O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.36K subscribers
12.9K photos
1.19K videos
572 files
6.79K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
​​#tadqiqot

RAVOT TOPILMALARI

2022 yilning 28 yanvar kuni O‘zbkiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga o‘rganish uchun Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Ravot qishlog‘ida yashovchi Doston Eshmurodov o‘zi yashaydigan qishloqda dehqonchilik qilayotganda topib olgan 21 dona mis tangalarni, 1 dona mitti mis qoshiqchani va 1 dona misdan yasalgan noma’lum buyumning sinig‘ini keltirib topshirdi. O‘rganish jarayonida ular kimyoviy moddalar yordamida zangdan tozalanilganligi, bu harakat noto‘g‘ri amalga oshirilganligi tufayli ularga katta zarar etkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Keltirilgan ashyolar qaytadan zang va ularga yopishib qolgan kimyoviy moddalardan qayta tozalangandan so‘ng, tangalardan 6 donasiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmadi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra aniqlangan tangalar X va XIV–XVI asrlar Buxoro va Samarqandda zarb qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Dilmurod Normurodov – O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, Tarix instituti bo‘lim boshlig‘i, PhD.

🏛@temurid_museum
#TADQIQOT

Yana bir ilmiy
tadqiqot natijasi xalqaro ilmiy jurnalda nashr etildi

FA Milliy arxeologiya markazi direktori F.Maqsudov va chet ellik hamkasblari bilan hamkorlikdagi "O'rta Osiyoning tog’li tegralaridagi ilk islom qabristoni ma’lumotlariga ko’ra “dafn udumi jamoasi” va din" nomli maqolasi Antiquity jurnalida nashr etildi.
Maqolada O’rta Osiyodagi ilk islom jamoalari bo’yicha arxeologik tadqiqotlar asosan tekisliklardagi shaharlashgan jamoalarga qaratilganligini ta’kidlangan. Shuningdek, Oʻzbekistonning janubi-sharqida joylashgan Toshbuloq arxeologik yodgorligidagi ilk islom qabristonida yaqin yillarda olib borilgan geofizik (georadar va magnitometriya) tadqiqot, qazishmalar va bio-antropologik izlanishlar to’g’risida maʼlumot beriladi. AMS-sanalashtirish qabristonning eramizning VIII asr o'rtalarida tashkil etilganini ko'rsatadi. Bu fakt esa uni O’rta Osiyoda hujjatlashtirilgan eng qadimgi islom qabristonlaridan biriga aylantiradi. Toshbuloqdagi qabrlar o’z shakli va jasadlarni qo'yish bo'yicha islom qoidalariga to’g’ri keladi. Udumdagi izchillik o'sha paytda “dafn udumi jamoasi” mavjud bo’ganini ko'rsatadi. Ushbu izanish mintaqaning chet hududlarida islom dinining sekin tarqalgani tushunchasini rad qiladi va ilk islom jamoalarining turlichaligini hujjatlashtirishda arheologik va antropologik yondashuvlarning muhimligini ko’rsatadi.
Maqolaning to’liq matni bilan quyida tanishish mumkin: https://www.doi.org/10.15184/aqy.2021.106
#TADQIQOT

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San'atshunoslik instituti "San'at tarixi" bo'limi hamda O'zR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yuqori texnologiyalar markazining "Geofizika va nanomineralogiya" bo'limining ilmiy xodimlari hamkorlikda Surxondaryo viloyat Sho'rchi tumanidagi Dalvarzintepa yodgorligida arxeologik va geofizik tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
#TADQIQOT

Namangandagi arxeologik yodgorliklarda arxeoseysmologik tadqiqotlar oʼtkazildi

2019-2022-yillarda arxeologlar professor А.А.Аnarbayev rahbarligida Baland-Tepa va Qirqhujra arxeologik yodgorliklarida tozalash ishlari va yangi qazilmalar oʼtkazish tadbirlari davomida kuchli paleo-zilzilalar va eramizda boʼlib oʼtgan zilzilalar taʼsirida paydo boʼlgan turli xil qoldiq deformatsiyalar topildi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/namangandagi-arxeologik-yodgorliklarda-arxeoseysmologik-tadqiqotlar-otkazildi

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING:
📍 Telegram:
https://t.iss.one/ANRUz
📍Facebook:
facebook.com/academy.uz
📍Instagram:
instagram.com/fanlar_akademiyasi
📍Youtube:
youtube.com/academy.uz
#TADQIQOT EKSPEDITSIYASI

