O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.42K subscribers
13.2K photos
1.21K videos
592 files
6.97K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
E'lon!

Ertadan “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi” o'z ishini boshlaydi

So‘nggi yillarda dunyoda yuz bergan turli ofatlar seysmologiya sohasini har bir mamlakat uchun naqadar muhim ekanligini anglatdi.
O‘zbekistonda ham seysmologiya yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilib, soha vakillari, olimlar bu yo‘nalishlarda qator ilmiy izlanishlarni, yangi loyihalarni boshlashdi.
Ulkan loyihalardan yana biriga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti mezbonlik qilmoqda.
Toshkent shahrida 11-15 sentabr kunlari “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi”, MDH davlatlarining yosh seysmologlari maktabining xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanning ochilish marosimi: 2023-yil 11-sentabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 1-qavat anjumanlar zalida bo’lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yahyo Gulyamov ko‘chasi, 70-uy.

11–14 sentabr kunlari plenar majlislar, ilmiy sessiyalar, amaliy va uslubiy mashg‘ulotlar “O‘zbekiston” mehmonxonasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi.
#Bugunning hikmati

Insonning qadr-qimmati nimaga erishganiga qarab emas, nima berganiga qarab belgilanishi kerak. Muvaffaqiyatli emas, balki qimmatli odam bo'lishga harakat qiling.

Albert Eynshteyn
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Фанлар академиясининг 80 йиллиги юбилейи ўтказилади

“Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси ташкил топганлигининг 80 йиллигига бағишланган юбилей тадбирларини ўтказишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–298-сон, 09.09.2023 й.) қабул қилинди

🗓 Қарорга кўра, Фанлар академиясининг юбилей тадбирлари 2023 йил 12–14 декабрь кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.

🔘 Шунга кўра, қуйидагилар ташкил этилади:

🔹“Илм-фан – Янги Ўзбекистон пойдевори” мавзусида халқаро конференция;

🔹Инновацион ишланмалар кўргазмаси;

🔹Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзолигига (академикликка) танлов;

🔹“Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг тарихи” экспозицияси.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Online
Loyiha-kelajakning homaki rejasi. Barcha yuksalishlar loyihalardan boshlanadi!

Bugun 11-15 sentabr kunlari bo’lib o’tishi kutilayotgan “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi”, MDH davlatlarining yosh seysmologlari maktabining xalqaro anjumani O’zbekiston Fanlar akademiyasida soha vakillari, yosh olimlarning birdamligi bilan yuksak ruhiyatda o’z ishini boshladi.
Ushbu maktabda ehtimoliy usullardan foydalangan holda seysmik xavfni baholashning zamonaviy usullari va texnologiyalari bilan tanishish, zilzilani bashorat qilish, seysmik manbalarning turli modellaridan foydalangan holda seysmik xavfni, seysmik xavfni ehtimoliy baholashga qo’yiladigan asosiy talablar, har xil turdagi seysmik manbalarni aniqlash tamoyillari, seysmik manbalarni tahlil qilish, seysmik tebranishlarni susaytirish tenglamalarini tanlash, seysmik ta’sirlarni hisoblash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar bo’lib o’tadi.
Anjumandan kutilayotgan natijalari shundan iboratki:
MDH ishtirokchi davlatlarining yosh olimlari tomonidan seysmik xavfni baholashning zamonaviy usullari, zilzilalar prognozi, seysmik xavfning asosiy asoslari, O’zbekiston Respublikasida bunday ishlarni amalga oshirish tajribasi bilan tanishish to’g’risida nazariy bilimlar olish, seysmik xavfning nazariy va amaliy asoslarini, hududlar va yirik qurilish obektlari uchun seysmik xavfni baholashning zamonaviy usullari o’rganiladi. Bir so’z bilan aytganda ushbu “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi” yosh olimlarning bilim, tajriba va yangiliklarni almashishlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#E'tirof

Qoraqalpoq tili fidoyisi bo'lgan olimimiz yuksak unvon bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti «Qoraqalpoq tili» bo‘limi boshlig‘i filologiya fanlari doktori, professor Alniyazov Aytmurat Ismailovich «Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.E'tirof muborak bo'lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Suvni asraylik!

Suvni tejash-bugunning dolzarb masalasi

Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo’llarini ilmiy tomondan asoslash, respublikaning turli tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, tuproq unumdorligini saqlaydigan va oshiradigan, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini ta’minlaydigan qishloq xo’jalik ekinlar turini to’g’ri tanlagan holda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga taklif va tavsiyalar berishni vaziyat taqozo etmoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qo’llagan holda, oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va bu borada FA Navoiy bo’limida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Fanlar akademiyasi Navoiy bo’limi olimlari tomonidan 2018-2022 yillar davomida bentonit gillaridan qishloq xo’jaligida foydalanish bo’yicha samarador texnologiyalar: qishloq xo’jalik ekinlari urug’larini bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish hamda bargidan oziqlantirishda bentonit va o’g’itli suspenziyadan foydalanish texnologiyalari ishlab chiqildi.
Chigit ekilgandan keyin, bentonit gillari tuproqdagi suvni so’rib olishi, ya’ni, sorbentlik xususiyati bo’lgani uchun chigitning suvga bo’lgan ehtiyoji to’liq ta’minlanib, “stress”siz unib chiqish imkoniyati bo’ladi. Chigit yuzidagi yupqa bentonitli qobiq sho’rlangan yerlarda namlikni so’rib olishi jaryonida tuproqdagi mavjud tuzlarning ma’lum qismini o’zida ushlab qolishi aniqlandi.

Batafsil👉 https://facebook.com/academy.uz
Shahnoza Qodirova,
Fanlar akademiyasi Navoiy bo’limi ilmiy xodimi
#Suvni_asrash_haftaligi

Boshlangan ushbu haftada ko'plab vazirlik va tashkilotlar qatori O'zbekiston Fanlar akademiyasi ham "Suvni tejash, asrab-avaylashdek ezgu g'oyalarni targ'ib etish" haftaligida ishtirok etmoqda. Olimlarimiz, yosh tadqiqotchilarimizni suv tejamkorligi borasida fikrlari, ilmiy qarashlari va maqolalari bo'lsa bizga murojaat qilishlarini so'raymiz. Tabiatni, yerimizni va suvimizni asrashga barchamiz mas'ulmiz!

Fanlar akademiyasi Axborot xizmati-(71) 233-60-72


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

🔵 Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фоалиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Bugunning hikmati

​​Bizning hurmatimiz hech qachon yiqilmaganimizda emas, balki necha marotaba yiqilsak-da, qayta tura olishimizda.

Konfutsiy