O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.4K subscribers
13.1K photos
1.2K videos
587 files
6.92K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
​​Qozizoda Rumiy (1364-1436)

XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri Qozizodadir. Olimning to‘liq nomi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud. Qozizoda aslida hozirgi Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi Marmara dengizidan janubroqdagi Bursada tavallud topgan. Uning otasi Muhammad «Xoja Afandi» laqabi bilan ma’lum bo‘lib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. Xoja Afandi ancha olim va komil odam bo‘lib, ko‘p yillar Bursaning qozisi lavozimida xizmat qilgan. Salohiddinning tug‘ilgan yili aniq ma’lum emas. Turkcha manbalarda u hijriy 755-765 (melodiy 1354-1364) yillar orasida tug‘ilgan, deb taxmin qilinadi. Qozizoda boshlang‘ich ma’lumotlarini Bursadagi madrasada olib, astronomiya va matematika bilimlarini mavlono Shamsiddin Fanoriydan o‘rganadi. Lekin u yoshligidan Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning yuksak darajada ekanligini eshitib, u yerga ketishga taraddud ko‘ra boshlaydi.

Davomi👉https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/qozizoda-rumiy-1364-1436/
#Xalqaro hamkorlik

"Kurchatov instituti" Milliy tadqiqot markazi olimlari O'zbekistonda-hamkorlik, yangi yo'nalishlar va tadqiqotlar samarasi yo'lida

Kurchatov instituti (Национальный исследовательский центр «Курчатовский Институт») haqida qisqacha ma'lumot bersak, "Kurchatov instituti" Milliy tadqiqot markazi) - Rossiyaning atom energetikasi sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti. U Igor Kurchatov nomi bilan atalgan.
Sovet Ittifoqida u I.V Kurchatov nomidagi Atom energiyasi instituti (Институт Атомной Энергии им. И.В. Курчатова Kurchatova) nomi bilan mashhur edi. Qisqartirilgan shakli KIAE (ruscha: КИАЭ). 1991-yildan 2010-yilgacha u "Kurchatov instituti" Rossiya ilmiy markazi (Роcсийский научный центр «Курчатовский Институт» "Kurchatovskiy Institut") nomi bilan atalgan.
1955-yilgacha "SSSR Fanlar akademiyasining 2-sonli laboratoriyasi" maxfiy nomi bilan mashhur boʻlgan Kurchatov instituti 1943-yilda tashkil etilgan.
Kecha O’zbekiston Fanlar akademiyasida “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqotlar markazi rahbari Dyakova.Y.A rahbarligidagi delegatsiya kutib olindi. Fanlar akademiyasi prezidenti, yadro fizik olim Bexzod Yuldashev va ilmiy tadqiqot muassasi rahbarlari “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqotlar markazi, Kurchatov Genomika markazi, Sinxron-neytron tadqiqotlar bo'yicha Kurchatov kompleksi vakillari bilan uchrashib, O’zbekiston Fanlar akademiyasi va "Kurchatov instituti" Milliy tadqiqot markazining ilmiy yo’nalishlari, tadqiqot masalalari, kelajakdagi hamkorlik ishlari va loyihalarini ko’rib chiqishdi.

Bizni kuzatib boring, uchrashuv va hamkorlik doirasidagi masalalar tafsiloti bilan tanishtirib boramiz
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Xalqaro_ishchi_kengash

Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” -Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi o’z ishini boshladi

Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida “Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” mavzusida Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi faoliyati boshlandi. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti hamda Dubna shahridagi Yadro tadqiqotlari birlashgan institutining neytron fizikasi laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bagʻishlab o’tkazilmoqda. O‘zbekiston olimlari va mutaxassislarining yadro fizikasi, yadro texnologiyalari sohasidagi ilmiy ishlari va ularning yuqori saviyasi xorijdagi hamkasblarida katta qiziqish uygʻotayotganligi ularning tashkil etilayotgan kengashda keng ishtirok erish istagidan bildirishlarida namoyon bo'lmoqda. Kengashda Rossiya, Qozogʻiston, Vyetnamdan 47 nafar olim, shu jumladan Toshkent va Samarqand ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlaridan 19 nafar olim ishtirok etmoqda.
Ushbu Kengashni o’tkazishdan asosiy maqsad yosh mutaxassislar va magistrantlarning yadro fizikasi faniga boʻlgan qiziqishini oshirish bo'lib, yadro fizikasi sohasidagi yangiliklarni o'zaro almashishlari uchun turli ilmiy markazlarning yetakchi olimlari yadro fizikasi, arxeologiya, sinxrotron va neytron tadqiqotlari, madaniy meros obyektlarini buzmasdan tadqiq qilish boʻyicha maʼruzalarr oʻqishlari uchun taklif etilgan.
Kengash yalpi majlislarda jami 10 ta maʼruza, shoʻba majlislarida 20 ta maʼruza eshitiladi.
Kengashda turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.

Xalqaro ishchi Kengash ishi ertaga ham davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bugunning hikmati


Sevgida quyosh kabi bo'l.
Do'stlik va qardoshlikda
oqar suv kabi bo'l.
Birovlarning xatolarini yopishda
kecha kabi bo'l.
Tavozeda tuproq kabi bo'l.
G'azab onida o'lik kabi bo'l.
Har ne bo'lsang bo'l –
yo asling kabi ko'rin,
yo ko'ringaning kabi bo'l.

Jaloliddin Rumiy
#Jarayon


Bugun suratga olganimiz "Fan va tarix" kōrsatuvida Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan 2012-yil 18-aprelda tashkil etilgan Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining yaqin tarixi, bugungi ilmiy tadqiqotlari haqida sōz bordi. Efirlarimizni kuzatib boring! Ilm- fanga befarq bōlmagan kuzatuvchilarimizning fikrlari biz uchun muhim!
TAVSIYA! 👉

Telegram’dagi saviyasiz va bemaza kanallardan zerikdingizmi? Hamma joyda “aylanadigan” bir xil rasm/videolardan bezib ketdingizmi?

Unda sizga ziyolilarga mo‘ljallangan kanalni tavsiya qilamiz – “Madaniyat va ma’rifat” telekanali. O‘zbekistonda o‘z yo‘nalishida yagona bo‘lgan telekanalning rasmiy sahifasida ziyolilarning millatni uyg‘otuvchi teran fikrlari, ilm-fan, adabiyot, san’at, kino va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar joylab boriladi.

Obuna bo‘ling – “Madaniyat va ma’rifat” telekanali!
#Online                                                               

"Ōzbekiston" telekanalida 18:30 da "Munosabat" tok shousini jonli efirda kōring! Kōrsatuvda Davlat tilini rivojlantirishda Fanlar akademiyasi olimlari amalga oshirayotgan ishlar tilga olinadi. Mavzu dolzarb. Bizni kuzatishni unutmang!