Amudaryo toʻqaylarining floristik va fitosenotik xilma-xilligi oʻrganildi

Ilmiy safar davomida tadqiqotlar Amudaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, ya’ni, Buxoro viloyatining Romitan, Xorazm viloyatining Tuproqqal’a, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Nukus tumanlarida, shuningdek, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi va Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati hududlarida olib borildi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/amudaryo-toqaylarining-floristik-va-fitosenotik-xilma-xilligi-organildi
#TADQIQOT
Катқаъла ёдгорлигида археологик тадқиқотлар давом этмоқда

Хоразм Маъмун академияси археологлари Катқаъла ёдгорлигида археологик тадқиқотларни давом эттирмоқдалар.
Тадқиқотлар давомида архаик давр, антик давр, илк ўрта асрлар, ривожланган ўрта асрлар даври маданий қатламлари очиб ўрганилмоқда. Турли ҳил сопол буюмлар, хумлар, хумчалар, сопол қозонлар, кўзалар, инсон ва ҳайвон хайкалчалари топилди. Шу билан бирга, илк антик даврга тегишли бўлган меъморий иншоот, сўнгги антик даврга оид турар-жой қолдиқлари ҳам ўрганилди.
Ушбу тадқиқотлар Жанубий Хоразмда архаик даврдан то ўрта асрларгача бўлган давр шаҳарсозлик маданияти муаммоларини ўрганишга хизмат қилади.
#TADQIQOT

🔍 Markaziy Farg’ona cho’llarida arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda

Qadimgi Sho’rkol, Uzunko’l, Achchiq ko’l hududlarida olib borilayotgan dala izlanishlari natijasida arxeologlar tomonidan birinchi topilmalar, ya'ni, tosh artefaktlar va sopol buyumlar parchalari qo’lga kiritildi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/markaziy-fargona-chollarida-arxeologik-tadqiqotlar-olib-borilmoqda

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING:
📍 Telegram:
https://t.iss.one/ANRUz
📍Facebook:
facebook.com/academy.uz
📍Instagram:
instagram.com/fanlar_akademiyasi
📍Youtube:
youtube.com/academy.uz
#TADQIQOT

Katqa’la arxeologik ekspedisiyasi navbatdagi tadqiqotlarini yakunladi

Topilmalar ichida antik davrga oid haykalchalar, bus-butun aniqlangan sopol qozonlar ham o‘rganildi. Aniqlangan haykalchalarning ba’zilari noyob hisoblanadi va qadimgi Xorazmning haykaltaroshlik san’atiga doir yangi ma’lumotlarni taqdim etadi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/katqala-arxeologik-ekspedisiyasi-navbatdagi-tadqiqotlarini-yakunladi
#TADQIQOT

Yakkabogʼdagi 14 – 15-asrlarga oid maqbarada qazish ishlari olib borildi

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Xalqaro Аmir Temur xayriya jamoat fondi Yakkabogʼ tuman muassasasi xodimlari hamkorligida Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʼ tumani, “Uchtepa” va “Olaqargʼa” MFY oraligʼida “tuproqqa koʼmilib borayotgan” maqbarada qazish ishlari olib borildi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/yakkabogdagi-14-15-asrlarga-oid-maqbarada-qazish-ishlari-olib-borildi

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING:
📍 Telegram:
https://t.iss.one/ANRUz
📍Facebook:
facebook.com/academy.uz
📍Instagram:
instagram.com/fanlar_akademiyasi
📍Youtube:
youtube.com/academy.uz
#TADQIQOT

Аmudaryo daryosining quyi qismidan oxirgi 40 yilda birinchi marotoba qora kaptarning uyalashiga doir ishonchli maʼlumotlar olindi

OʼzR FА Zoologiya institutida bajarilayotgan “Qoraqalpogʼistonning kamyob, yoʼqolib ketish xavfi ostida boʼlgan hayvonlar turlari kadastrini yuritish va tekis tuyoqlilarini hisobga olish usullarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Аmudaryo deltasida qora kaptarning uyalovchi populyatsiyasi saqlanib qolinganligi aniqlandi.
Qora kaptar Xalqaro qizil roʼyxatga va Oʼzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga zaif, qisqarib borayotgan tur sifatida kiritilgan. Hisob ishlarini oʼtkazish davrida ushbu mintaqada 110-115 juftdan kam boʼlmagan qushning uyalashda ishtirok etishi aniqlandi.
Аmudaryo deltasidagi toʼqayzorlar, xususan, koʼp yillik, yoʼgʼon poyali turangʼil daraxtlari ushbu noyob kaptar turi populyatsiyasining reproduktivligini saqlashda muhim oʼrin tutadi.
#TADQIQOT

