O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.42K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Olim_bilan_davra_suhbati

   Tarix institutida Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Karim Shukurov ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
   Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo davra suhbatining yuzochdi qismida institutda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar bilan tanishtirib, Oʻzbek davlatchiligi tarixiga oid Ozarbayjonda saqlanayotgan manbalar haqida fikr bildirdi. Shundan soʻng, soʻz navbatini professor Karim Shukurovga berdi. Professor Karim Shukurov Ozarbayjondagi Tarix instituti yaratilishi va uning faoliyati, bugungi kunda institut xodimlari tomonidan amalga oshirilinaliyotgan ilmiy ishlar va loyihalar haqida maʼlumotlar berdi.
Professor Karim Shukurov suhbat davomida Tarix instituti ilmiy xodimlari va yosh tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berdi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
#Olim_bilan_davra_suhbati

   Tarix institutida Eron Milliy kutubxona va arxivi direktor oʻrinbosari, tarix fanlari doktori, professor Gʻulom Rizo Amirxoniy ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
   Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo davra suhbatining yuzochdi qismida professor Gʻulom Rizo Amirxoniyga Tarix instituti va unda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar, loyihalar haqida fikr bildirdi. Shundan soʻng, soʻz navbatini professor Gʻulom Rizo Amirxoniyga berdi. Professor Gʻulom Rizo Amirxoniy ilmiy tadqiqot ishi, qaysi manbalardan foydalanganlari, Eron Milliy kutubxonasidagi ilmiy manbalar va arxivlar holati, ulardan qanday foydalanish, Erondagi Turkiston tarixiga oid nashrlar, shuningdek Eronda amalga oshirilinaliyotgan ilmiy ishlar va loyihalar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
  Professor Gʻulom Rizo Amirxoniy suhbat davomida Tarix instituti ilmiy xodimlari va yosh tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berdi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni