O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.26K subscribers
15K photos
1.34K videos
643 files
7.82K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

⚡️Joriy yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30 apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-232-sonli qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan Zero Carbon Fair yetakchiligida tashkil qilingan «Tashkent Travel Mart 2022» B2B formatidagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ochilishiga tashrif buyurgan Isroil turizm vaziri Yoel Razvozov Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham mehmon bo‘ldi.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

⚡️Joriy yilning 19-20 may kunlari «ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Pokistonning Hududlararo muvofiqlashtirish federal vaziri Ehsan Ur Rahmon Mazori boshchiligidagi delegatsiya Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘ldi.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

⚡️Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir qator davlat delegatsiyalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘lishmoqda.

📸Foto lavhalar.
Hindiston turizm vaziri o‘rinbosari Rakesh Kumar Varma.
Tojikiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Tojiddin Jo‘razoda.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

⚡️ «ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilarining Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi.

📸Foto lavhalar.
Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Matitsin Oleg Vasilyevich.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi
📸Foto lavhalar

Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisi Sheralizoda Baxodur tashrifi.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi
📸Foto lavhalar

Joriy yilning 28 iyun kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Fransiyaning “Le Cordon Bleu” pazandalik san'ati akademiyasi prezidenti Andrе J.Cointreau Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘ldi.

📍Frantsiya oshpazlik akademiyasi Prezidentining tashrifidan maqsad O'zbekiston, xususan, Toshkent bilan turizm va gastronomiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

19 iyul kuni Eron Islom Respublikasining Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Sorena Sattoriy boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi boshlandi. Tashrifning ilk kunida delegatsiya a’zolari Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘lishdi.

📍Sorena Sattoriyning O‘zbekistonga tashrifi ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

Joriy yilning 28-29 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlari vazirlari kengashining yig‘ilishida qatnashish maqsadida ShHT bosh kotibi Chjan Min boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

27 iyul kuni ShHT bosh kotibi Chjan Min Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘ldi.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari Kengashida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovniki Raximzoda Ramazon Xamro boshchiligidagi delegatsiya Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘ldi.

🏛@temurid_museum
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

🇮🇳 Hindiston Mudofaa vazirligi delеgatsiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

🇧🇾 Belarus Respublikasi sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘lishdi.

Telegram|Facebook|Instagram| Youtube| Web-site
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

🇮🇩 O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm brendi elchisi E.Margianti va Indoneziyaning yetakchi "SCTV" telekanali muxbirlaridan iborat delegatsiya a'zolarining Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrirfi.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

🇺🇿 REFERENDUM - 2023

O‘zbekiston Respublikasi referendumi kuzatuvchisi Qozog‘iston Parlamenti Majlisi Qonunchilik qo‘mitasi a’zosi Unzila Shapakning Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site