O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#KUN TARIXI
3-yanvar


🌎 1851-yil Jean Fuko tajriba oʻtkazib, Yerning aylanishini isbotladi.
⚡️1868-yil Yaponiyada Meydzi imperatorlikni qayta tikladi.
🍹1888-yil Vashingtonda Marvin Stoun kokteyl ichish uchun naychaga patent oldi.
📍1911-yil Verniy zilzila sabab vayron bo‘ldi.
🔍1924-yil Karter ekspeditsiyasi fir‘avinning toshtobutini topishdi. Ichidan mumiyo solingan oltin tobut chiqdi.
✈️ 1934-yil SSSRda radiolokator orqali samolyotni topish tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
🖥 1977-yil Apple kompaniyasining birinchi kompyuteri ishlab chiqildi.
📃 1992-yil Fransiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
🛶 2007-yil Ginnesning yangi rekordi: 14 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini suzib o‘tdi.
Shuningdek, 3-yanvar - Kamsitilishga qarshi kun, Xalqaro tana va ruh salomatligi kuni sifatida nishonlanadi

Bizni kuzatishda davom eting 👉🏼 https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
4-yanvar


💉1885-yil Doktor Uilyam Grant Ayovada dunyodagi birinchi muvaffaqiyatli ko‘richak (appenditsit) operatsiyasini amalga oshirdi.
📺1938-yil Sirk namoyishi birinchi marta televizorda namoyish etildi.
📜1943-yil “Taym” jurnali Stalinni “Yil odami” deb e‘lon qildi.
📰1956-yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.
🛰1959-yil “Luna-1” Oyga yetib borgan birinchi kosmik apparat bo‘ldi.
1963-yil
Toshkent shahrida Chilonzor tumani tashkil qilindi.
📝1997-yil “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni ta’sis etildi.
📍2010-yil dunyodagi eng baland osmono‘par bino – Burji Xalifa ochildi.

Bizni kuzatib boring   https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
6-yanvar


📡 1884-yil nemis ixtirochisi Pol Nipkov mexanik televizor uchun asos bo‘lgan elektr teleskop ixtirosiga patent berdi.
📍 1912-yil
Nyu-Meksiko AQShning 47-shtatiga aylandi.
🥛 1929-yil Amerikada birinchi marta sut shisha butilkalarda emas, balki qog‘oz qutilarda taklif qilingan.
🎖 1943-yil Ulug‘ Vatan urushi davrida SSSR Sovet armiyasining shaxsiy tarkibi uchun nishonlar (pogon) joriy etildi.
📌 1992-yil Gruziya prezidenti Zviad Gamsaxurdiya hokimiyatdan agʻdarildi.
📎 1992-yil Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi oʻz mustaqilligini e’lon qildi.
📍 1994-yil
Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
🚄 1994-yil “Toshkent–Jizzax” elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
🗓 2003-yil Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani tashkil etildi.
💼 2005-yil O‘zbekiston Sudan bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
🌍 2015-yil Yerga o‘xshashlik Indeksi juda yuqori bo‘lgan ekzoplaneta – Kepler – 438 b kashf qilindi.

BIZNI KUZATIB BORING https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
7-yanvar kuni bilan bog'liq ayrim tarixiy voqealar

🪐1610-yil Galileo Galiley Yupiterning to‘rtta eng katta yo‘ldoshini kashf qildi.
📍1785-yil fransiyalik Jan-Per Fransua Blanshar amerikalik Jon Jeffris bilan birga birinchi marta havo sharida La-Mansh bo‘ylab harakatlandi.
⚡️1866-yil Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan “Moskva - Toshkent” savdo shirkati tuzilgan.
✈️ 1942-yil Toshkentdagi V.P.Chkalov nomidagi aviasiya zavodi aviasozlari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi jangovar PS-84 samolyotlarini frontga joʻnatdi.
📎1964-yil Buxoro – Ural gaz quvurining birinchi navbati qurilishi yakunlandi.
✍🏻 1993-yil Turkmaniston Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi va diplomatik munosabatlarni oʻrnatdi.
🗒 1997-yil “Umid” jamg‘armasi tashkil etildi.
📝2008-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.

BIZNI KUZATIB BORING https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
8-yanvar kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar

🌍 1851-yil — fransuz fizigi Jan Bernard Leon Fuko Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi.
📝 1912-yil — Afrika milliy kongressi tashkil topdi.
⚡️1918-yil - AQSh prezidenti Vudro Vilson Birinchi jahon urushini tugatish bo‘yicha tinchlik shartnomasi loyihasini taqdim etdi.
📡 1973-yil — Lunoxod-2 bilan AMS Luna-21 ishga tushirildi.
📌 1978-yil — Eronda Islom inqilobining boshlandi.
🚌 1993-yil — Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) Davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.
🛰 1994-yil — Rossiyaning “Soyuz TM-18” kosmik kemasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi.
2004-yil — o'sha paytda dunyodagi eng katta yo'lovchi kemasi bo'lgan Queen Mary 2 dengiz layneri ishga tushirildi.
✍🏻 2010-yil — Salvador poytaxtida deyarli yarim asrdan keyin Kuba elchixonasi ochildi.
📝 2018-yil — Tadqiqotchilar yangi eng katta tub sonning kashfiyoti haqida xabar berishdi. Uni yozish uchun 23 million belgi kerak.

Shuningdek, 8-yanvar mamlakatimizda prokratura xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Prokuratura xodimlarini bugungi kasb bayrami munosabati bilan Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz.