Oʼrta va yuqori paleolit davri xususiyatlarini aks ettiruvchi koʼplab tosh qurollar majmuasi topildi

Oʼzbekistonning sharqiy qismidagi Gʼarbiy Tyan-Shan togʼlari oraligʼidagi Chotqol togʼlari hududida soʼnggi yillarida, Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʼlimi Аrxeologiya va etnografiya instituti, Polshaning Varshava universiteti arxeologiya fakulteti va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan xalqaro hamkorlik asosida arxeologik dala qidiruv tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Ular tomonidan Ohangaron daryosi oʼrta oqimi, oʼng sohilida joylashgan yangi paleolit yodgorligi, “Koʼksaroy 2” manzili aniqlandi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/orta-va-yuqori-paleolit-davri-xususiyatlarini-aks-ettiruvchi-koplab-tosh-qurollar-majmuasi-topildi
#TADQIQOT

🔍 Suyurlitepa yodgorligida olib borilayotgan tadqiqotlar tarix moʼjizalarini kashf etishda davom etmoqda

📎 Arxeologik qazishmalar natijasida Suyurlitepadan Turk xoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Mo‘g‘ullar bosqini davriga oid boy ashyolar, tangalar, sopol idishlar, kamon o‘qining uchlari, shisha idishlar, turli xil taqinchoqlar, suyakdan qilingan taroqlar va boshqa ko‘plab tarixiy buyumlar topildiki, bularning hammasi ushbu shahar tarixini yoritishda chinakam xazinadir.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/suyurlitepa-yodgorligida-olib-borilayotgan-tadqiqotlar-tarix-mojizalarini-kashf-etishda-davom-etmoqda
#TADQIQOT

Qadimiy Aqshaxon qal'asini o'rganish davom etmoqda

Qazishmalar natijasida darvozaning ikki tomonida qurilgan kirish va chiqish panduslari topildi. Yuqori shaharning janubi-sharqiy darvozasi va ichki makonining kirish labirintida panduslarning mavjudligi o'ziga xos qurilish inshooti bo'lib, u hali Qadimgi Xorazm shaharsozlikda qayd etilmagan.

Продолжаются исследования древней крепости Акшахан

Результатом раскопок было обнаружение входного и выходного пандусов. Наличие пандусов в предвратном лабиринте юго-восточных ворот и внутреннем пространстве Верхнего города является своеобразной строительной конструкцией, которая на данный момент не была зафиксирована в градостроительстве Древнего Хорезма.

BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/qadimiy-aqshaxon-qalasini-organish-davom-etmoqda
#TADQIQOT

🔎 Qanqa yodgorligida XI-XII va VII-VIII asrlarga oid mahobatli inshoot qoldiqlari ochildi

📌 O‘zR FА Milliy arxeologiya markazi Qanqa kompleks ekspeditsiyasining 2022-yilda Toshkent vohasining eng yirik shaharlaridan bo‘lgan Qanqa yodgorligida olib borgan arxeologik izlanishlari davomida Toshkent vohasining o‘rta asrlar tarixiga oid yangi maʼlumotlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, XI-XII asrlar bilan davrlashtirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6.30 m boʼlgan katta zal ochildi.

📎 Qazuv ishlari davomida shuningdek, o‘rta asr qatlamlari ostida ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lgan yana bir yirik inshoot qoldiqlari ochildi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/qanqa-yodgorligida-xi-xii-va-vii-viii-asrlarga-oid-mahobatli-inshoot-qoldiqlari-ochildi
#TADQIQOT

So'nggi ikki yil davomida chet eldagi yirik ilmiy markazlar bilan FA Milliy arxeologiya markazi olimlari birgalikda olib borilgan tadqiqot natijalari PLOS ONE jurnalida bugun chop etildi.
Maqola "O'rta Pleystosen chog'ida O'rta Osiyo qurg'oqchil tegralarining o'zlashtirilishi" deb atalib, unda mintaqamizdagi barcha qadimgi tosh davri yodgorliklarining GIS tahlili, davrlashtirish va ko'chishlar talqin qilingan. Maqolaning konsepsiyasi, ilmiy izlanish muallifligi va qoralama matni o'zbek arxeologlari - Farhod Maqsudov va va Akmal Muhammadiyevlarga ham tegishlidir.

Plos One jurnali SCOPUS va Web Of Science bazalarida 1-kvartildan o'rin olgan va 2022-yil uchun 3,24 impakt faktoriga ega nufuzli ilmiy nashr sanaladi.

https://journals.plos.org/plosone/article?id=10.1371/journal.pone.0273984