#YANGI YIL TABRIGI
❄️ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupovning yangi yil tabrigi
Hurmatli akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar va Fanlar akademiyasi jamoasi!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman, ilmiy kashfiyotlar, yangi yutuqlar sari yuksak parvozlar tilayman. O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga hukumatimiz tomonidan yildan yilga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Shubhasiz, mamlakat ilm-fansiz rivojlanmaydi. Shuning uchun, yangi yildagi asosiy maqsad - barchamiz birgalikda bir kuch bo‘lib, o‘zbek ilm-fanini yanada rivojlantirish, yangi yangi marralarni zabt etishdir.
Bu zahmatli yo‘lda sizga kuch-g‘ayrat, matonat tilayman.
Kelayotgan yangi 2025-“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, huzur-halovat, quvonch, yaxshi kayfiyat va yuksak ilmiy zafarlar yor bo‘lsin!
Yana bir bor bayramingiz bilan!
BATAFSIL👉https://www.facebook.com/share/p/1G2j5kgEPv/
Bizni kuzatishda davom eting 👉🏼 https://t.iss.one/ANRUz

Forwarded from "Fan" nashriyoti
#yangi_nashr
✏️Абдували Йўлдошев
📚Чет элларда ўқиган Туркистонлик ёшлар
Харид учун +998 97-636-21-02
@fannashriyoti
✏️Абдували Йўлдошев
📚Чет элларда ўқиган Туркистонлик ёшлар
Харид учун +998 97-636-21-02
@fannashriyoti
#YANGI NASHR
✍🏻 XIVA XONLIGI TARIXIGA OID YANGI MONOGRAFIYA
Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad va tarix fanlari doktori, dosent Sadoqat Matkarimovalar hammuallifligidagi yangi kitob Buxorodagi “Durdona” nashriyotida chop qilindi. “Xiva xonligi Rossiya mustamlakachiligi davrida. 1873-1917-yillar” nomli monografiyada Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka davrida xonlik davridagi ijtimoiy-ma’rifiy, iqtisodiy jarayonlar tadqiq etiladi.
1873-yildagi istilodan to 1917-yilda kechgan voqeliklar, mustamlaka holatda ham jamiyatda islohotlar olib borgan taraqqiyparvarlarning sa’yi-harakati, bu davrdagi agrar soha, sanoat, savdo, nemis mennonitlarining vohadagi faoliyati, jadidchilik harakati, shuningdek mustamlakachilikka qarshi xalq qoʻzgʻoloni, 1917-yildagi “Yosh xivaliklar”ning istiqlol sari intilishlari oʻsha davrga oid arxiv hujjatlari, vaqtli matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar, memuarlar, ilmiy adabiyotlar orqali tadqiq qilinadi.

✏️ Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan “Sotsiolingvistika” monografiyasi nashr etildi.
➡️ Mazkur monografiya til ijtimoiyligi, tilning ijtimoiy vazifalari, tilda ijtimoiy farqlanish, tilning demografik quvvati, til va jamiyat ta’sirlashuvi, til siyosati, til vaziyati, ikkitillilik va ko‘ptillilik muammolari, til qonunchiligi, davlat tili, rasmiy til, ishchi til, ona tili, etnik til, birinchi til, ikkinchi til, tilning yashash shakllari, sotsiolingvistika bo‘limlari va ijtimoiy tilshunoslikning boshqa muhim tushunchalari tadqiqiqga bag‘ishlangan.
✔️ Monografiya tilshunoslar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, pedagog-o‘qituvchilar, filologiya fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari, umuman, sotsiolingvistika bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NASHR
☄️ 2025-yil yanvar oyida Primus Books nashriyoti tomonidan Hindiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlarga oid “Confluence of India and Central Asia through the Ages” monografiyasi chop etildi. (Syed Axtar Husain tomonidan tahrirlangan. Hindiston xalqaro markazi. Dehli. Primus Books. 2025. Pp.358).