Bizni kuzatib boring https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
9-yanvar kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar

💡 1816-yil — Angliyada Davy lampasining birinchi sinovi bo‘lib o‘tdi. Bu minglab odamlarning hayotini saqlab qolgan ixtiro edi.
📍1922-yil — Buryat-Moʻgʻul avtonom viloyati tashkil topdi. Bugungi kunda mintaqa Buryatiya deb ataladi.
📎1951-yil — Nyu Yorkda BMT shtab-kvartirasi ochildi.
✍🏻1992-yil — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida suveren respub¬lika boʻlishi qonun yoʻli bilan mustahkamlandi.
1992-yil — Serbiya Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi.
📱2007-yil — Stiv Jobs birinchi iPhone ni taqdim etdi.

BIZNI KUZATIB BORING 👉🏻 https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
10-yanvar bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar


🚋 1863-yil — Londonda dunyodagi birinchi metro ochildi.
🚅 1900- yil Misrda Qohira temir yo'li qurib bitkazildi va birinchi poyezd ishga tushirildi.
📍 1946-yil — Londondagi Vestminsterda BMT Bosh Assambleyasining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
❗️ 1991-yil ommaviy transport vositalarida chekish taqiqlanib va tamaki mahsulotlarining reklamasi man qilindi.
📜 2003-yil — Shimoliy Koreya Yadro qurollarini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomadan (NPT) chiqishini e'lon qildi. Shimoliy Koreyaning rasmiy axborot agentligi KCNA tomonidan e'lon qilingan bayonotda, respublika hukumati o'zining go'yoki "tinch maqsadlarida" turib oldi.

BIZNI KUZATIB BORING https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
11-yanvar kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar


🕋 630-yil — Musulmonlar Muhammed bin Abdulloh boshchiligida Kabani fath etdi. Makkaning fathidan keyin Arabistonning fathi, Islomiyatning tarqalishini tezlashtirgan muhim bir omil bo‘ldi.
📍 1693-yil — Sitsiliyada kuchli zilzila yuz berdi va oʻn minglab odamlar halok bo‘ldi.
📌 1879-yil — Britaniya imperiyasi Zuluslarga urush eʼlon qildi.
🌲 1917-yil — Rossiyada Barguzin qoʻriqxonasi ochildi.
📎 1921-yil — Ozodlik urushida Birinchi Ino’nu jangi yakunlandi. Yunon kuchlari orqaga qaytdi. Birinchi Ino’nu zafari bilan Turkiya Oliy Millat Majlisi vujduga keltirgan muvozanatli qo‘shin, ilk zafarini qozongan bo‘ldi.
💉 1922-yil — Qand kasalligiga chalinganlarda ilk marta Insulin sinab ko‘rildi. Insulin bilan davolangan birinchi bemor14 yoshli Leonard Thompson edi.
🗓 1946-yil — Elver Hoja, Albaniyada Xalq Jumhuriyatini e’lon qilib o‘lkaning birinchi davlat rahbari bo‘ldi. Shu yildan boshlab 11-yanvar respublika kuni sifatida nishonlanadi.
🚀 1960-yil — Moskvaning Shelkovskiy tumanida kosmonavtlarni tayyorlash Markazi tashkil etildi.
🌋 1963-yil — Etna vulqoni ilk marta uyg‘ondi. Italiyaning Sijilya sharqida 3300 metr balandlikda joylashgan Etna Yevropa qit’asidagi eng faol bo‘lgan katta vulqon tog‘i hisoblanadi.
❗️ 11-yanvar respublikamizda Qo‘riqxona va milliy bog‘lar kuni sifatida nishonlanadi.
Shuningdek, Xalqaro “rahmat” kuni, Xalqaro “ishda tenglik” kuni, dunyodagi birinchi ayollar avtopoygasi tashkil etilgan kun va Tailandda “Bolalar kuni” bayrami hamdir.

BIZNI KUZATIB BORING https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
12-yanvar kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar


📎1919-yil — Berlinda spartakchilar qoʻzgʻoloni to‘xtatildi.
📌1945-yil — Ikkinchi jahon urushida Vislo-Oder operatsiyasi boshlandi.
❗️1990-yil — Ruminiyada kommunistik partiyalar harakati taqiqlandi.
1996 yil – Janubiy cho‘qqidan Everestga ko‘tarilish paytida 8 nafar alpinist halok bo‘ldi.
1998-yil
— Parijda odamni klonlashni taqiqlovchi protokol imzolandi.
🛳 2004-yil
— Dunyodagi eng katta kruiz kemasi “Queen Mary 2” Atlantika okeani bo‘ylab ilk sayohatini amalga oshirdi.
🛰 2005-yil — Kanaveral burnidan Deep Impact kosmik kemasi uchirildi.
📍2010-yil — Gaiti zilzilasi yuz berdi va unda 220 ming kishi halok boʻldi.

BIZNI KUZATIB BORING https://t.iss.one/ANRUz
#KUN TARIXI
13-yanvar bilan bog'liq ayrim tarixiy voqealar


🪐 1610-yil — Galileo Galiley Yupiterning 4-sun’iy yo’ldoshi Kallistoni kashf qildi.
📰 1785-yil — Buyuk Britaniyada Dunyoning ilk gazetalaridan biri “Daily Universal Register” nashr etila boshladi. Oradan 3 yil o’tgach, nomi “The Times” deya o’zgartirildi va hamon o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
📝 1869-yil — Sankt-Peterburgda "Правительственный вестник" kundalik gazetasining birinchi soni nashr etildi.
📍 1915-yil — Italiyadagi Avetsenno zilzilasi oqibatida 30 000 kishi halok bo'ldi.
📌 1992-yil — Toshkentda Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil etildi
2012-yil — Bortida 4229 kishi boʻlgan Kosta Konkordiya kruiz kemasi Tirren dengizida Italiyaning Giglio oroli yaqinida halokatga uchradi.

BIZNI KUZATIB BORING https://t.iss.one/ANRUz