Toshkent: Ziyo nashr-matbaa, 2024.- 212 b.

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_kelgan_kitoblar

✔️ SUZUK OTA IZIDAN

➡️ Muallif Shodimetov Kamoljonning ushbu kitobida olis va yaqin o‘tmishda xalqimizning hurmati ixlosini qozongan buyuk allomalarning nomlariga bunyod etilgan inshootlar sirasiga kiruvchi Suzuk ota maqbarasi va masjidi majmuasi haqida. Kitob bu muqaddas qadamjoga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi, sayyoh, tadqiqotchida tug‘ilishi tabiiy bo‘lgan savollarga javob beradi. Ajdodlarimizning boy meroslariga qiziquvchi har bir kitobxonga foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

📝 Shodimetov K. Suzuk ota izidan.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.– 284 b.

📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR

📚TURG‘UN FAYZIYEVNING “TEMURIY MALIKALAR” KITOBI YAPONIYADA NASHR ETILDI


▶️ Amir Temur va temuriy shahzodalar XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning birinchi choragigacha О‘rta Osiyo, Shimoliy Afg‘oniston, qisman Eron hamda Iroq mamlakatlarida hukmronlik qilganlar.
❗️Shahzodalar singari temuriylar sulolasiga mansub malikalar orasida ham iste’dodli siyosatdon, suxandon, yetuk olima va xassos shoiralar yetishib chiqqan. Ular tarix zarvaraqlarida о‘zlaridan о‘chmas iz qoldirganlar.
➡️ Mazkur risolada Saroy Mulk xonim, Gavhar Shod begim, Shodmulk Xotun, Arjumand bonu, Zebunniso begim singari iste’dodli temuriy malikalar haqida qiziqarli ma’lumotlar о‘rin olgan.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR

✏️ Fanlar akademiyasi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi tomonidan “Роль международных организаций и программ в развитии сотрудничества в области школьного образования Центральной Азии (1991-2025 гг.)” nomli monografiya nashr etildi.

✔️ Monografiya 1991-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda Markaziy Osiyo mamlakatlarida maktab taʼlimi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar va dasturlarning rolini tahlil qilishga bagʻishlangan. Taqdim etilgan tadqiqotda mintaqa davlatlari bilan YuNESKO, YUNISEF, Jahon banki kabi xalqaro taʼlim muassasalari, shuningdek, koʻp tomonlama va ikki tomonlama taʼlim tizimlarini rivojlantirish va boshqalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik dinamikasi koʻrib chiqiladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida maktab ta’limini isloh qilishga ta’sir ko‘rsatgan asosiy loyiha va dasturlarga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro ta’lim standartlarini integratsiyalashuv jarayonida mintaqa davlatlari duch kelayotgan yutuq va muammolar tahlil qilindi. Texnik yordam, o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish kabi hamkorlik shakllariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
➡️ Monografiyada qadim zamonlardan to hozirgi kungacha maktab ta’limi evolyutsiyasining tarixiy jihati ham o‘rin olgan. Umuman olganda, ushbu monografiya tadqiqotchilar, o'qituvchilar, diplomatlar, shuningdek, ta'lim sohasidagi xalqaro munosabatlar, bu holda maktab ta'limi masalalari bilan qiziqqan keng auditoriya uchun mo'ljallangan.


#НОВОЕ ИЗДАНИЕ

✏️ Координационным методическим центром по вопросам новейшей истории Академии наук Узбекистана издана монография под названием «Роль международных организаций и программ в развитии сотрудничества в области школьного образования Центральной Азии (1991-2025 гг.)».

✔️ Подготовленная монография посвящена анализу роли международных организаций и программ в развитии сотрудничества в области школьного образования стран Центральной Азии в период с 1991 по 2025 гг. В представленном исследовании рассматривается динамика взаимодействия государств региона с международными образовательными институтами, такими как ЮНЕСКО, ЮНИСЕФ, Всемирный банк и др., а также двусторонними и многосторонними инициативами, направленными на развитие образовательных систем.
Особое внимание было обращено на ключевые проекты и программы, оказавшие влияние на реформирование школьного образования в странах Центральной Азии. Были проанализированы достижения и вызовы, с которыми сталкивались страны региона в процессе интеграции международных образовательных стандартов. Особое внимание уделено таким формам сотрудничества как техническая помощь, программы по повышению квалификации учителей и внедрение инновационных образовательных технологий.
➡️ В монографии также включен исторический аспект эволюции школьного образования с древнейших времен и до наших дней. В целом работа предназначена для исследователей, педагогов, дипломатов, а также для широкой аудитории, интересующейся вопросами международных отношений в образовательной сфере, в данном случае школьного образования.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR

“Zamonaviy O‘zbekiston: ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xalqaro va mintaqaviy munosabatlar” nomli monografiya nashr etildi


▶️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi tomonidan “Zamonaviy O‘zbekiston: ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xalqaro va mintaqaviy munosabatlar” nomli monografiya nashr etildi.

✔️ Monografiyada O‘zbekistonning eng yangi tarixi kontekstida zamonaviy davlatchilik asoslari, xususan, siyosiy va iqtisodiy tizimning yaratilishi va takomillashtirilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining vujudga kelishi va rivojlanishi, yutuq va muammolari, shuningdek, O‘zbekistonda yuz berayotgan siyosiy liberalizatsiya, institutsional o‘zgarishlar, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va yangi tendensiyalar tahlil qilingan.