➡️ E’tiborli jihati shundaki, mazkur monografiya mualliflari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi markazi bo‘lim boshlig‘i, professor Mirzohid Rahimov ham bor.
✔️ Jamoa monografiyasida Markaziy va Janubiy Osiyoning boy o‘tmishi va istiqbolli kelajagi haqida hikoya qiluvchi bo‘limlar mavjud. Ushbu monografiyasida olimlar mintaqalarning tarixiy aloqalari va madaniy boyligini tadqiq qiladilar.
Monografiyasining bir qator boblari Hindiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi zamonaviy hamkorlik, koʻp tomonlama munosabatlar, muammolar, hamkorlikning holati va istiqbollariga bagʻishlangan.
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram
Monografiyasining bir qator boblari Hindiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi zamonaviy hamkorlik, koʻp tomonlama munosabatlar, muammolar, hamkorlikning holati va istiqbollariga bagʻishlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
#yangi_kelgan_chet_el_adabiyotlari
#yangi_kelgan_avtoreferatlar
✔️ Kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi
📚 Kitob - inson tafakkuri va bilim manbai. Shu bois, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va yoshlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.
💧 Mazkur kitob ko‘rgazmalari yangi kelgan chet el adabiyotlari, yangi kelgan avtoreferatlar, 2025 yil - Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yiliga oid turli janrlardagi adabiyotlardan tashkil topgan.
📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram
#yangi_kelgan_avtoreferatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
#Yangi_kelgan_kitoblar
✔️ Farg‘ona vodiysi dendroflorasi
➡️ Mazkur monografiyada Farg‘ona vodiysi hududida 2020-2023 yillar moboynida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari davomida daraxt va butalarning 32 oilaga mansub 165 turi uchrashi aniqlandi. Ushbu monografiyada dendroflora ro‘yxatida keltirilayotgan har bir turning rasmi, areal sinfi, hayoti shakli, yashash joyi, foydaliligi, tadqiqot hududidagi balandlik diapazoni va botanik-geografik rayonlar kesimida tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
📝 Daminova, N. E., Tojibayev K. Sh. Farg‘ona vodiysi dendroflorasi.- Toshkent: Ziyo nashr-matbaa, 2024.- 212 b.
📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
#Yangi_kelgan_kitoblar
✔️ SUZUK OTA IZIDAN
➡️ Muallif Shodimetov Kamoljonning ushbu kitobida olis va yaqin o‘tmishda xalqimizning hurmati ixlosini qozongan buyuk allomalarning nomlariga bunyod etilgan inshootlar sirasiga kiruvchi Suzuk ota maqbarasi va masjidi majmuasi haqida. Kitob bu muqaddas qadamjoga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi, sayyoh, tadqiqotchida tug‘ilishi tabiiy bo‘lgan savollarga javob beradi. Ajdodlarimizning boy meroslariga qiziquvchi har bir kitobxonga foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
📝 Shodimetov K. Suzuk ota izidan.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.– 284 b.
📣 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI NAShR
📚TURG‘UN FAYZIYEVNING “TEMURIY MALIKALAR” KITOBI YAPONIYADA NASHR ETILDI
▶️ Amir Temur va temuriy shahzodalar XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning birinchi choragigacha О‘rta Osiyo, Shimoliy Afg‘oniston, qisman Eron hamda Iroq mamlakatlarida hukmronlik qilganlar.
❗️ Shahzodalar singari temuriylar sulolasiga mansub malikalar orasida ham iste’dodli siyosatdon, suxandon, yetuk olima va xassos shoiralar yetishib chiqqan. Ular tarix zarvaraqlarida о‘zlaridan о‘chmas iz qoldirganlar.
➡️ Mazkur risolada Saroy Mulk xonim, Gavhar Shod begim, Shodmulk Xotun, Arjumand bonu, Zebunniso begim singari iste’dodli temuriy malikalar haqida qiziqarli ma’lumotlar о‘rin olgan.
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram
📚TURG‘UN FAYZIYEVNING “TEMURIY MALIKALAR” KITOBI YAPONIYADA NASHR ETILDI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM