O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.49K subscribers
13.4K photos
1.23K videos
598 files
7.08K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Muhim yangilik

Endilikda O'zbekiston Fanlar akademiyasining yana bir bo'limi Buxoroda

Abu Ali bin Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo'lib o'tgan "Yadro tibbiyoti" mavzusidagi ilmiy - amaliy anjuman doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filialining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda konferensiyada ishtirok etayotgan nufuzli olimlar ishtirok etishdi. O‘zFA prezidenti Bexzod Yo‘ldashev, Institut direktori Tamara Oripova va BuxDTI rektori Shuxrat Teshayev ramziy lentani kesib laboratoriya binosini ochib berishdi.

" - Mazkur institut immunologiya va inson genomikasi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, keng tarqalgan kasalliklarning immudiagnostikasi, immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasida innovatsion texnologiyalarini yaratish, shuningdek, mazkur sohada yuqori malakali mahalliy kadrlarni tayyorlash maqsadida filialimiz tashkil etildi.
Mazkur filialning ochilishi katta va kichik ilmiy xodimlarning immunologiya va inson genetikasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini Buxoro shahrida olib borish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birgalikda mahalliy aholi orasida avj olib borayotgan immun va irsiy kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishda
muhim ahamiyatga ega", deydi filial direktori tibbiyot fanlari doktori Nigina Hikmatova.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
https://regulation.gov.uz/uz/d/97177


#Muhim yangilik

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI keng jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. Ilm-fan olamida yurgan barcha olimlar, ilmiy xodimlarni befarq bo'lmay, o'z fikrlari bilan ishtirok etishga chorlaymiz! Joriy yilning 30-aprel kuni Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida olimlar, mutaxassislar,OAV vakillari ishtirokida ushbu qaror muhokamasi ham bo'lib o'tadi. Barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni ushbu ushbu tadbirimizga taklif etamiz!!!
https://regulation.gov.uz/uz/d/97177

#Muhim yangilik

2024-yil 30-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Ilmiy asoslangan atamalarni rasmiy iste’molga kiritish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazishni rejalashtirgan. Barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni ushbu ushbu tadbirimizga taklif etamiz!!!

Befarq bo'lmagan barcha insonlar ishtirok etishi mumkin!
https://regulation.gov.uz/uz/d/97177

#Muhim yangilik

2024-yil 30-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Ilmiy asoslangan atamalarni rasmiy iste’molga kiritish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazishni rejalashtirgan. Barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni ushbu ushbu tadbirimizga taklif etamiz!!!

Befarq bo'lmagan barcha insonlar ishtirok etishi mumkin!