❗️ Monografiya professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi va talaba-yoshlar, shuningdek, O‘zbekistonning eng zamonaviy tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR
"Munshaot"ning eng to‘liq va izohli nashri

✏️ Alisher Navoiy qalamiga mansub maktublar to‘plami "Munshaot"ning eng to‘liq va izohli nashri amalga oshdi (Toshkent: ZabarjadMedia, 2025). Kitobni FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, zahmatkash olim Yusuf Tursunov nashrga tayyorladi.
❗️ Mazkur nashrda 110 ta maktub, asarning tabdili va zamonaviy o‘zbek tilidagi izohli matni o‘rin olgan.

▶️ Olim Yusuf Tursunov asarning qo’lyozma nusxalarini o’rganganda ular tarkibidagi maktublar miqdoriga ko’ra o’zaro tafovutga ega ekani ma’lum bo’ldi.
Chunonchi, hijriy 1004-1007, milodiy 1595/96-1598/99-yillarda Eron Ozarboyjonining Qizilog’och shahrida ko’chirilgan “Munshaot” qo’lyozmasi (bu qo’lyozma Sankt-Peterburgdagi Davlat xalq kutubxonasida 558-tartib raqam bilan saqlanadi) tarkibida oltmish maktub, ,oshqa ko’pgina nusxalarda to’qson atrofida, umrining so’nggi yillarida Navoiyning o’zi tomonidan tuzilgan “Munshaot”dagi “Munshaot” da esa 104 maktub mavjud.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR

☄️ “XORАZM JАDID MАKTАBLАRI” NOMLI MONOGRАFIYA NАShR QILINDI

✔️ Xorazm Maʼmun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad va filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandar hammuallifligida “Xorazm jadid maktablari” nomli monografiya nashr etildi.

➡️ Mazkur monografiyada Xorazm jadidchilik harakatining oʼziga xos xususiyatlari va ularning boshqa hududlardagi maktablardan farqli tomonlari tadqiq qilingan. Shuningdek, Xorazm jadid maktablarining tashkilotchilari, ulardagi taʼlim jarayoni, ilk pedagoglarning hayoti, faoliyati, oʼqitish uslubi tahlil etilgan.
Shu bilan birga, jadid maktablariga aholining munosabati, oʼquvchilarning taʼlim olishi va ularning keyingi faoliyatlari, taqdiri yoritilgan.

❗️ Monografiyaga jadid maktablaridagi darslik, qoʼllanmalar ilova qilingan. Monografiya oliy oʼquv yurtlarining tarix va pedagogika, filologiya fakulteti talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar, oʼrta maktablarning oʼqituvchilari hamda keng omma uchun moʼljallangan.

#НОВОЕ ИЗДАНИЕ

☄️ ИЗДАНА МОНОГРАФИЯ ПОД НАЗВАНИЕМ «ХОРАЗМ ЖАДИД МАКТАБЛАРИ»

✔️ Вышла в свет монография «Хоразм жадид мактаблари», соавторами которой выступили старший научный сотрудник Хорезмской академии Маъмуна, доктор философии по истории Умид Бекмухаммад и кандидат филологических наук, доцент Сайёра Самандар.

➡️ В монографии рассматриваются уникальные особенности движения джадидов Хорезма и его отличия от школ других регионов. Анализируются также организаторы школ джадидов Хорезма, учебный процесс в них, жизнь, деятельность и методы обучения первых учителей.
При этом освещается отношение общественности к новым школам, обучению учащихся, их дальнейшей деятельности и судьбе.

❗️ К монографии прилагаются учебники и учебные пособия современных школ. Монография рассчитана на студентов историко-педагогических факультетов, филологических факультетов высших учебных заведений, докторантов, научных сотрудников, учителей средних школ и широкую общественность.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR

“Mustaqillik yillarida Toshkent toponomiyasidagi transformatsion jarayonlar (1991-2007-yillar)” nomli monografiya chop qilindi


✏️ OʼzR FА huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz katta ilmiy xodim, tarix fanlar doktori X.Buriyevaning “Mustaqillik yillarida Toshkent toponomiyasidagi transformatsion jarayonlar (1991-2007-yillar)” nomli monografiyasi chop qilindi.

✔️ Mazkur monografiyada Toshkent shahrining eng yangi davr tarixiy toponimiyasi tadkik etilib, jumladan, 1991-2007 yillarda Toshkent shahar toponimlari, ularning tarixiy xususiyatlari va ularga oid tarixiy ma’lumotlar o’rin olgan.

📍 Mustakillik yillari Toshkent joy nomlariga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlar shahar mikrotoponimlarini tartibga solish va joy nomlarida tarixiylik hamda milliylik jihatlarini ask ettirish muhim rol o’ynashiga alohida e’tibor qaratilgan. Toshkentning tarixiy toponimiyasiga oid mulohazalar shahar tarixining turli qirralari - siyosiy, mamuriy, iqtisodiy, madaniy, tarixiy topografiya, o’lkashunoslik sohalari bo’yicha keltirilgan.

▶️ Mazkur tadqiqotdan olingan ilmiy xulosalar mstaqillik davrining dastlabki yillarida Toshkent shahri tarixi xususida keng va aniq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

❗️ Kitob tarixchilar, boshqa ijtimoiy hamda tabiiy fanlar mutaxassislari va keng kitobxonlarga mo’ljallangan.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM